Savollar “Baland” Afrika hududida joylashgan geografik obyektlarni aniqlang. Atlas tog‘lari; Efiopiya tog‘ligi; Axaggar tog‘ligi; sharqiy Afrika yassi tog‘ligi; Drakon tog‘lari; Tibesti tog‘ligi


Download 1.42 Mb.
Sana07.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1081546
Bog'liq
Sayyoralar va ularning xususiyatlari masala va mashq tayyorlash


SAVOLLAR

  1. “Baland” Afrika hududida joylashgan geografik obyektlarni aniqlang.

1) Atlas tog‘lari;
2) Efiopiya tog‘ligi;
3) Axaggar tog‘ligi;
4) Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi;
5) Drakon tog‘lari;
6) Tibesti tog‘ligi.
2. Geografik obyektlar va ularning relyef shakllarini moslashtiring.



Obyektlar Relyef shakllari
I. Qorabovur (292 m) A) tekislik
II. Surxontog‘ (3882 m) B) Qir
III. Tomditov (974 m) C) past toglar
D) ortacha toglar
E) o‘rtacha baland tog‘lar


  1. Quyidagi chizmada A nuqtada havo harorati 0 ◦C ga teng bo‘lganda, B nuqtadagi havo bosimini toping.



  1. Viloyat aholisi soni 01.01.2020-yil ma’lumotiga ko‘ra 2150000 kishini tashkil qilgan. 2020-yilning yakuniga qadar shahar aholisi tabiiy o‘sish hisobiga necha kishiga ko‘payganini aniqlang.



  1. Chizmadagi ma’lumotlardan foydalanib qish faslining o‘rtacha havo haroratini toping.




  1. Quyidagi matnda berilgan ma’lumotlar qaysi okeanga oid ekanligini aniqlab javobga yozing. “Suv tubi relyefida 3 ta parallel cho‘zilgan tog‘ tizmalari mavjud. Ularning oralig‘ida joylashgan chuqur cho‘kma va botiqlar bir-biridan ajratib turadi. Shelflar katta maydonni egallagan. Okeanning o‘rta qismidan yer po‘stining tektonik yoriqlari kesib o‘tgan”.

  2. Quyida berilgan matndagi ma’lumotlar qaysi tuproq turiga oid ekanligini javobda yozing.“O‘rta Osiyo hududining cho‘l zonasida uchraydigan bu tuproqlar tarkibida chirindi miqdori 1% atrofida bo‘ladi. Chirindi qatlamining qalinligi 50 cm gacha yetadi. Ostki qatlami yerosti suvining tarkibi va joylashishiga qarab birmuncha sho‘rlangan bo‘ladi”.

  3. Quyida berilgan matndagi ma’lumotlar qaysi tabiiy geografik okrugga oid ekanligini aniqlab javobga yozing. “Okrug hududining mutlaq balandligi 100-200 m ga teng. Mezozoy erasida sodir bo‘lgan burmalanishda vujudga kelib, so‘ngra pasayib, dengiz suvi bosgan. Neogenning oxiri, antropogen davrining boshlarida quruqlikka aylangan. Hududi geomorfologik tuzilishi jihatidan kenglik bo‘ylab yo‘nalgan bir necha bukilma va ko‘tarilmalardan iborat. Okrugning relyef shakllari uning geologik strukturalariga mos keladi”.

  4. Agar mamlakatda kaliy, oltingugurt, fosfor kabi foydali qazilmalar topilsa, bu mamlakatda sanoatning qaysi tarmog‘ini rivojlantirishga imkoniyat paydo bo‘ladi?

  5. Matndagi ma’lumotlar qaysi viloyatga oid ekanligini aniqlab javobga yozing.“Viloyat hududida foydali qazilmalardan nеft, gaz, ko‘mir, rangli mеtallar, jumladan, polimetall rudalarining konlari mavjud. Viloyatda yengil va oziq-ovqat sanoati, neftni qayta ishlash, tog‘-kon sanoati tarmoqlari shakllangan”.

  6. Quyidagi xarita-chizmada Sulton Uvays va Tomditov tog‘lari qaysi raqamlar bilan belgilangan?




  1. Havo harorati tog‘ etagida 21,6◦C, tog‘ cho‘qqisida esa 16,5◦C. Tog‘ etagi va cho‘qqisi orasidagi nisbiy balandlik necha metrni tashkil etadi?

  2. Agar 45◦ sharqiy uzunlik meridianida mahalliy vaqt 400 bo‘lsa, 120◦ sharqiy uzunlik meridianidagi mahalliy vaqtni aniqlang.

  3. Quyidagi ma’lumotlardan to‘g‘ri berilganlarini aniqlang.

1) demografik o‘tishning 2-bosqichida o‘lim darajasi keskin kamayib “demografik portlash” hodisasi ro‘y beradi;
2) Fransiyada fransuzlardan tashqari yana 7 ta millat tub millatlar qatoriga kiradi, shu sababli davlatning siyosiy-ma’muriy tuzilishi federativdir;
3) aholining tabiiy kamayishi ro‘y berayotgan Yevropa davlatlari soni yildan yilga ko‘paymoqda;
4) San-Paulu shahrining atrofida xarob kulbalar zich joylashgan massivlar (mahallalar) shakllangan. Geografiyada bu jarayonga suburbanizatsiya deyiladi.
10. Osiyo mintaqasining tabiiy resurslariga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) hududining katta qismida quyosh radiatsiyasi o‘simliklarning vegetatsiya mavsumining uzoq, hatto yil bo‘yi davom etishiga imkon beradi;
2) hududining kattaligi tufayli ishlov beriladigan yerlarning tanqisligi kuzatilmaydi;
3) Yer yuzasidagi barcha sug‘oriladigan yerlarning eng katta qismi mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi;
4) jahon miqyosida yoqilg‘i resurslari bo‘yicha yetakchilik qiladi, lekin rudali minerallar konlari kam uchraydi.
Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling