Sayxunobod tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich


Download 335.14 Kb.
bet1/2
Sana27.12.2022
Hajmi335.14 Kb.
#1067955
  1   2
Bog'liq
38-maktab Prezident murojatnoma bayoni (2)


Sayxunobod tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasi o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
Paymard MFY
Yig‘ilish raisi: O’.To’rayev
Yig‘ilish kotibi: X.Allayarov
Yig‘ilishda qatnashdilar: Maktabning barcha
pedagog xodimlari.
KUN TARTIBIDAGI MASALA:
2022-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasini maktab jamoasiga tanishtirish va ishlab chiqish.
Kun tartibidagi masala yuzasidan 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vvb O’.To’rayev so‘z olib, 2022-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida ko‘tarilgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida atroflicha tushuntirib o‘tdi. Jumladan, Prezidentning taraqqiyotga – faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi, kelgusida qo‘shimcha 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratilib, ularning jami soni 5 million 300 mingga etishi,hozirgi vaqtda yana 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rni yaratish bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilayotganligi, albatta, erishayotgan barcha yutuqlar, inson qadri ulug‘ bo‘lgan diyor – Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi dastlabki natija ekanligi, “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan g‘oyani Konstitutsiya va qonunlarga ham, kundalik hayotga ham chuqur singdirish kerakligi, “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyili asosida barcha masalalar bo‘yicha xalq bilan bamaslahat ish tutish, umuman, ma’no-mazmuni inson qadrini ulug‘lash ruhi bilan boyitilgan, kelajak avlodlarga munosib xizmat qiladigan, Yangi O‘zbekistonga mos bo‘lgan Konstitutsiyani har tomonlama o‘ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish, kirib kelayotgan yangi, 2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nom berish taklifi, Ta’lim sifatini oshirish – YAngi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘li ekanligi to‘g‘risidagi so‘zlarini alohida tushuntirib berdi.Shuningdek u o‘z so‘zida, Prezident Murojaatnomasida 2023 yildagi ustuvor bo‘lgan 6 ta yo‘nalish, ularning 2 yo‘nalishida birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratish, “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lishi, o‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, kelgusi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi, lekin ularda berilayotgan ta’lim va tarbiya sifati, o‘qituvchilarning bilimi va mahoratini talab darajasida, deb bo‘lmasligi, bolalar maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarurligi, ularni kasb-hunarlarga, san’at va madaniyatga qiziqtirish lozimligi, o‘quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi, bu borada Prezident maktablarida 130 ta mamlakatda ma’qullangan “A-level” ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini berayotganligi, bu jarayonda har bir o‘quvchi o‘zining qobiliyatiga qarab, aniq yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur o‘qitilishi, dunyoning nufuzli oliygohlariga kirish imkoniyatlari kengayishi, 2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilishni boshlanishi, bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, yangi darsliklarni ishlab chiqish, ilg‘or ta’lim standartlari va metodikalarini joriy etish uchun alohida ilmiy institut va laboratoriyalar tashkil qilinishi, milliy o‘zlik timsoli, ma’naviyat asosi bo‘lgan ona tiliga e’tibor yanada kuchaytirilishi to‘g‘risidagi takliflariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Maktab direktori o‘z so‘zida davom etib Prezidentimizni Respublika bo‘ylab barcha maktab jamoalariga qilgan murojaatida o‘quvchilar maktabdan chet tillarni, kasb-hunar va kompyuter savodxonligini puxta o‘rganib chiqishi, Yangi O‘zbekistonda maktab jamoalari va muallimlarining mas’uliyati – aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo‘lishi, jonkuyar o‘qituvchilar bu vazifani sharaf bilan uddalay olishlari, yil boshidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yilganligi, bu borada etarli tajriba orttirilganligi, kelgusi o‘quv yilidan boshlab ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etilishi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratilganligi, bu jarayonlarni shaffof tizim asosida tashkil etish, o‘quvchilarni sog‘lom va sifatli ovqat bilan ta’minlash uchun Xalq ta’limi vaziri mas’ul va javobgar bo‘lishligi, ta’lim sohasidagi navbatdagi muhim yo‘nalish, bu – yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat ekanligi to‘g‘risidagi takliflarini atroflicha uqtirib o‘tdi.
Yuqoridagi masala yuzasidan maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O’.To’rayev so‘z olib Prezident murojaatnomasida yana ilgari surilgan maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo‘lmasdan kirib kelayotganligi, shu bois, 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarurligi, bu maqsadda 2023-yildan boshlab yangi dastur amalga oshirilishi, har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etilishi, kelgusi besh yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinishi, shu bilan birga, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinishi, bu tizim bizda hozirgacha bo‘lmaganligi, lo‘nda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratishimiz, bu raqamlarni yanada ko‘paytirishni maqsad qilganligi, lekin, ta’lim sifati nima bo‘ladi, degan savol hammani o‘ylantirishi kerakligi to‘g‘risidagi takliflariga munosabat bildirdi.


Download 335.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling