Sayyoramiz aholisi juda ko’p turli tuman dinlarga e’tiqod qiladilar. Xatto Amazonka havzasida yashovchi ba’zi xalqlarda allaqachon tugatilinib ketgan ibtidoiy din formatlari hali xamon saqlanib qolgan


Download 196.13 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi196.13 Kb.
#1618429
Bog'liq
Dunyo aholisining diniy tarkibi









Sayyoramiz aholisi juda ko’p turli tuman dinlarga e’tiqod qiladilar. Xatto Amazonka havzasida yashovchi ba’zi xalqlarda allaqachon tugatilinib ketgan ibtidoiy din formatlari hali xamon saqlanib qolgan. Shuningdek haligacha ba’zi xalqlar e’tiqod qiladigan mahalliy va diniy ahamiyatga ega dinlar mavjud.


Din deganda inson nimani anglaydi? Din ko’p qirrali va murakkab tushunchadir. Din so’zi arabcha so’z bo’lib, ilohiy qudratga ishonch, ishonmoq ma’nosini bildiradi. U insonlarning yashashdan maqsadi nima ekanligini, qanday yashash lozimligini, inson hayotining mazmuni nima ekanligini, insof, adolatni, tinchlikni eng muhimi insonlarning halol va pok mehnati bilan kun ko’rishi, ilm-marifatga ega bo’lishini targib qiladi.
Yer shari aholisining ko’pchilik qismi asosan quyida keltirilgan 3 ta dinga e’tiqod qiladi. Bular Islom, Xristian, Budda dinlaridur. Jahon dinlaridan eng ko’p tarqalgani xristian dini bo’lib, unga asosan Yevropa, Amerika va Avstraliya davlatlarida istiqomat qilayotgan tahminan 2 mlrd kishi e’tiqod qiladi. E’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra Islom dini ikkinchi o’rinda turadi. Asosan Afrika va Osiyoda joylashgan deyarli 30 ga yaqin mamlakatda Islom dini 《davlat dini》deb e’lon qilingan. Jahon dinlari o’rtasida uchinchi o’rinda turuvchi Budda dini Markaziy va Sharqiy Osiyoda tarqalgan bo’lib, ular uchun ham 《davlat dini》maqomiga erishgan.
XRISTIAN DINI ya’ni XRISTIANLIK — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarida keng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2 mlrd. kishi eʼtiqod qiladi. Xristianlikning asosiy g’oyasi xudo odam — Iisus Xristos (Iso masih; q. Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Xristianlik taʼlimotiga ko’ra, Xudo yagona, lekin u muqaddas uchlik (troitsa)da namoyon bo’ladi. Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. Xristianlikning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqlari Bibliya va boshqa muqaddas kitoblarda oʻz ifodasini topgan. Xristianlik 1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk Xristianlik dastlab mutlaqo ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijtimoiy tarkibi vaqt o’tishi bilan ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa aʼzolari (miryan)ga boʻlingan. Ayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi cherkovlarning tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari keyinchalik Xristianlik tarafdorlari boʻldilar. 4-asrda Xristian dini Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tizim va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot Xristianlar cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning gʻarbiy qismi) va pravoslaviyem (sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. Xristianlikning bu boʻlinishi 1054-yilda rasman eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan. 16-asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi kagor cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, Xristianlikning uchinchi asosiy oqimi — protestantizm yuzaga keladi. 19-asrning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi.
Xristian dini Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, Xristianlikka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. Xristianlikning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847-yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarkand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi. 1871-yil Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston yeparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hozirgi Olmaota) shaxrida joylashdi. 20-asr boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, oʻlkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi. 1916-yil oxiriga kelib yeparxiya markazi Toshkentga koʻchiriddi. Bu vaqt Toshkentda 16 ta cherkov faoliyat koʻrsatar edi. 1936-yilda Rus Pravoslav cherkovi Patriarxining qaroriga asosan, yeparxiya Toshkent va Oʻrta Osiyo hamda Olmaota va Qozogʻiston yeparxiyasi nomi bilan 2 ga ajratildi. Toshkent va Oʻrta Osiyo yeparxiyasi tasarrufiga Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari xam kiradi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Xristianlikning turli oqimlariga mansub dindorlar yashaydi. Xristianlikning dunyoning boshqa qismlariga kirib borishi asosan buyuk kashfiyotlar davriga to’g’ri keladi.
Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Irlandiya, Avstriya va Germaniyaning janubiy rayonlari katorik jerkovlar ta’sirida qolgan. Dinchi polyaklar, chexlar, slovaklar, slovenlar, vengerlar ham katolikka e’tiqod qiladilar.
Eng yosh din sifatida Islom dini ko’rsatilinadi. Islom dini – dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Osiyo qit'asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg’oniston, Pokiston, Afrika kit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, G'arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin axolisining ma'lum bir qismi. Yevropa qit'asida esa Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo'lagi islomga e'tiqod qiladi. Islom O'rta Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi, G'arbiy Sibir va boshqa ayrim hududlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjuddir. Bu xalqlarning turmush tarziga o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga e'tiqod qiluvchilar, ya'ni musulmonlar bir milliard 300 mln.dan oshdi.
Markaziy Osiyo xalqlarining musulmon dinini qabul qilishi VIII asrning birinchi choragida arab xalifaligining bosqinchilik yurishlari bilan bogʻliq holda boshlandi. Dastlab islom dini Turkistonning janubiy qismlarida mustahkamlanib, keyin asta-sekin shimolga tarqala boshladi. Mintaqada islom dinining oʻrnatilishi islomgacha boʻlgan diniy eʼtiqodlar (xususan, zardushtiylik) bilan uzoq va keskin qarama-qarshilikda kechdi. Yirik qoʻzgʻolonlar diniy sabablarga koʻra paydo boʻldi (ulardan eng muhimi Muqanna boshchiligidagi „oq kiyimlilar“ harakatidir). Islom dinini yoyish uchun arablar va ular maʼqullagan mahalliy sulolalar gʻoziylar otryadlarini — eʼtiqod uchun koʻngilli jangchilarni tuzdilar. Shu bilan birga, gʻoziy boʻlinmalari musulmon hukmdorlarining tayanchidan tashvishlanish obyektiga aylanib, hokimiyatga qarshi talon-taroj qilishga oʻtgan holatlar mavjud.
Yangi dinni mintaqada yoyish siyosatini gʻayrat bilan olib borgan Somoniylar sulolasi (IX-X asrlar) davrida faol mustahkamlandi. Bu davrda turkiy xalqlarning salmoqli qismi islom dinini qabul qildi. Oʻsha davrda hudud islomning oltin davrini boshlab bergan ilm-fan, tibbiyot, falsafa va ixtirolarning jahondagi yetakchi markaziga aylandi. Biroq, qoraxoniylarning turkiy sulolasi Somoniylar mulkiga hujum qilganda, bu fakt halokatli rol oʻynaydi — urush eʼtiqod uchun emas, balki musulmonlar oʻrtasida olib borilmoqda, degan bahona bilan ruhoniylar ularning aralashuvidan bosh tortadilar, hukmronlikdan mahrum qiladilar.
Moʻgʻullar istilosi davrida Markaziy Osiyo aholisining noroziligi boshqa narsalar qatori diniy motivlar bilan ham kuchaydi, chunki bosqinchilar „kofirlar“ edi. 1238-yilda hunarmand Mahmud Torobiy Buxoroda qoʻzgʻolon koʻtarib, oʻzini yangi xalifa deb eʼlon qildi, biroq u gʻanimlar bilan birinchi toʻqnashuvda halok boʻldi va keyingi yili isyonchilar bostirildi. Biroq keyinchalik moʻgʻul hukmdorlari va zodagonlarining oʻzlari islom dinini qabul qilib, Markaziy Osiyodagi yashovchi xalqlarining dindoshlariga aylanishdi.
Yevropa, Amerika va Rossiyada Islom dini, uning tarixi va manbalarini o'rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Lekin Islom dini tarixi, ta'limoti, muqaddas yozuvlarini tahlil, tatqiq qilish Rossiyada ayniqsa O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Shimoliy Kavkazda keng ko'lamda ancha oldin amalga oshirilgan. Bu ish endi yanada kengroq miqyoslarda olib borilmoqda.
Arab xalqi hayotni VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqealar arab qabilalarining ijtimoiy hayot taqozasi bilan vujudga kelgan markazlashishga intilishga undagan. Islom ayni shu intilishni o'zida aks ettirgan g'oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan arab davlatining vujudga kelishi, qo'shni mamlakatlarga yurish qilib, yangi din Islomni targ'ib qilish arab xalifaligining kengayishi muhim ijtimoiy yo'nalish edi.
Markaziy va Sharqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari o'rtasida ibtidoiy tuzumga xos bo'lgan politeistik majusiylik diniy tasavvurlari hukmron edi.
Yahudiylik va xristianlik hamda ularning ayrim sektalari islom paydo bo'lishi arafasida arab qabilalari orasida muayyan darajada tarqalgan edi.
V-VI asrlarda arab qabilalari urug'-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar tanazzulga yuz tutgan edi. Qabilalar o'rtasida markazlashishga bo'lgan intilishning g'oyaviy in'iqosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalarning kurtaklari shakllana boshlagan. Yakka xudolik to'g'risidagi bunday diniy ta'limot islomdagina emas, balki u paydo bo'lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ'ib qilina boshlagan edi. Islom esa ana shu targ'ibotlarning galdagi shakllanishi va tarkib topishining natijasi sifatida vujudga kelgan.
Islomdagi ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik to'g'risida targ'ibot yuritgan, o'zini payg'ambar deb e'lon qilgan shaxslar manbalarda «xaniflar», ya'ni haq-haqiqat izlovchilar nomi bilan ma'lumdir. Islomning paydo bo'lishi arab qabilalari o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichi bilan bog'liq bo'lgan.
Islom monoteistik din sifatida. Ya'ni yakka xudoga e'tiqod qiluvchi ta'limotni yaratib, barcha ko'rinishlarini shirk deb atab, ularni ta'qiqlagan.
Islomda, shunday qilib, yagona – xudoga Allohga e'tiqod qilish bu diniy ta'limotning asosini tashkil etgan. Alloh – arabcha so'z bo'lib, o'zbekchaga tarjima qilsak Tangri degan ma'noni bildiradi. Forsiyda Xudo deyiladi. Alloh, Tangri, Xudo so'zlariga odatda sifat qo'shilib, Alloh taolo, Xudoi Taolo shaklida ham ishlatiladi. Taolo – ulug', oliy degan ma'noni anglatadi.
Islom ta'limoti bo'yicha, Alloh hamma joyda xoziru nozirdir, ammo o'zi lomakan, ya'ni bemakondir; unga vaqt, zamon ham daxlsizdir. Tug'ilish, o'lim barcha jonzotlarga, shu jumladan odamlargagina xosdir; Alloh bundan mustasnodir.
Markaziy Osiyoning taniqli siyosatchisi va sarkardasi Amir Temur islom tarafdori boʻlib, uning tashabbusi bilan koʻplab diniy binolar, jumladan, Samarqanddagi eng katta Bibixonim masjidi bunyod ettirgan. Sohibqiron davrida koʻchmanchilar orasida soʻfiy islomni targʻib qilgan nufuzli turkiy ilohiyot olimi Ahmad Yassaviy (Turkiston shahri, hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyatida) qabri ustiga ham maqbara qurilgan (mintaqada avliyo sifatida eʼzozlangan). Amir Temur saroy xattoti Umar Aqto Qur’onni shu qadar kichik harflar yordamida koʻchirib yozgani aytiladiki, kitobning butun matni muhr uzukiga sigʻdirgan. Aytishlaricha, Umar ham shunday katta Qurʼon yaratganki, uni tashish uchun arava kerak boʻlgan.
Oʻzbekxonning musulmon boʻlishi bilan islom Dashti Qipchoq oʻzbeklari orasida ham tarqaldi. Buxorolik sayyid va Yasaviy tariqati shayxi Ibn Abdulhamid tomonidan islomni qabul qilgan Oʻzbekxon Oltin Oʻrda oʻrtasida islom dinini targʻib qildi va Oʻrta Osiyo boʻylab kengayishi uchun islomlashtirish tashviqoti faoliyatini kuchaytirdi. Uzoq muddatda islom xonga Oʻrdadagi oʻzaro kurashlarni bartaraf etish va davlat institutlarini barqarorlashtirish imkonini berdi.
Oʻzbekiston hukumatining ham Islom diniga nisbatan siyosati Shavkat Miromonovich Mirziyoyev davrida yangicha muhit kasb etdi. Uning qoʻl ostida juda ko’p Islom diniga nisbatan qo’yilgan ta’qiqlar olinib, xar turli yaxshi choralar koʻrildi.
Buddaviy dini ham jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan.
Budda dini tarixi 2500-yildan ortiq davrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida budda dini Kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. 9 asr Muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan Budda dini Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo budda dini Shri Lanka, Janubiy Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Janubiy - Sharqiy Osiyoning materik qismida budda Txeravadasi (qadimiy Anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar budda dini bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari budda diniga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik buddaviylik jamoalari tashkil topdi. Budda dinining bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
Hozirgi kunda budda dini Shri Lanka, Myanma, Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. Budda dini muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Budda dinida 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlingan.
Boshqa dinlardan farqli ravishda budda dinida hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto Xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Budda dini taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), “bodxi”, yaʼni “xotirjamlik”ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azob uqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Budda dini zaminida 3 narsa — Budda (Muqaddaslangan zot), Dharma (ta’limot) va Sangxa(rohiblar jamoasi)ga eʼtiqod qilish yotadi.
Odamzod paydo bo’libdiki, turli ilohlarga sig`inib keladi. Natijada turli qabila, elat, millatga tegishli dinlar paydo bo’ldi. Vaqt o’tishi bilan mayda millat va elatlar nomi hamda ularning so’zlashadigan tili yo’qolib yirik millat va xalqlarga singib ketgani (assimilyatsiya) singari dunyo dinlarida ham shunday jarayon kuzatildi. Ayniqsa ilohiy kitoblar (tavrot, zabur, injil, qur’on)ning tushirilishi bilan dunyo xalqlari e’tiqot qiladigan dinlarning soni hamda unga e’tiqod qiluvchi aholining salmog`i keskin o’zgarib ketdi.
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, endilikda turli dinlarga mansub aholi sonida tug`ilish ko’rsatkichi turlicha ekanligi, dunyo miqyosida tashqi migratsiyani kuchayishi hamda aholining ma’lum qismida diniy e’tiqodning o’zgarishi hisobiga ayrim dinlarning salmog`i oshib, ayrimlariniki kamayib bormoqda.
Bugungi kundagi zamonaviy demografik trendlar davom etsa, tahlillarga ko’ra, XXI asr o’rtalariga borib musulmonlar soni xristianlar soniga yetib olishi bashorat qilinmoqda. Tahmin qilinishicha, dunyo aholisining soni 2010-yildan 2050-yilga qadar 35 foizga oshishi kutilmoqda, ya’ni aholi soni 9,3 mlrd.ni tashkil etishi mumkin. Shu davrda yoshlar soni va nisbatan tug`ilish yuqori bo’lgan musulmonlar 73 foizga oshishi kutilmoqda. Xristianlar soni ham ko’payadi, lekin ancha past ko’rsatkichlarda. Tahminan 2050-yilda ularning soni atigi 35 foizga oshadi xolos. Shunday qilib, 2050-yilda musulmonlar soni 2,8 mlrd.ni, ya’ni dunyo aholisi sonining 30%ni, xristianlar esa 2,9 mlrd.ni, ya’ni 31% ni tashkil etadi.
2070-yilga kelib esa xristian va musulmonlar soni tenglashadi, ikkala din vakillari dunyo aholisining umumiy sonining 32 foizidan tashkil etadi. Keyinroq esa ya’ni 2100-yilga kelib dunyoda musulmonlar jami aholi sonining 35 foizini, xristianlar esa – 34 foizini tashkil etadigan bo’ladi. Ikkala din ham asosan Afrika mamlakatlari hisobidan ko’payadi.
Shu bilan birga hech qanday diniy qarashga va e’tiqodga ega bo’lmaganlar, ateist va agnostiklar soni kamayadi, ya’ni 2050-yilga kelib ular soni 16 foizdan 13 foizga tushishi kutilmoqda.
Yuqoridagi misoldan dinlarning o’sish qonuniyatining geografik taqsimotidagi keskin farqini kutish kerak ekanligini ko’rish mumkin. Biror bir dinga e’tiqod qiluvchilar sonining o’sishining asosiy determinantlaridan biri bu e’tiqodchilarning zamonaviy geografikkonsentratsiyasidir. Din, tug`ilishi ko’p bo’lib, chaqaloqlar o’limi darajasi ancha past bo’lgan mamlakatlarda tezkor sur’atlarda rivojlanadi. Masalan, xristianlar va musulmonlar soni asosan Afrika hisobidan ko’payishi kutilmoqda. Ateist va dinsizlar asosan tug`ilishi deyarli bo’lmagan va millati qarib kelayotgan Yevropa, Shimoliy Amerika, Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda jam bo’lishadi.
Dinning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadigan yana bir muhim faktor bu migratsiyadir. Migratsion oqimlarni bashorat qilish juda murakkab jarayon hisoblanadi, chunki ushbu jarayon asosan oldindan aytib bo’lmaydigan iqtisodiy va siyosiy faktorlarga asoslanadi.
Tahlillarga ko’ra, yevropadagi musulmonlar soni 2050-yilga kelib 5,9 foizdan 10,2 foizga oshadi. Mazkur bashorat joriy demografik tendensiyalar saqlanib qolishini ko’rsatib turibdi. Biroq, yil sayin kutilmagan urush, ocharchilik, epidemiya, texnologik innovatsiya, siyosiy to’ntarilishlar sababli u yoki bu din e’tiqodchilari soni ko’payishi yoki kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ham bu mavzuda uzoq muddatli bashorat qilish hech qanday ma’noga ega emas.
Dinlarning dunyo bo’yicha tarqalishi ham o’ziga xos xarakterga ega. Xristian dini asosan Afrikada mamlakatlari hisobidan ko’payib kelmoqda, lekin Afrika qit’asi tarixdan xristian diniga aloqador hudud bo’lmagan. Islom dini esa o’zi tashkil topgan hududlarda rivojlanib kelmoqda. 1900-yilda Misrda tahminan 9 million musulmon bo’lgan, bugun ular soni 80 millionga yetdi. Eronda musulmonlar soni 10 mln.dan 77 mln.gacha oshdi. Indoneziyada 1900-yilda Muhammad payg`ambar izdoshlarining soni 34 millionni tashkil etgan, bugunda esa ular soni 220 milliondan oshdi. Bu tendensiya Yevropa mamlakatlaridagi oxirgi yuzyillikda demografik "qish” effekti bilan tushuntiriladi.
Amerikaning Vashington ilmiy-tekshirish markazining ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Islom dunyoning 120 dan ortiq davlatida (boshqacha aytganda dunyo mamlakatlarining yarmidan ortig`ida) tarqalgan bo’lib, 28 ta davlatning davlat dini hisoblanadi.
Aholining milliy tarkibi — Muayyan hudud yoki mamlakatda yashovchi aholining millatlar boʻyicha tarkibi. aholining milliy tarkibiga haqidagi maʼlumotlar aholi roʻyxati oʻtkazish va statistik roʻyxat olib borish yoʻli bilan aniqlanadi. Etnik statistika rivojlanmagan davlatlar, regionlarda esa aholining til birligiga, diniga qarab millatlarga, etnik guruhlarga ajratiladi.
Dunyo aholisining milliy tarkibini aniq bilish juda mushkul, chunki dunyoning koʻp qismlarida assimilyatsiya (qorishish) va konsolidatsiya (milliy jipslashish) jarayonlari keng tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda oʻtkazilgan roʻyxatlarda milliy tarkibi nisbatan toʻla yoritiladi. Baʼzi hollarda esa millatlar haqida maʼlumot toʻla koʻrsatilmaydi. Shuningdek, davlatlar boʻyicha kabul qilingan etnik terminologiyada ham farq mavjud. Masalan, ingliz, fransuz, ispan tilida soʻzlashuvchi koʻpgina mamlakatlarda „Millat“ tushunchasi doimo „Davlat“ tushunchasi bilan tenglashtiriladi va „millat“ atamasi davlatga mansublik — fuqarolikni bildiradi. Shuning uchun koʻp manbalarda etnik guruxdar — xalqlar haqida maʼlumotlar uchraydi. Dunyoda qariyb 3 ming xalq roʻyxatga olingan va ular turli qitʼalarda istiqomat qiladi.
Yevropa mamlakatlari aholining milliy tarkibiga boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi: 1) bir millatli davlatlar. Bu davlatlarning har birida asosiy millat 90 % va undan ortiqroq qismni tashkil etadi. Bu guruhga Polsha, Germaniya, Vengriya, Daniya, Shvetsiya kabi 20 dan ortiq mamlakat kiradi; 2) koʻp millatli davlatlar. Bu davlatlarga Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shveytsariya kabi mamlakatlar kiradi. Ularda asosiy millat bilan birga boshqa millatlar ham istiqomat qiladi va aholi tarkibida salmoqli oʻrinni egallaydi; 3) oraliq davlatlar. Bunday davlatlarda milliy masalaga oid muammolar toʻla hal qilinmagan. Oz sonli xalqlar va millatlarni majburan assimilyatsiya qilish siyosati amalga oshiriladi (Ispaniya, Irlandiya).
Osiyo koʻp millatliligi boʻyicha boshqa qitalardan ajralib turadi. Bu qitʼada bir millatli davlatlar juda kam. Ularga Yaponiya, Koreya va ayrim arab davlatlari — Yaman, Saudiya Arabistoni, Iordaniyani kiritish mumkin. Ayrim xalqlar bir necha davlatlar tarkibida qolib ketgan. Masalan, afgʻonlar (Afgʻoniston bilan Pokistonda), panjoblar (Pokiston bilan Hindistonda), kurdlar va boshqa
Afrika qitasi aholining milliy tarkibiga koʻra 3 etnik oblastga boʻlinadi:
Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Afrika. Bu rayonlarda oʻzaro yaqin arablar va barbarlar yashaydi;
Sharkiy va Gʻarbiy Sudan. Bu yerlarda fulbe, volof, gvineyaliklar, gurlar, xausa, ibo kabi xalqlar yashaydi;
Tropik va Janubiy Afrikada madaniyati, urf-odati va tili oʻzaro yaqin boʻlgan bantu xalqdari yashaydi.
Amerika qitʼasi aholisining milliy tarkibida koʻpchilikni (95 %) Yevropadan koʻchib borgan xalqlar va ularning aralashuvidan vujudga kelgan guruhlar yashaydi. U yerda millatlar qaysi davlatda yashasa, shu davlat nomi bilan ataladi (amerikaliklar, kubaliklar va hokazo).
Avstraliya va Okeaniya aholisini etnik tarkibga koʻra ikki qismga ajratish mumkin:
Avstraliya va Yangi Zelandiyada inglizlar va Yangi zelandiyalik inglizlar istiqomat qiladi.
Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya orollarida aholi etnik qabila-qabila boʻlib yashaydi. Bu xalqlar umumiy nom bilan papuaslar deb ham ataladi. Oʻzbekiston ham koʻp millatli davlat. Respublikada 120 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Asosiy millat — oʻzbeklar (aholining 71,4 %); shuningdek ruslar (8,3 %), Tojiklar (4,7 %), Qozoqlar (4,1 %), Tatarlar (2,4 %), Qoraqalpoqlar (2,1 %) ham yashaydi.
Download 196.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling