Seboreya (lotincha: sebum yogʻ va yun rhoia kechmoq) teri kasalligi. Yogʻ bezlari funksiyasining buzilishi bilan kechadi


Download 6.39 Kb.
Sana28.09.2023
Hajmi6.39 Kb.
#1689590
Bog'liq
Seboreya


Seboreya
Seboreya (lotincha: sebum — yogʻ va yun. rhoia — kechmoq) — teri kasalligi. Yogʻ bezlari funksiyasining buzilishi bilan kechadi. Asosan, gipofiz bezining faoliyatiga, yogʻ almashinuvi va teri yogʻ bezlari ishining buzilishiga bogʻliq. S.da yogʻ bezlaridan ajralib chiqadigan yogʻ koʻpayib yoki kamayib ketib, sifati ham oʻzgaradi. Koʻpincha balogʻatga yetayotgan oʻsmirlarda uchraydi. Kishi qariganida S. alomatlari kamayadi yoki yoʻqolib ketadi.
S, asosan, yuz, bosh, koʻkrakning yuqori qismi va yelkada, yaʼni yogʻ bezlari koʻp joylashgan yerlarda uchraydi. S bilan ogʻrigan kishilar terisi ustida ishqoriy muhit boʻlib, u yiringli kasalliklar paydo boʻlishiga olib keladi. Bunday bemorlar yuziga husunbuzar toshadi, soch toʻkilib, siyraklashadi.
Moyli va quruq S. bor. Moyli S.da teri yaltirab turadi. Teri yogʻ bezlarining teshiklari kengayib ketganligidan, burun kataklari atrofidagi teri apelsin poʻstiga oʻxshab qoladi. Ana shu kengaygan kovaklarga muguz qavat hujayralari, yogʻ, chang va kir yigʻilishidan teri kulrang tusga kiradi.
Boshdagi sochlar yogʻliq, yaltiroq, baʼzi yerlarda birbiriga yopishgan, tagi qasmokli boʻladi. Teri qattiq qichishadi, shu bois bemor qichiyverib, boshini tirnab yuboradi, hatto sizlogich, shirincha kabi yiringli kasalliklar kuzatiladi.
Quruq S.da, aksincha, yogʻ kam chiqadi, teri yupqa va quruq boʻladi. Boshga qazgʻoq yigʻiladi. Baʼzan qazgʻoq birbiriga yopishib, kulrang taangachalar hosil qiladi. Qazgʻoq va tangachalar ostidagi terining rangi oʻzgarmaydi. Sochlar quruq, nozik, moʻrt, xira va uchidan ikkiga ayrilgan boʻladi. Bemor badaniga pushtiqizil, usti qipikli, kattaligi va shakli har xil dogʻlar tushadi.
Baʼzi bir bemorda S.ning har ikkala xili, yaʼni badanning yogʻ bezlari koʻp joylashgan qismida yogʻli S., terining boshqa yerlarida QURUQ S. uchrashi mumkin.
S.da achchiq, yogʻliq ovqatlardan parhez qilish, spirtli ichimliklar ichmaslik kerak. Sport bilan shugʻullanish, koʻproq vitaminlarga boy ovqatlar isteʼmol qilish, dam olish, sayr qilib, organizmni chiniqtirish zarur. Terining holatiga qarab parvarish qilish (qarang Teri), zarur boʻlsa, vrachga koʻrsatib davolatish kerak.
Seboreyali dermatit — yogʻ bezlari faoliyatining buzilishi (giperfunksiyasi) natijasida kelib chiqadigan teri kasalligi boʻlib, „seboreya“ soʻzi „yogʻ oqishi“ degan maʼnoni bildiradi. Kasallik asosida teri yogʻ bezlarining sekretor funksiyasini buzilishi yotadi, bunday holat yogʻlarning koʻp miqdorda ajralishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Kasallik belgilari koʻpincha bemorlarning balogʻat yoshlarida yuzaga keladi, jarayon asosan boshning sochli qismida, lunj sohalarida, koʻkrak hamda tana orqa teri sohalarida joylashadi.
Kasallikka endokrin, asab tizimlari va ichki aʼzolar kasalliklari sabab boʻladi. Shuningdek boshning sochli qismi, bet, quloq sohalari, yelka, kurak sohasi terisining eritematoz fonida diffuz kepaklanish bilan kechuvchi teri kasalligi.
Seboreya kasalligining yogʻli klinik shakli inson organizmida androgenlar miqdorining koʻpayib ketishi bilan bogʻliq boʻlib, bemorlar teri yuzalari xuddi yogʻ surtib qoʻyilganga oʻxshab yaltirab turadi. Jarayon boshning sochli qismlarida sargʻimtir-jigarrang tangachalar koʻrinishlarida boʻlib, bunday teri asosida koʻpincha seboreyali ekzema, oʻchoqli alopetsiya, husnbuzar kabi kasalliklar rivojlana boshlashi mumkin. Yogʻlanish jarayoni sababli, teri rN muhitining oʻzgarishi hisobiga ikkilamchi infeksiyalarning qoʻshilishi, yiringli kasalliklarning hosil boʻlishi kuzatiladi.
Seboreya kasalligining quruq klinik shaklida teri yogʻ bezlaridan kam miqdorda yogʻ ajralishi holati kuzatiladi, natijada teri yuzalari qurib, poʻst tashlay boshlaydi, boshning sochli qismlarida mayda, kepaksimon tangachalar, qipiqlar paydo boʻla boshlaydi, sochlar xiralashadi, moʻrtlashadi va toʻkila boshlaydi, bemorlarni qichishish kabi salbiy holatlar bezovta qiladi[2]. Boshning sochli qismi, quloq supralari orqasida, peshona, lab-burun burmalarida, koʻkrak suti bezlari oraligʻida va yelka, kuraklar oraligʻida sargʻish-qizgʻish dogʻlar, tugunchalar paydo boʻladi, ular kengayib, dumaloq, oval koʻrinishdagi, oʻlchamlari tangadek, yuzasi kepaklanuvchi oʻchoqlar hosil boʻladi.
Kepaklar siyrak, qoʻngʻir, qoʻngʻir-sargʻish tusda boʻlib, ular qirib koʻrilsa, oʻrnida namlanish va mayda nuqtali qontalashishlar (Brok-simptomi) kuzatiladi. Goʻdaklarda bu jarayon yuz, boʻyin, qorin burmalari terilariga tarqalib, rivojlangan eritema va kepaklanishlar holida kechadi. Ayrim hollarda boshda, yonoqlar, qovoqlarda kuzatiladi. Jarohatlangan teri qichishadi va koʻp miqdorda Pityrosporum obale aniqlanadi.
Download 6.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling