Sel togʻ vodiylari, soylar va jarlardan oqib keladigan, katta vayrongarchilik kuchiga EGA
Download 82.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Sel - Vikipediya
Sel Sel — togʻ vodiylari, soylar va jarlardan oqib keladigan, katta vayrongarchilik kuchiga ega boʻlgan qisqa muddatli loyqa yoki loyqatosh aralash kuchli suv oqimi. Qorlarning jadal erishi, kuchli jala yogishi natijasida togʻlarda"n boshlanadigan kichik dare va soylar havzalarida sodir boʻladi. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Karpat, Sharqiy Sibir togʻlarida kuzatiladi. Sel tarkibiga qarab loyqatoshli, loyqali, suvtoshli, Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Ko‘proq o‘rganish suvshoxshabbali turlarga; fizik turiga koʻra qovushoq va noqovushoq turlarga boʻlinadi. Oʻrta Osiyoda sel togʻ olditogʻli zonalarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda Fargʻona vodiysi, Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolarining togʻli qismlari; Kirgʻizistonda Talas, Chu, Norin daryolari hamda Issiqkoʻl havzalari, Chatqol va Olay togʻlarining yon bagʻirlari; Tojikistonda Zarafshon, Surxob, Obixingov, Varzob, Vaxsh, Panj va boshqa daryo havzalari; Turkmanistonda Katta Bolxan va Kopetdogʻ yon bagʻirlari xavfli sel mintaqalari hisoblanadi. Sel xalq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi; aholi punktlari, gidrotexnika inshootlari, yoʻl, koʻprik va h.k.ni vayron qiladi, qishloq xoʻjaligi ekinzor, bogʻ va yoʻllariga loyqa aralash tosh, toshshagʻal chiqarib tashlaydi, tuproq qatlamini yuvib ketadi. Selga qarshi kurashish uchun tashkiliyxoʻjalik, agrooʻrmon melioratsiyasi va gidrotexnika tadbirlari kompleksidan iborat seldan himoya vositalari qoʻllaniladi [1] . Sel ombori 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Yana qarang Manbalar Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (htt ps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sel &action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/index .php?title=Sel&oldid=3366653" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 29-Noyabr 2022, 14:20 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 82.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling