Seleksiya asoslari
Shodiyeva Mohira
Reja:
1. Seleksiyada hujayra muxandisligining qo’llanilishi
2. Seleksiyada gen muxandisligining qo’llanilishi
3. Biotexnologik o’simlik navlarni
yaratish va xalq xo’jaligida qo’llash
Seleksiya, bu organizmning DNK si tarkibidagi nuklotidlar ketma-ketligini modifikatsiya qilish, ya’ni o’zgartirish tufayli keyingi avlodlarning belgi va xususiyatlari keskin o’zgarishga uchragan mutantlarni olishdir.
Hujayra muxandisligining asosini somatik hujayralarni duragaylash bo’lib, bunda jinsiz hujayralar o’zaro qo’shilib yaxlitlikni hosil qiladi. Somatik hujayralarni duragaylash katta imkoniyatlarga ega, ya’ni jinsiy hujayralar bilan amalga oshirib bo’lmaydigan filogenetik jihatdan bir-biridan uzoq bo’lgan somatik hujayralarni bir-biri bilan chatishtirish mumkin. Umuman olganda somatik hujayralarni o’zaro chatishtirish seleksiyada katta imkoniyatlarni ochib beradi.
Hujayra muxandisligining yana bir asosiy va istiqbolli yo’nalishlardan biri o’simliklarning yangi navlarini chiqarish va mavjudlarini yaxshilash hamda mikroorganizmlarning shtamplarini yaratish hisoblanadi. Odatdagi chatishtirish yo’li bilan olib bo’lmaydigan duragaylarni har xil turga mansub оrganizm hujayralarini protoplastlarini chatishtirish seleksioner uchun qimmatli materiallar olish imkoniyatlarini beradi.
Hujayra protoplaslarini qo’shib o’simliklarni yangi navlarni yaratishda ikkita ta’sirni yengib o’tish kerak; А) protoplastlarni po’stga o’ralib hujayraga aylantirish; B) shu hujayradan butun boshli o’simlik olishdir. Аyrim o’simlik protoplastlarida hujayra po’stini hosil bo’lishi qiyin kechadi, ba’zilarida po’st hosil bo’lsa ham protoplastlar bo’linmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |