Seleksiya asoslari 402-guruh talabalari Isomutdinova Sarvinoz


O’simliklarning mavjud navlarini va mikroorganizmlarning shtamplarini yaxshilash ularning hujayralariga yangi yadro yoki sitoplazmadagi genlarni kiritish bilan erishiladi


Download 11.61 Kb.
bet2/2
Sana29.03.2023
Hajmi11.61 Kb.
#1305562
1   2
Bog'liq
Seleksiya asoslari-fayllar.org

O’simliklarning mavjud navlarini va mikroorganizmlarning shtamplarini yaxshilash ularning hujayralariga yangi yadro yoki sitoplazmadagi genlarni kiritish bilan erishiladi.


  • Hujayra muxandisligi yagona usul protoplastlarni qo’shish bilan chegaralanib qolmagan, balki hujayralarni in vitro usulda yetishtirish ular bilan manipulatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu boradagi eng samarali tadqiqot natijalari bir necha organizm hujayralarini biravakayiga qo’shishdan hammasi uchun manfatli bo’lgan su’niy simbiozni yuzaga keltirish tajribalarni hisoblanadi. Hozirda bu usul yordamida tamaki o’simligiga azotfiksator bakterialarni kiritish orqali bu ekinni yetishtirish uchun sarflanadigan azot sarfini tejashga erishilgan.

  • Shunday qilib, hujayra muhandisligi usullari yordamida biologik o’byektlarni to’qima yoki hujayralarni sаmarali modifikatsiya qilish orqali qimmatli moddalarni olish imkoniyatlarini berdi.

    Gen muhandisligi qisqacha aytganda genlar ustida turli manipulatsiya o’tkazish, ularni to’la o’rganish asosida funksional qismlarni bo’lish, kerakli joydan kesish, kerak bo’lmagan qismlarini olib tashlash, kerak bo’lgan qismlarni boshqa genlardan yoki sintez yo’li bilan olib ulash va shu usulda tayyorlangan duragay yoki rekombinant genni yangi organizmga kiritib yangi ekin navlari yaratiladi ( Masalan, odamning insulin genini mikrob hujayraga yoki sichqonning o’sish gormoni genini kalamishga ) zarur turlarni yoki preparatlarni sintez qilish va boshqa go’yalar va texnologiyalarning yig’indisidir.


  • Gen muhandisligi yordamida ekinlarni navlarni yaratishdа bir qator masalalarni hal qilish mumkin;

    1. Boshqa o’simlikdan olingan genlar yordamida ekinlarni zahira moddalarini boyitish;

    2. Ekinlardagi fotosintez jarayonining samarasini oshirish;

    3. Аzot metabolizmni o’zgartirish, bunda azotni tashuvchi va zahira saqlovchi moddalarni sintez qiluvchi genlarni kiritish;

    4. Tashqi muhitning noqulay, ya’ni gerbitsidlargа, tuproq sho’rlanishiga, haroratni pasayishi va ko’tarilishigа hamda boshqa оmillarga chidamli ekin navlarni yaratish.


    • Gen muhandisligi usullari faqat yadro genomini emas, balki xloroplast va mitoxondriya genomini o’zgartirish bilan ham o’z tadqiqotlarini amalga oshiradi. Aynan xloroplast genomi asosida o’simliklarni azotga bo’lgan ehtiyojini qondiruvchi ekin navlari yaratilgan.

    • Seleksiyada hujayra muhandisligi usullarini joriy qilish tufayli bir qator qishloq xo’jalik ekinlarining yangi samarali navlari yaratilgan. Buning uchun o’byektlarni modifikatsiya qilishda hujayraning orgonidlaridan foydalanilgan.

    • Biotexnologiya amaliyotida meva va sabzavot ekinlarini yangi navlarini yaratishdа gen va hujayrа muhandisligi usullari ko’p hollarda birgalikda, ya’ni biri ikkinchisini to’ldirgan holda qo’llaniladi va bu ekinlarning seleksiya va urug’chilikda yangi istiqbollarni ochib beradi.

    • Uzum va anor ko'chatlarini invitro usulida ko'paytirish yuzasidan ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Markazda invitro mikroklonal ko'paytirish texnologiyasi yordamida fermerlar uchun viruslardan xoli, sog'lomlashtirilgan uzum va anor ko'chatlari ko'paytirilib, joylarga etkazib beriladi.

    • Genom va genetik xilma-xillikni o'rganish bo'yicha fundamental, amaliy va innovasiya ishlarini amalga oshirish, qishloq xo'jaligi ekinlari, dorivor va texnik o'simliklar tuzilishi hamda faolligini o'rganish, urug'chilik bilan bog'liq ishlar, ularni turli sharoitda sinash hamda ishlab chiqarishga tatbiq qilish bugungi kunning muhim vazifasidir.

    • O'zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi tomonidan zamonaviy gen va hujayra muhandisligi, genom va virtual seleksiya dasturlarini ishlab chiqish hamda ulardan foydalanib, atrof-muhit va odamlar uchun xavfsiz, kasallik va zararkunandalarga chidamli, turli tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi o'simlik navlarini yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, markazda qishloq xo'jaligi sohasining yangi yo'nalishlarida ham ilmiy ishlar olib borilyapti.

    • Bugungi kunda markazda 6 ta laboratoriya va 2 ta — Personallashtirilgan qishloq xo'jaligi ekinlarini o'rganish hamda Genetik o'zgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlarini tahlil qilish bo'yicha milliy muvofiqlashtirish markazi bo'limi faoliyat yuritmoqda.

    • Shuningdek, markaz qoshida maxsus urug'chilik xo'jaligi, issiqxona, fito­tron va germoplazma kabi noyob ob'ektlar mavjud.

    • Markaz faoliyati davlatimiz ­rahbarining 2017 yil 10 fevraldagi “Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, innovatsiya ishlarini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida qayta tashkil etildi, genomika va bioinformatikani yanada rivojlantirish bo'yicha ishlar jadallashib, yangi bosqichga ko'tarildi.

    • Laboratoriyalarda hujayralardan ko'paytirilgan paxta, bug'doy, uzum nihollari, gen-nokaut usuli bilan yaratilgan “Porloq” turkumidagi tezpishar, hosildor paxta navlari o'rin olgan.

    • — Markaz olimlari tomonidan g'o'zani fitoxrom A1 geni uchun birinchi marotaba gen-nokaut texnologiyasi ishlab chiqildi. Unga AQSH, Xitoy, Misr, Rossiya va Hindistonda patent olingan, — dedi Genomika va bioinformatika markazi direktori o'rinbosari Zabardast Bo'riev. — Yaratilgan texnologiya bir vaqtning o'zida g'o'zaning qator foydali xususiyatlarini ijobiy tomonga o'zgartirdi. Ushbu texnologiya yordamida g'o'zaning uzun tolali va sifatli, erta pishar, serhosil, qurg'oqchilik va sho'rga chidamli yangi “Porloq” navi yaratildi. Yangi nav o'rta tolali g'o'za bo'lishiga qaramay, uning tolasi sifati ingichka tolali g'o'zaga deyarli o'xshash.

    • Respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari “Porloq” g'o'za navini etishtirish uchun eng maqbul hududlar sanaladi. “Porloq” g'o'za navi keskin o'zgaruvchan, turli xil noqulay iqlim sharoitlarga chidamliligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi. Shuningdek, boshqa g'o'za navlariga nisbatan 18-20 foiz ko'p hosil beradi. Tola sifati dunyo bo'yicha o'rta tolali g'o'za navlari orasida eng yuqori o'rinda turadi.

    • Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, ayniqsa, iyun` va iyul` oylarida ob-havo keskin isib ketishi natijasida g'o'za hosili to'kilishi kuzatiladi. “Porloq” g'o'za navi esa agrotexnik tadbirlar o'z vaqtida bajarilmasa ham, shona va gullarini saqlab qola oladi. Bir tup g'o'za 30-40 tagacha gullashi mumkin.

    • Markerlarga asoslangan selektsiya texnologiyasi qisqa vaqt ichida g'o'zaning yangi navlarini yaratish imkonini beradi. Markaz olimlari ushbu texnologiya yordamida g'o'zaning serhosil, tola sifati yuqori hamda mashinada terishga qulay bo'lgan “Ravnaq-1” va “Ravnaq-2” navlarini yaratdi. Ular dunyo miqyosida markerlarga asoslangan selektsiya yordamida yaratilgan birinchi nav sanaladi. Bu navlarni ayni paytda tijoratlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

    • An'anaviy seleksiya usullarini qo'llab, yangi g'o'za navlarini yaratish mashaqqatli mehnat, uzoq vaqt va ko'p mablag' talab etadi. Bunday hollarda selektsiya jarayoni hatto 20-25 yilgacha cho'zilishi mumkin.

    • Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etishda an'anaviy seleksiya usullarini genom-texnologiyalari va molekulyar seleksiya usullari bilan boyitish muhim ahamiyatga ega.

    • Uzum va anor ko'chatlarini invitro usulida ko'paytirish yuzasidan ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Markazda invitro mikroklonal ko'paytirish texnologiyasi yordamida fermerlar uchun viruslardan xoli, sog'lomlashtirilgan uzum va anor ko'chatlari ko'paytirilib, joylarga etkazib beriladi.

    • Mutaxassislarning ta'kidlashicha, o'simliklarda ham virus bo'ladi. Masalan, uzum uzoq yil yashagani uchun yillar davomida unda virus yig'ilib boradi. Urug' agar kichik hujayradan olinganda, virusdan xoli, qilib o'stirish mumkin. Shunda uzumning ham hosildorligi oshadi, ham mazasi shirin bo'ladi. Shu bois, fermerlar bu shaklda o'stiriladigan o'simlik turlariga qiziqadi.

    • Gen-nokaut texnologiyasi yordamida yaratilgan bug'doyning “Barkamol” navi e'tiborga molik izlanishlardan. Sinov jarayonida bo'lgan ushbu navdan hosildorlikni 30 foizgacha ko'tarish mumkin.

    • G'o'zaning vilt kasalligiga chidamli “Bardosh” navi ham bor. Vilt har yili dunyoda g'o'zaning ko'p miqdorda nobud bo'lishiga olib keladi. Yangi yaratilgan texnologiya vilt zamburug'ini g'o'za ichiga kirishiga yo'l qo'ymaydi va buning natijasida o'simlik himoyalanadi.

    • Yangi avlod SNP (Single Nucleotide Polymorphism — YAgona Nukleotidlar Polimorfizimi) markerlarining yaratilishi SNP-chip texnologiyasining vujudga kelishiga asos bo'ldi. SNP-chip texnologiyasi bugungi kunda genlarni kartalashtirish sohasida qo'llanilayotgan eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Markaz va AQSH olimlari hamkorligida g'o'zaning fuzarioz vilt kasalligiga chidamli genlarini aniqlashda SNP-chip texnologiyasini qo'llash borasida tadqiqotlar olib borilmoqda.

    • Shuningdek, kartoshkaning fito­xrom B geni faoliyatini gen-nokaut texnologiyasi yordamida susaytirish natijasida hosildorlikni 26 foizga oshirishga erishildi. Hozir kartoshkaning yangi navlari sinovdan o'tkazilmoqda.

    E’tiboringiz uchun rahmat!

    http://fayllar.org



    Download 11.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling