Sementli, ohakli, silikatli, va yelimli bo`yoqlar


Download 0.74 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1469012
Bog'liq
sementli, ohakli, silikatli, va yelimli bo`yoqlar

sementli, ohakli, silikatli, va yelimli bo`yoqlar

Qosimov Sirojiddin 214-guruh

reja

  • Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar
  • Ohakli bo‘yoqlar so‘ndirilgan ohak bog‘lovchisi asosida olinadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini oshirish uchun tarkibiga kalsiy xloridosh tuzi, maxsus polimerlar kiritish kerak. Ohakli bo‘yoqlarning atmosfera muhitiga chidamliligi yuqori emas.
  • Silikatli bo‘yoqlar suyuq shisha tarkibida pigmentlar va aktiv mineral dispers kukunlarning (trepel, opoka, diatomit va sh.k.) suspenziyasi bo‘lib, suv muhitiga chidamlidir. Silikatli bo‘yoqlar bilan bino fasadlari bezatiladi, namlik yuqori bo‘ladigan xonalar hamda yonishdan saqlash maqsadida yog‘och konstruksiyalar himoyalanadi.
  • Sementli bo‘yoqlar oq va rangli sementlar asosida tayyorlanadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini yaxshilash maqsadida tarkibiga ohakpushonkasikalsiy xlorid, polimerlar va boshqalar qo‘shiladi. Sementli bo‘yoqlar binolarning tashqi tomonidan va namlik yuqori bo‘lmagan xonalarni ichki tomondan beton va suvoq yuzalarni bezash uchun ishlatiladi.
  • Elimli bo‘yoqlar hayvon yoki o‘simlik elimlarining suvdagi eritmasida pigmentlar va bo‘r kukuni aralashmasidan tashkil topgan. Ular yuqori namlikka chidamli bo‘lmagani uchun quruq ichki xonalar suvoqli yuzalarini qoplashda ishlatiladi.
  • Kazeinli bo‘yoqlar kazein, pigment, bo‘r, ohak va bura aralashmasini qurilish maydonida qaynoq suvda eritib olinadi. Bo‘yoq tarkibiga kiritilgan ohak uning suvga va atmosfera muhitiga chidamliligini oshiradi.
  • Pastali bo‘yoqlar. Pastali bo‘yoq tarkiblari sintetik smola yoki polimerlarning suvdagi dispersiyasi bog‘lovchilari asosida tayyorlanadi.Bo‘yoq tarkibiga kukun to‘ldirgich sifatida sement, gips, gipssement, gipssementputssolan va boshqalar ishlatiladi. Masalan, “Defas” pastasi tarkibi VD-VA-17 markali polivinilatsetat bo‘yog‘i, kvars qumi va marshalit asosida olinadi.
  • Bino va inshootlarni bezashda pastali bo‘yoqlar asosida bir yo‘la 1000 mkm qalinlikdagi qoplamalar olish mumkin. Pastali bo‘yoqlar bilan binolar bezatilganda suvoqchilik ishlariga zarurat bo‘lmasligi mumkin. Pastali bo‘yoqlarni yuzalarga surkash yoki sepishni to‘la ravishda mexanizatsiyalashtirish imkoniyati bor.

Kukun bo‘yoqlar. Kukun bo‘yoqlar qattiq polimerlar, o‘ta mayda to‘ldirgich, pigmentlar va modifitsirlovchi maxsus qo‘shimchalardan iborat dispers quruq qorishmalardir. Ularning dispersligi 10-100 m2kg oralig‘ida bo‘lib, o‘ta sochiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Kukun bo‘yoqlar tomchi-suyuq holatidan quruq eritma holatiga maxsus apparatlar vositasida o‘tkaziladi.Kukun bo‘yoqlar yuzalarga surtilganda monotilizatsiyalanadi, ya’ni material zarrachalari birlashib va qotib kimyoviy muhitlarga chidamli qoplama hosil qiladi. Bog‘lovchi sifatida termoreaktiv (epoksid, poliefir, poliuretan) va termoplastik (polietilen, polivinilxlorid, poliamid) polimerlar ishlatiladi. Quruq bo‘yoq qorishmalari keng oraliqdagi haroratda va vaqt davomida shakllanadi.

  • Kukun bo‘yoqlar. Kukun bo‘yoqlar qattiq polimerlar, o‘ta mayda to‘ldirgich, pigmentlar va modifitsirlovchi maxsus qo‘shimchalardan iborat dispers quruq qorishmalardir. Ularning dispersligi 10-100 m2kg oralig‘ida bo‘lib, o‘ta sochiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Kukun bo‘yoqlar tomchi-suyuq holatidan quruq eritma holatiga maxsus apparatlar vositasida o‘tkaziladi.Kukun bo‘yoqlar yuzalarga surtilganda monotilizatsiyalanadi, ya’ni material zarrachalari birlashib va qotib kimyoviy muhitlarga chidamli qoplama hosil qiladi. Bog‘lovchi sifatida termoreaktiv (epoksid, poliefir, poliuretan) va termoplastik (polietilen, polivinilxlorid, poliamid) polimerlar ishlatiladi. Quruq bo‘yoq qorishmalari keng oraliqdagi haroratda va vaqt davomida shakllanadi.
  • Himoyalanuvchi yuzaga quruq bo‘yoq tarkiblari maxsus pistolet yordamida qizdirilgan holda qoplanadi.
  • Kukunli bo‘yoqlar yuqori mustahkamlik, zichlik, suv va korroziya muhitiga chidamlilik bilan oddiy bo‘yoqlardan farqlanadi. Hozirgi kunda quruq bo‘yoq tarkiblar rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Ularni tashishsaqlash tejamli, ishlatish esa juda qulaydir.
  • Keramik mikrosferali bo‘yoqlar. CHoksiz issiqlik izolyasiyasi materiallari (CHIIM) mikrodarajada havo to‘ldirilgan o‘ta yupqa devorli keramik mikrosferalar asosida olingan yangi materialdir. CHIIMlar oq va rangli, cho‘ziluvchan, polimer bog‘lovchilarga keramik mikrosferalar qo‘shib tayyorlanadi. Uning 20oS haroratdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti – 0,001 VT/MoS. Bo‘yoq qurigach engil, cho‘ziluvchan issiqlik izolyasiyasi qoplama materialga aylanadi. CHIIMlar yuzalariga -100S dan +2000S gacha haroratda surtiladi, -600Sdan +2500S gacha xaroratda 15 yilgacha ishlatilishi mumkin. Antikorroziya qoplamasi u bug‘ni o‘tkazadi, yuzaga katta kuch bilan yopishadi.CHIIM lar binolar fasadlar, ichki devorlar, tomlar, beton pollar, issiq va sovuq suv trubaprovodlari, paraprovodlar, sovutish tizimlari, havo o‘tkazuvchilar va sh.k. issiqlik izolyasiyasi va bezash uchun ishlatiladi.

Keramik mikrosferali bo‘yoqlar quyidagi avzalliklarga ega:

  • Metall, beton, g‘isht, cherepitsa, keramika, fasad, plastik, shisha va boshqa yuzalarga yuqori adgeziya;
  • Neft mahsulotlari, tuzli eritmalarga, ishqorlarga, ultrabinafsha nurlarga, atmosfera muhitiga, harorat o‘zgarishiga bardoshli;
  • Issiqlik saqlashda samarador. Issiqlik nurlarini 85% qaytaradi.
  • Metall konstruksiyalarning deformatsiyalanishi oldini oladi;
  • Qoplamali purkash jarayoni mehnat talabligi kam;
  • +2600S kirishadi, +8000S parchalanadi va uglerod oksidi va azot oksidi ajratadi va olovni tarqalishini sekinlashtiradi.
  • Ekologik xavfsiz, rN – 8,5 – 9,5.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling