Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talablariga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi


Download 23.22 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi23.22 Kb.
#1634252
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH SXEMALARI


SERTIFIKATLASHTIRISH SXEMALARI


Reja:

  1. Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish.

  2. Sertifikatlashtirish sxemasi.



Sertifikatlashtirish sxemalari


Sertifikatlashtirish deganda mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, mol) ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat – sertifikat beriladi.
Sertifikatlashtirishda ishlatiladigan zarur atamalardan biri «sertifikatlashtirish tizimi» bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi – muvofiqlikni sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir.
«Sertifikatlashtirish tizimi» atamasidan tashqari sertifikatlashtirish sxemasi kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi.
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talablariga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar, albatta majburiy sertifikatlashtirishga oid bo‘ladi, qolgan mahsulotlarning esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (ta’minlovchi) yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO tarkibidagi qo‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning sakkizta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda ham aynan shu 9 ta sxema tadbiq etilgan:
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to‘lik bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimini yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va shunga o‘xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi.



Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling