Shakllari Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


Download 30.95 Kb.
bet1/3
Sana27.10.2023
Hajmi30.95 Kb.
#1726423
  1   2   3

Reja:



1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va shakllari
2. Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
3. Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha vazifalari.

1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va shakllari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi: davlat va bozor mexanizmlari. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo‘lib hisoblanadi.
Ma’lumki, bozorning muhim elementi bu narx va uning darajasi bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jihatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi aloqalarni bog‘laydi. Tarmoqlar o‘rtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta’minlashda bozor mexanizmi qulaydir.
Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo‘ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelib turadigan iqtisodiy inqirozlarni misol keltirish mumkin. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanoat rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o‘smoqda, balki jamoa (aksionerlik) va boshqa mulkchilik shakllarining o‘rni ham oshib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o‘z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo‘lmoqda. Masalan: temir yo‘l, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba’zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tug‘iladi.
Davlat iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi to‘liq bajara olmagan vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashining asosiy maqsadi iqtisodiy muvozanatga erishish asosida tushkunlik va tanglikning oldini olish, ijtimoiy ishlab chiqarishning barqaror o‘sishini ta’minlash, milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, aholi turli tabaqalari o‘rtasida ijtimoiy muvozanatga erishishdan iboratdir.
Iqtisodiy subyektlar o‘zaro raqobatda bo‘lgani va o‘zlarining shaxsiy yoki jamoaviy manfaatlari yuzasidan faoliyat ko‘rsatgani uchun ularning xudbinlik manfaatlari umumdavlat, jamiyat manfaatlariga zid kelib qolishi ham mumkin. Shuning uchun davlat iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlari va faoliyatlari jamiyat, davlat manfaatlariga zid kelib qolmasligi, unga ziyon yetkazmasligini nazorat qiladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun davlat iqtisodiy subyektlarning makroiqtisodiyot miqyosidagi aloqa va bog‘lanishlarini tartibga soladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmining samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun davlat raqobatni rag‘batlantirish orqali bozor tizimini saqlashni o‘z zimmasiga oladi. Chunki erkin tadbirkorlik tizimi va uni boshqaruvchi talab va taklif qonunlarining amal qilishi raqobatga bog‘liq bo‘ladi. Raqobatchilik muhitini rag‘batlantirish va himoya qilishning davlat mexanizmi quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiy subyektlarning faoliyat yuritish qoidalarini belgilash;

  • aholini bozor sharoitlari, iqtisodiyotning holati to‘g‘risidagi axborotlardan xabardor qilish;

  • iqtisodiyot subyektlari o‘rtasidagi munozara, bahs, ziddiyatlarni hal qilishda ko‘maklashish.

Bozor mexanizmi faqat xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini ta’minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Ammo jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan, aholining ko‘pchiligi foydalanadigan ijtimoiy tovar va xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarilishi mumkin emas. Bunday ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga: maktablar, yo‘llar, yong‘indan himoyalash, milliy mudofaa kabilar kiradi. Binobarin, ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni davlatning o‘zi tashkil qilishi, tartibga solishi zarur bo‘ladi.
Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizimini taqozo etuvchi sabablardan biri bozor tizimidan tashqarida sodir bo‘luvchi inson faoliyati va tabiatning zararli oqibatlaridan (inson salomatligiga, tabiatga ziyon yetkazuvchi omillar) aholini himoya qilish zaruratidir. Bozor tizimida bunday zararlar uchun javobgar shaxslardan tovon to‘lashga majbur qiluvchi mexanizmlar mavjud emas. Shuning uchun davlat tomonidan iqtisodiyotni tartiblash mexanizmida aholini zararli oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlari ham muhim ahamiyatga ega. Zero zararli oqibatlar nafaqat inson hayotiga balki iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir qiladi. Shunga binoan ulardan aholini himoyalash chora-tadbirlari oqibatida aholi salomatligi yaxshilanadi, ularning mehnat qobiliyati ham oshadi. Bu esa o‘z-o‘zidan aholi mehnat faoliyatining o‘sishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.
Aholini qo‘shimcha zararli oqibatlardan himoyalash davlat mexanizmi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: ishontirish, soliq solish, subsidiyalash, tartibga solish. Bunday ishontirish usullari, vositalari kishilarni, iqtisodiyot subyektlarini jamiyatga, boshqa kishilarga ziyon keltiradigan xatti-harakatlar qilmaslikka chaqirishga qaratilgan bo‘ladi.
Soliq solish zararli qo‘shimcha oqibatlarni cheklash maqsadida qo‘llaniladi. Turli soliq miqdorlarini belgilash orqali hukumat firmalar faoliyatidan kelib chiqadigan zararli qo‘shimcha oqibatlarni cheklashga majbur qiladi. Bunday oqibatlardan holi bo‘lgan firmalarga davlat subsidiyalar berish orqali ularning faoliyatini rag‘batlantiradi. Xavfsizlik me’yorlarini belgilash yoki man qiluvchi qonunlar chiqarish yo‘li bilan davlat tartiblash ishlarini amalga oshiradi.
Davlatning iqtisodiyotni tartiblash mexanizmida jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida aholining iqtisodiy jihatdan nochor yashayotgan guruhlarini ijtimoiy himoyalash muhim o‘rin tutadi. Aholining yordamga muhtoj qismini ijtimoiy himoyalash, jamiyat uchun xalq xo‘jaligi tarmoqlari, shu jumladan, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida daromadlar davlat tomonidan qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan daromadlarning qayta taqsimlanishi iqtisodiyotni tartiblash mexanizmining muhim unsuri hisoblanadi.



Download 30.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling