Shakllari Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha vazifalari


Download 30.95 Kb.
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi30.95 Kb.
#1726423
1   2   3
3. Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha vazifalari.
Iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha davlat organlari oldida turgan maqsadlar ko‘p, lekin ularning ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;

  • mehnatga layoqatli aholi ish bilan bandligining yuqori darajasini ta’minlash;

  • narxlar barqarorligi hamda pul muomalasi barqarorligini ta’minlash;

  • tashqi iqtisodiy muvozanatni saqlash.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning umumiy bosh maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish, mavjud tuzumni
mustahkamlash va takomillashtirish, o‘zgarib borayotgan sharoitga adaptatsiya qilish, moslashish hisoblanadi. Demak, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish hozirgi zamon iqtisodiy tizimlarining xarakterli, asosiy belgisi hisoblanadi. Shu boisdan ko‘plab mamlakatlarda, shu jumladan, rivojlangan mamlakatlarda ham davlatning iqtisodiyot sohalariga aralashuvi kuchaymoqda.
Iqtisodiyotga davlat tomonidan ta’sir etish obyektlari-bozor mexanizmi ta’minlay olmaydigan yoki qoniqarsiz darajada ta’minlaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish sohasida yuz beradigan jarayonlar, munosabatlar, sharoitlardir. Davlat ta’sir etadigan va tartiblaydigan obyektlarga ularning darajalari nuqtai nazaridan quyidagilar kiradi:

  • umumxo‘jalik jarayonlari, ya’ni iqtisodiy sikl, pul muomalasi, ish bilan bandlik, investitsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba, konstruktorlik ishlari (ITTKI), narxlar;

  • iqtisodiyotning yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, infrastrukturalar, moliya sohasi;

  • tarmoqlar va korporatsiyalar;

  • yirik xo‘jalik komplekslari sifatidagi hududlar.

Bulardan tashqari, davlat tartibga soladigan ob’ektga tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish ham kiradi. Davlat tashqi savdo sharoitlari, kapital va ishchi kuchi harakati, valyuta munosabatlari, xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishni tartibga soladi.
Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va ta’sir etish predmeti uzoq muddatli istiqbolda milliy boylik va milliy mulkning o‘sishi, o‘rta muddatda iqtisodiy sikl, qisqa muddatli davrda – xo‘jalik konyunkturasi hisoblanadi. Ushbu predmet bo‘yicha iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash chora-tadbirlari krizis va turg‘unlik sharoitida davlat tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni, kapital qo‘yilmalar va bandlikni, tovar va xizmatlar eksporti, xorijiy kapital va turistlarning kirib kelishini rag‘batlantiradi, iqtisodiy yuksalish davrida esa iqtisodiy o‘sishni jilovlashga, iqtisodiyotning qizib ketishining oldini olishdan iborat bo‘ladi. Ushbu maqsadlarda xususiy kapital uchun qo‘shimcha moliyaviy rag‘batlar yaratiladi, davlat xarajatlari ko‘paytiriladi, foiz stavkalari tartibga solinadi. Iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solish xo‘jalik subyektlarini mamlakat iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi soliq stavkalari hamda tariflarni belgilash orqali amalga oshiriladi. Soliqqa tortish ob’ektlari, soliq stavkalarini belgilash bilan bir qatorda imtiyozlar tizimi ham joriy etiladi. Soliq imtiyozlarini joriy etish davlatning iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish vositalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotga monetar usullar orqali ta’sir etish foiz stavkalari, budjet qarzlari, davlat qarz majburiyatlari ochiq bozoridagi operatsiyalar, muomaladagi pul massasi, valyuta kursi kabi moliyaviy regulyatorlarni o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlat iqtisodiyotni tartibga solish ob’ektlari, predmetlari, vosita va usullarini aniq belgilash hamda qo‘llash mexanizmini shakllantirishi lozim bo‘ladi.

Foydalanilgan manbalar ro'yxati


1. Kovalyov V.V. Moliyaviy tahlil M., Moliya va statistika, 1999 yil
2. Kremer. Iqtisodiyotda operatsiyalar tadqiqoti. Iqtisodchilar uchun darslik.
3. R. Lewis, H. Raifa, Games and Solutions, trans. ingliz tilidan, M., 1961;
4. Meskon M., Albert M., Xedori F. Menejment asoslari, M., Delo, 1992 y.
5. Neumann J. Morgenstern O., O'yin nazariyasi va iqtisodiy xatti-harakatlari,
trans. Ingliz tilidan, M., 1970.

Download 30.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling