Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Tarix Fakulteti
Download 46.26 Kb.
|
Shukurova M
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Tarix Fakulteti MUSTAQIL ISH Fan: O‘rta Osiyo me’morchilik tarixi Mavzu:O’rta osiyo antik davr yodgorliklari va me’morchiligi. Bajardi:Shukurova M. Tekshirdi: Ergashev O. Reja:
1.O’rta osiyo antik davriga oid yodgorliklar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar. 2-O’rta osiyo antik davr yodgorliklarida tadqiqotlar natijalari. 3.O’rta osiyo hududi antik davr oid yodgorliklar me’morchilik tizimi O’rta Osiyo hududida mil.av. IV– milodiy IV asrlarga oid yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borildi. O’zbekiston hududida M.E.Masson rahbarligida Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi, Ya.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi O’zbekistonning barcha viloyatlarida, S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Xorazm vohasida V.M.Masson rahbarligida Baqtriya ekspeditsiyasi, G.A.Pugachenkova rahbarligida Xamza nomidagi san’atshunoslik ekspeditsiyasi xodimlarining Surxondaryo viloyatidagi faoliyatlarini qayd etish mumkin. M.E.Masson rahbarligida Turkmaniston hududida Turkmaniston arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari arxeologik tadqiqotlarni olib bordi. Tojikiston hududida A.N.Bernshtam, Pomir-Oloy tog’ tizimi atroflarida A.M.Mandelshtam, Beshkent cho’lida arxeologik tadqiqotlarni olib bordilar. O’rta Osiyo hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida olingan ashyolar antik davr tarixini yoritishda muhim manba bo’ladi.O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar. O’zbekiston hududida antik davrga oid yodgorliklarni o’rganish Surxondaryo hududida olib borildi.XX asrning 30 yillari boshlari va o’rtalarida M.E.Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv. III asrga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’ldilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni «arfa chalayotgan ayol» haykali topilgan.1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor. S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari keng miqyosda tarixiy obidalarni ro’yxatga olishni olib bordi, natijada 400ga yaqin obidalar topilib, ular antik va o’rta asrlarga oiddir. 1967 yildan boshlab O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining arxeologik guruhi Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyati hududida arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bordi. E.Bijanov Ustyurtdagi qadimgi tosh davri manzillarini, V.N.Yagodin Kerdar madaniyati, Xorazm va ko’chmanchilar aloqalari, A.V.Gudkova Tokqal’a, G.Xo’janiyazov Qo’rg’oshin qal’a, Burli-qal’a, Akchingul yodgorliklarida, M.Mambetullaev Katqal’a, Tuprokqal’a, Voyangan Tuprokqal’a (Xiva), Olmaotishgan-2, Xiva, K.Sobirov Katqal’a, Tuproqqal’a, Xazorasp yodgorliklarida arxeologik qazish ishlarini olib bordilar. Mil.av. IV – milodiy III asrlarga oid bo’lgan shaharlar ko’chmanchilar bilan chegaralarda, daryo sohillarida, sug’oriladigan vohalarda qurilgan bo’lib, mukammal mudofa tizimlariga ega.Amudaryoning o’ng sohili hududidagi qal’alar: Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Ayozqal’a 1, 2, 3, Katta va Kichik Qirqqizqal’a, Qulqal’a, Qumbosganqal’a, Dumanqal’a, Akshaxon, Tuproqqal’a, Qizilqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, Aqchungul, Kuyukqal’a, Gaurqal’a (Sulton Uvays tog’i), Tukqal’a, Jildikqal’a, Burgutqal’a, Ellikqal’a, Uyqal’a, Katta Guldursun, Bozorqal’a, Angkaqal’a, Pilqal’a, Odamliqal’a, Doshqal’a-2 , Tuproqqal’a, Eresqal’a. Amudaryoning so’l sohili hududidagi qal’alar: Gurganch, Davkasgan, Shoxsanam, Shexrlik, Yarbekirqal’a, Zamaxshar, Ichanqal’a, Bo’ldimsoz, Gaurqal’a (Xo’jayli), Ketmenchi, Tuprokqal’a (Xiva), Tuproqqal’a (Yangiariq), Tuproqqal’a (Kushko’pir), Kunaqal’a, Voyangan, Tuproqqal’a (Shovot), Katqal’a (Shovot) Kalajik, Xazorasp, Chingiztepa 1, 2, 3, Xumbuztepa, Tuprokqal’a (Qo’ng’irot), Sadvar, Jig’arband,Elxaros, Dargon, Gaur 1, 2 (Sariqamish havzasi) va boshqalar. Antik davrda bu shaharlar mustaqil shahar-davlatlar sifatida mavjud bo’lib, harbiy chegara va iqtisodiy madaniy markazlar bo’lgan. Yuqorida qayd etilgan qal’alarni ba’zilarining me’moriy-topografik va mudofa tizimiga e’tiborni qaratamiz. Yonboshqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda (200x170 m. 3,4 ga) to’rt tomonini ikki qatorli devor o’rab olingan. Avval paxsadan keyin esa to’rt tomoni teng xom g’ishtdan tiklangan (40x40x10 sm). Devor pastki qismi qalinligi – 5 m, balandligi 5-10 m. Darvoza to’g’ri burchakli bir necha aylanma yo’ldan iborat yo’lakka ega bo’lib, uning kengligi – 5 m. Devor va darvoza devorida kungurlar mavjud emas, balki shaxmat uslubida joylashgan nayza o’qi uchli shinaklar mavjud, ular o’rtasidagi oraliq maydoni 1,20-1,84 m, ichki tomonda kengligi 0,18-0,12 sm, tashqi tomonda esa 0,30-0,40 sm. Devorlar burchagida uchta shinak joylashgan bo’lib, turli tomonga yo’nalib, kungur vazifasini bajargan.Qo’yqirilganqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashib, aylana shaklda qurilgan, hajmi 86,5 m mudofaa devor bilan o’rab olinib, 9 ta kungur bilan mustahkamlangan. Kungurlar yon tomonga emas, devordan ancha baland qilib qurilgan. Yodgorlik markaziy qismida tsilindr shaklida (hajmi 42 m) ikki qavatli inshoot qurilgan. Yodgorlikda astronomik kuzatishlar olib borilgan, keyingi tarixiy davrda qabristonga aylangan (loydan yasalgan ossuariylar ko’plab topilgan). Tuproqqal’a – Ellikqal’a tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 17 ga: Tuproqqal’a yodgorligining qurilishi tarixi masalasida turli fikrlar mavjud. Tuproqqal’ada eng qadimiy madaniy qatlamgacha tadqiqot ishlari olib borilgan emas, shuning uchun ham uning qurilish xronologiyasi munozarali bo’lib qolmoqda. Bizningcha yodgorlik mil.av. IV asrda qurilgan bo’lsa kerak. Vazamar davrida Tuproqqal’a Xorazmshoxlarning yozgi qarorgohi, poytaxt esa Akshaxon qal’asi bo’lgan. Shahar darvozasi janub tomonda joylashib, to’g’riburchakli labirint bilan mustahkamlangan, kungurga ega emas. Darvozadan qarshi tomonda kengligi 10 m ko’cha o’tgan bo’lib, ichki qismini ikki mahallaga ajratgan uy-joylar zich joylashgan. Shaharning shimoliy-g’arbiy qismida saroy joylashgan, uchta kungur bilan mustahkamlangan. Saroyning maydoni 6,5 ming m2. Saroyda bir necha «Katta zallar» ochilgan bo’lib, ularning devorlarida turli haykal tasvirlari tushirilgan, topilgan ashyolarga qarab uy xonalari «Podsho zali», «Askar zali», «Bug’u zali» nomini olgan. Saroy xonalaridagi katta ahamiyatga ega bo’lgan ashyolardan biri teri va yog’och taxtachalarga yozilgan 120ga yaqin podsholik arxiv xujjatlari olinganligidir. Ichanqal’a to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni 26 ga. Qadimda ikki qatorli mudofaa devor bilan o’rab olingan, devor o’z navbatida aylana shakldagi kunguralar bilan o’rab olingan, ular o’rtasidagi oraliq – 30 m. Shaharning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish maqsadida M.Mambetullaev shaharning bir necha joyida tadqiqot ishlarini olib bordi, natijada 10 ta qurilish davri mavjudligi aniqlandi. Mudofa devorining etti joyida kesish ishlari olib borilib, natijada devor qurilishi tarixi oydinlashdi. I–qurilish davrida ikki qatorli devor paxsadan qurilib, uning balandligi – 0,85 m, yo’lak kengligi – 2,50 m. Bu qurilish davri miloddan avvalgi VI-V asrlarga oid, II–qurilish davrida paxsa devor ustiga xom g’ishtli devor tiklangan, hajmi (40x40x10 sm, 41x41x12 sm) yo’lak kengligida o’zgarish sezilmaydi, qo’sh devor ko’tarilishi davom etadi, tashqi tomondan qo’shimcha devor qurilishi olib borilgan, natijada devor qalinligi 7 m bo’lgan (mil.av. IV-III asrlarga oid).III–qurilish davri – Xivada madaniy hayot yuksaladi, g’arbiy devor markazida ark qad ko’taradi, bu rivojlanish milodiy IV asrgacha davom etadi. Tashqi tomondan devorga qo’shimcha devor qurilishi davom etib, uning qalinligi 9 metrga etadi. Tashqi devordagi kungurda ham ta’mir ishlari olib borilgan, natijada to’g’riburchakli kungur aylana shaklga aylanib qolgan.Demak, antik davrda Ichanqal’a savdo hunarmandchilik markazi bo’lishi bilan birga harbiy chegara vazifasini ham bajargan. Xazorasp – Xorazm vohasining janubiy darvozasi bo’lib, eng qadimiy shaharlardan biridir. Yodgorlik tekislikka qurilgan, uning rejalashtirilishi to’rt tomoni teng (10,8 ga), qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, ular o’rtasida kengligi 2,10 m bo’lgan yo’lak o’tgan. Shaharning janubiy-sharqiy burchagida ark joylashgan (hajmi 40x40 m). Yodgorlikning qurilish tarixi to’g’risida yagona ilmiy fikr hanuzgacha mavjud emas, bunga arxeologik qazish ishlarining eng qadimiy madaniy qatlamgacha olib borilmaganligidir. 1958–1960 yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari, 1997, 2000, 2003 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasining arxeologiya guruhi xodimlari Xazoraspning bir necha joyida tadqiqotlar olib borilgan, afsuski bu tadqiqotlar tugallanmay qolib ketgan.Devor va kungurlar saqlanib qolgan, balandligi turlicha, ya’ni 5-14 m. Janubiy devor mahalliy aholi tomonidan buzib tashlangan, bu devorda bitta kungur saqlanib qolgan, g’arbiy, shimoliy va sharqiy devorlarda kungurlar yaxshi saqlangan, ular o’rtasida oraliq 10–55 m.Shimoliy-g’arbiy qismi ichki qismidan eng qadimgi paxsa devor topildi, unda to’g’ri burchakli kungur mavjud. Qal’aning masjid qismida, shimoliy-g’arbiy, g’arbiy qismda mudofaa devorini kesish ishlari olib borildi. Natijada shaharning qurilish tarixini mil.av. VII asr bilan belgilash imkonini berdi. Tadqiqotchi Q.Sobirov Bo’ston shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro Simpoziumda qilgan ma’ruzasida Xazorasp yoshini miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oidligini qayd etgan edi. Xullas Xazorasp qal’asida keng miqyosda tegilmaydigan er qatlamigacha arxeologik tadqiqotni olib borish zarur, bu albatta kelajakka oid masaladir. Katqal’a (Shovot) – Shovot tumanidagi Beruniy nomli shirkat xo’jaligi Kat qishlog’i hududida joylashgan, rejalashtirilishi noto’g’ri to’g’ri burchak, umumiy hajmi 10,8 ga, qadimda ikki qatorli devor o’rab olgan bo’lib, ular o’z navbatida yarim aylanali kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi oraliq –27 m. Yodgorlik mil.av. IV asrda qurilgan. Akshaxon – Beruniy tumanidagi «Ozod» fermer xo’jaligidagi qumliklar o’rtasida tekislikka qurilgan. Rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 45 ga, qadimda ikki qatorli devor o’rab olgan, kengligi – 6 m. Devor bo’ylab to’g’riburchakli kungurlar, burchak qismida esa to’rt tomoni teng kungurlar joylashgan. Shimoli-g’arbiy burchakda ark joylashgan, to’g’riburchak shaklda (380x340 m). Darvoza janubi-sharqiy va janubiy-g’arbiy devorda joylashgan, labirint bilan mustahkamlangan. Yodgorlikning tashqi devori va kunguri o’rganildi. Yodgorlik mil.av. IV – milodiy III asrlarda Xorazmning poytaxti bo’lgan (podsho Farazman 1500 otliq askar bilan Baqtr shahriga A.Makedonskiy huzuriga shu shahardan ketgan bo’lishi shubhasiz). Yodgorlik Qoraqalpog’iston va Avstraliya olimlari tomonidan uzluksiz ravishda tekshirilmoqda.Buxoro viloyatida antik davr yodgorliklari Buxoro viloyati hududida R.Sulaymonov rahbarligida, Buxoro shahrining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish maqsadida A.R.Muxammadjonov rahbarligidagi arxeologik guruhlar tadqiqot ishlarini olib bordi. Natijada Romish–I, II, III, Setalak, Buxoro keng miqyosda o’rganildi. Buxoro – Zarafshonning Rudizar va Zarirud ismli ikki sohilida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan, alohida-alohida qishloqlar asosida paydo bo’lgan. Shaharning etti joyida keng ko’lamda arxeologik tadqiqotlar olib borilgan, undagi madaniy qatlam 20 metrdan oshiq. Devor avval paxsadan, keyin to’rt tomoni teng xom g’ishtdan qurilgan, to’g’ri burchakli kungurga ega. Shahar uch qismdan iborat, ya’ni ark, shahriston va shahar atrofidan iborat bo’lib, turli tarixiy davrda shakllangan.Shu bilan birga, Kozimontepa, Chordira, Qo’shrabod, Arabop-1, Arabop-2, Varaxshaning quyi qatlami, Xo’jabo’ston, Beshtepa yodgorliklari o’rganildi. Qashqadaryo viloyati hududida antik davr yodgorliklariS.K.Kabanov, R.Sulaymanov rahbarligidagi arxeologik guruhlar Erqo’rg’onda, Toshkent Davlat Milliy universiteti arxeologiya guruhi Keshda, M.To’rabekov rahbarligidagi guruh Qarshi shahrida arxeologik qazish ishlarini olib bordi. Shu yodgorliklardan Erqo’rg’onda keng miqyosda arxeologik qazish ishlari olib borildi. Erqo’rg’on – Nautaka viloyatining markazi bo’lgan (A.Makedonskiy shu shaharda to’xtagan degan taxminlar bor). Rejalashtirilishi aylana shaklda, umumiy maydoni – 70 ga. Antik davrga oid qal’a devori, ark devori va ibodatxona o’rganildi. Shu bilan birga, Qal’ai- Zaxoki Maron, Tillatepa, Kasantepa yodgorliklari ham o’rganilgan. Samarqand viloyati hududida antik davr yodgorliklari Ya.G’.G’ulomov rahbarligida Afrosiyob ekspeditsiyasi Afrosiyobda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlarni olib bordi. Shaharning mudofaa devori va ichki qismida qadimiy madaniy qatlam o’rganildi, natijada yodgorlikning qurilishi mil.av. 2500 yilga oidligi aniqlandi Bu yodgorlikda O’zbekiston-Germaniya, O’zbekiston-Frantsiya arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari faoliyat olib bormoqdalar. R.Sulaymonov rahbarligidagi arxeologik guruh Ko’ktepada arxeologik qazish ishlarini olib borib, qadimiy shahar ekanligini aniqladi. Shaharning hajmi 100 ga, ark, ibodatxona, uy, mahallalar o’rganilgan. Farg’ona vodiysida antik davr yodgorliklari Farg’ona vodiysida Yu.A.Zadneprovskiy, G.Abulg’ozieva, A.Anorbaev, B.Matbabaev, N.G.Gorbunova rahbarligidagi arxeologik guruhlar tarixiy obidalarda arxeologik qazish ishlarini olib bordilar. Antik davrga oid 20 ga yaqin yodgorlik qayd etilgan, Xitoy yozma manbalaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq shaharlar bo’lgan. Eylatan – rejalashtirilishi to’g’ri bo’lgan shaklda, ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, umumiy maydoni – 200 ga. Ark mil.av IV – III asrlarga oid. Mingtepa – rejalashtirilishi to’g’ri burchak shaklda, umumiy maydoni – 40 ga. Mingtepa yoki Marhamat shahri ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, devor o’z navbatida to’rt burchakli kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi oraliq 30 – 40 m. Shaharni Ershiga o’xshatishadi. Ko’rgantepa – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda (250x230 m), 5,7 ga, qadimda devor bilan o’rab olingan. Axsikent-1A, Axsikent 1V – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni 35 ga, mil.av. III – II asrlarga oid, qalinligi 5 m devor bilan o’rab olingan. Ershi – shaharning joylashish o’rni mulohazali. N.Ya.Bichurin Ershini Qo’qon shahri o’rnida, A.N.Bernshtam esa Mingtepa yodgorligida degan fikrni bildiradilar. Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Ershi – Eski Axsi degan fikrlar paydo bo’ldi. Mil.av. III–I asrlarda Ershi Axsi o’rnida bo’lgan shahar 40 ga bo’lib, ark ikki qismdan iborat bo’lgan Esgarlik devor bilan o’rab olingan, qalinligi – 5 m, balandligi – 3 m. Quva (Kubo) – hozirgi Quva shahri markazida tepalik mavjud bo’lib, mahalliy aholi o’rtasida «Shahriston» nomi bilan ma’lum. Yodgorlikni B.A.Latinin, V.D.Jukov, A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, I.Axrorov, Yu.A.Zadneprovskiy, B.Matbabaevlar arxeologik jihatdan o’rgandilar. Yodgorlikni 1956 yildan Ya.G’.G’ulomov rahbarligidagi arxeologik guruh o’rganishni boshlagan. Yodgorlikning qurilishi milodiy I – III asrlarga oid bo’lib, paxsa devor bilan o’rab olingan. Tadqiqotchi B.Matbabaev shaharning dastlabki qurilish davrini mil.av. V asrga oid ekanligi to’g’risida xulosalar chiqargan. Surxondaryo viloyati hududida antik davr yodgorliklari Eski Termiz – 1936–1938 yillarda M.E.Masson rahbarligida Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi shaharni arxeologik jihatdan o’rganish ishini olib bordi. Uning «qal’a» qismida qazish ishlarini olib bordi va shaharning yoshini mil.av. III asr bilan aniqladi. 1981 yildan Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi arxeologik qazish ishlarini olib bordi. Sh.Raxmanov 1993 yildan eski Termiz mudofaa devori qurilishi tarixini o’rganishni boshladi.Keyingi yillarda O’zbekiston-Yaponiya arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari (rahbari Sh.Pidaev) Eski Termizda arxeologik qazish ishlarini olib bormoqda, olingan natijalar shaharning qurilish davri mil.av.V asrga oid ekanligini isbotladilar. Dalvarzintepa – Sho’rchi tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 30 ga, qadimda to’rt tomoni devor bilan o’rab olingan, devor o’z navbatida to’g’riburchakli kungurlar bilan o’rab olingan, ular orasidagi maydon 27–30 m. Yodgorlik 1967 yil L.I.Albaum tomonidan topilib, 1970 yildan boshlab G.A.Pugachenkova rahbarligidagi Xamza nomli san’atshunoslik institutining arxeologik guruhi yodgorlikda tekshirish ishlarini boshlab yubordi. 1971 yilda Dalvarzintepa uy xonalaridan birida kichik tuvakchada oltindan yasalgan 115 ta ashyolar topilgan. Ular xotin-qizlarning bezaklari, ya’ni bilaguzuklar, baldoq, tumor, turli shakldagi buyumlardan iborat bo’lgan. Yodgorlikda B.A.Turg’unov rahbarligida O’zbekiston-Yaponiya ekspeditsiyasi xodimlari qazish ishlarini olib bormoqda. Zartepa – Surxondaryo viloyati Angor tumani hududida Sherobod-Termiz yo’lining o’ng tomonida 200 m uzoqlikda joylashgan. Rejalashtirilishi to’rt tomoni teng, umumiy maydoni – 16 ga. To’rt tomoni ikki qatorli devor bilan o’rab olingan bo’lib, yarim aylanali kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi masofa – 34 m. 1972–1974 yillarda Q.Sobirov rahbarligidagi guruh Zartepaning mudofaa tizimini o’rganish ishlarini olib borib, 4 ga qurilish davridan iborat ekanligini aniqladi. Shaharning markazida saroy, sharqiy qismi devorining ichki qismida budda ibodatxonasi qoldig’i o’rganildi. Shaharning qurilishi mil.av. I asrda, uning inqirozi esa milodiy IV asrga oid bo’lgan. Qoratepa – Eski Termiz hududida joylashgan, 1972 yildan B.Ya.Staviskiy rahbarligidagi Moskva san’atshunoslik muzeyi arxeologik guruhi yodgorlikda qazish ishlarini olib bordi, natijada budda ibodatxonasi topib o’rganildi. Fayoztepa – Eski Termiz hududida joylashgan. L.I.Albaum rahbarligida arxeologik guruh yodgorlikda qazish ishlarini olib bordi. Natijada budda haykallari, buddistlar to’planadigan joy o’rganildi. Bu yodgorliklardagi O’zbekiston–Yaponiya davlatlari birlashgan arxeologik guruhi qazish ishlarini olib borishmoqda, topilgan ashyolar bir necha marta Yaponiyadagi ko’rgazmada namoyish qilingan. E.Rtveladze tomonidan Surxondaryo viloyati bo’ylab arxeologik qidiruv ishlari olib borilib, 130 dan ortiq yodgorliklar viloyat arxeologik xaritasiga qayd etilgan, ularning aksariyati antik davrga oid bo’lgan. Shu bilan birga, Xalchayon, Xaydarobod, Mirzako’ltepa, Oysaritepa kabi qishloq manzillari arxeologik jihatdan o’rganilgan. G.A.Pugachenkova Xalchayon yodgorligida qazish ishlarini olib borib, hukmdor saroyini o’rgandi, bu erdan suvoriylar, insonlar haykallari topilgan. Toshkent viloyati hududida antik davr yodgorliklari Viloyat hududidagi tarixiy obidalarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya institutining Yu.F.Buryakov, M.I.Filanovich, K.Abdullaev, X.Duke rahbarligidagi arxeologik guruhlari qazish ishlarini olib bordilar, natijada antik davrga oid ashyolar olindi. Shoshtepa – Salar kanali sohilida joylashgan, to’g’ri burchak shaklda 300x150 m, 4,5 ga. 1978–1979 yilda yodgorlikning janubi-sharqiy qismida joylashgan arkda qazish ishlari olib borildi, natijada III qurilish davri aniqlandi. Arxeologik ashyolarga qarab Shoshtepaning xronologik davri aniqlandi. Shoshtepa I – (mil.av. V – IV asrlar)
Kanka – Ohangaron daryosi sohilida balandlikka to’g’ri bo’lmagan to’g’riburchak shaklda qurilgan, umumiy maydoni 150 ga. Qadimda devor bilan o’rab olingan. Shimol tomon burchagida ark joylashgan. Devor avval paxsadan, keyin xom g’ishtdan tiklangan. Devorda aylana shaklda kungurlar mavjud, uning hajmi 9 m. Kavardan – noto’g’ri to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 75 ga. Qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan. Aylana shakldagi arkka ega. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida antik davr yodgorliklari juda kam o’rganilgan. Jizzax hududida Zamin shahari to’g’risida kam ma’lumotlar bor. O‘rta Osiyoning ellinistik dunyoga tortilishi uning san‘ati va madaniyatida Jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu o‘zgarishlar me‘morlik, amaliy va tasviriy San‘at mazmuni va harakterida namoyon bo‘la boshladi. O‘rta Osiyoning ellinistik Davrdagi me‘morligi harakteri uning janubiy rayonlarida seziladi. Bu davrda Qurilgan binolar harakterida Axmoniylar davri me‘morligi uslublari bilan birga, Grek san‘ati an‘analari mavjud. Ayniqsa, binolarning dekorativ bezalishida shu O‘ziga xoslnk ko‘zga tashlanadi. Ustunlari grek klassik formasida ishlangan bo‘lib, Korinf kapitellari toshdan ishlangan tosh ustun va bazadan tashkil topgan. Saroy Xonalari plyastrlar bilan bezatilgan. Saroy uchun bezak sifatida sher niqob, tomni Bezab turuvchi palmetkali antisfinkslar ishlatilishi ham harakterlidir. Lekin saroyni Qurishda mahalliy material – xom g‘isht, paxsa ishlatilgan, tomlari tekis qilib.Yopilgan. Me‘morchilik san‘atida avvalgidek asosan xom g‘isht asosiy qurilish Materiali sifatida ishlatilsa ham, shu bilan birga qumtosh, marmar va pishiq g‘isht Ishlatila boshlandi, devor pardoziga mahsus qorishmalar, alebastrli qoplamalar Kirib kela boshladi. Ayniqsa grek me‘morchilik san‘ati ta‘sirida qurilgan saroylar, Gimnasiya, ibodatxonalar me‘morchilik jarayonida muhim bo‘ldi. Lekin bu davrga Xos me‘morchilik yodgorliklari kam o‗rganilgan.Bu davr yodgorligi shimoliy Afgoniston hududidagi Oy xonum yodgorligi shu davr memorligi o‘zgarishlaridan Dalolat beradi.Uning qurilishi uslubi antik san‘at an‘analari asosida ishlangan Pollari mazaika bilan pardozlangan. Kapitel va ustunlar ham uning ko‘rinishiga Alohida fayz baxsh etgan. Grek – Baqtriya podisholigi davrida Markaziy Osiyoning janubiy Hududlarida me‘morchilik komplekslari yuzaga keladi, shaharsozlik yangi davrini Boshidan kechirdi. Me‘morlikda yangi g‘oyalar rivojlandi, yangi yangi shaharlar Barpo etildi. Shulardan biri Dmitriy asos solgan (P asr ) Termiz ( Demet-Termet O‘zgarishida) shahri rivojlandi. Bu davrda ayniqsa Ellin san‘ati ta‘siri sezilarli Darajadi bo‘ldi. O‘lkada kopplab binolar qad ko‘taradi. Bino qurishda ellin Memoriy uslublari ishlatilgan. Jumladan ustun, kapitel ishlatilgan, pollarga Mazaika yotqazilgan, ustunlar ko‗p xollarda kapitellar bilan tugallangan. Grek Baqtriya yerlarida mavjud shaharlar kengaytirildi, odamlar yashaydigan kattabo‘lmagan aholi punktlari shaharga aylantirildi. Yangi shaharlar aniq to‘rtburchak Yoki kvadrat shaklida qurilib, atrofi qalin devor bilan o‘rab chiqildi, To‘rtburchaksimon minoralar bunyod etnldi. Qurilgan binolarda serjilo korinf Orderi keng qo‘llanildi. Gresiya san‘ati ta‘siri shu davrda zarb etilgan tangalarda va Ularga ishlangan bo‗rtma tasvirlarda ham seziladi. Tangalarning old tomonida hukmdor (podishoh) xomiysi bo‘lgan mobuda tasviri va yozuv mavjud, tanganing Orqa tomonida esa hukmdorning aylana ichidagi bo‘rtma tasviri yon tomonidan ishlangan. Shuni takidlash kerakki bu tangalar yuzasidagi bo‘rtma tasvirlar uslubi jihatidan yunon klassik san‘ati an‘analarida , eng avvalo Fidiy, Praksitel, Lissip ijodiga xos uslubda bajarilgan, jumladan Fidiyning Olimpdagi Zevs haykaliga taxlid qilish sezilarli Podisho bo‘rtma tasvirlari real va haykaltarosh tasvirlanuvchi Faqat o‘xshatib qolmasdan balki uning harakterining ham ochishga intilganligi bilinadi. M. Demetriy tasviri tushirilgan tangada Dimitriy harakteri va mavqi fil shakli bor bo‘lgan bosh kiyimda tasvirlangan. Bu belgi podishoni Xindistoning zab etganligi va uning hukmdorligiga ishora hisoblangan. Gyaur qala saroyi qoldiqlari diqqatga sazovor. Bino an‘anaviy O‘rta Osiyo uslubi – paxsadan qurish prinsipiga asoslangan boplib, devor yuzasi ganch bilan suvalgan. Asosiy xonalar, ayniqsa, qabul-xona nihoyatda serhasham bo‘lib, u devoriy suratlar bilan bezatilgan, haykaltaroshlik asarlari ham xona fayzini oshirishga xizmat qilgan. Parcha va bo‘laklarda yetib kelgan surat va haykaltaroshlik namunalari qoldiqlari shu davr san‘ati realizmi haqida gapirish imkoniyatini beradi. Ishlangan haykallarda tasvirlanuvchinnng etnik tipi, yoshi, harakterini ochishga intilish seziladi. Shu xususda, qal‘a xonalarining biridan topilgan. O‘rta Osiyoda nodir yodgorliklardan biri Tuproq qal‘a hisoblanadi. 12 m balandlikka ega bo‘lgan sun‘iy tepalik ustiga qurilgan bu qal‘a to‘rtburchak shaklida bo‘lib, 500X350 m maydonni egallaydi. Maydon atrofi mustaxkam devor bilan o‘rab chiqilgan. Qal‘aning shimoliy -g‘arbidagi burchak tomonda Xorazm shohlarining saroylari joylashgan. Saroyning mahobatli uch minorasi esa butun qal‘a ko‘rinishiga mustaxkamlik baxsh etgan, uning jiddiy bo‘lib ko‘rinishini ta‘minlagan. Tuproqqal‘a xonalari bir xil emas. Tor yo‘lakchalar egri ravoqlar bilan yopilgan, aksincha, katta xonalar nur-quduqlarga ega bo‘lgan, mustaxkam ustunlar esa xona kengligini oshirish uchun, uzun to‘sinlarga mustaxkamlik berish yoki ularni o‘zaytirish uchun ishlatilgan. Saroy xonalari haykaltaroshlik va rangtasvir bilan bezatilgan. Qabulxona (mexmonxona) serbezak bo‘lgan. Devoriy surat va bo‘rtma tasvirlar xonaning ko‘rkam va go‘zalligini oshirgan. Loydan yasalgan haykallar devor bo‘ylab qilingan supachalarga o‘rnatilgan. Supachalar jimjimador panjaralar bilan alohida seksiyalarga ajratilgan. Har bir seksiyada mustaqil haykaltaroshlik kompozitsiyasi bo‘lgan. Bu haykallar qisman saqlanib qolgan. O‘tirgan xolda tasvirlangan podshohlar (natural o‘lchamdan ikki marta katta), yon tomondan turgan xolda tasvirlangan erkak, ayol va bolalarning haykali qo‘yilgan. «Suvoriylar (jangchilar) zali» deb nomlangan xona devorida qoldirilgan tokchalarda podshohlar haykali qo‘yilgan. Devor oldida esa qo‘lida qurol ushlab turgan jangchilar haykali bo‘lgan. «Jayiqlar zali» deb nomlangan xonada o‘simliklar, pastroq tomonda natural kattalikda kiyiklarning bo‘rtma tasviri – barelefi ishlangan. Tuproqqal‘adagi kichik xonalar faqat devoriy suratlar bilan bezatilgan. Shunday xonalardan birining devoriga ishlangan arfa chaluvchi qiz surati bizgacha birmuncha yaxshi saqlangan. Kushonlar davri Markaziy Osiyo xususan O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egalladi. Bu yerda me‘morchilikda avvalgi davr an‘analari davom qildi ,shu bilan birga yangi an‘analar rirojlandi. Saroylar, zardushtiylik va buddaviylik dinlari bilan bog‘liq memoriy majmualar yaratildi, fuqorolar turar joylari murakkaablasha bordi, ularning estetik jihatlariga etibor ortdi. Shaharsozik Borasida ishlar amalga oshirildi. Bu davrda O‘rta Osiyo yerlarida qator shaharlar paydo bo‘ldi. Bu davrda shahar qurilishi ham avj oladi. Shahar hokimlari, boy adogonlar va amaldorlarning saroylari va uylari hashamatli bolishiga etibor berildi. Uning gozal bo‘lishi uchun haykal, turli naqsh va rasmlar bilan bezak beradilar. Dalvarzin tepa Kushon davlatining muhim shaharlaridan bo‘lib bu yerda Buddizm dini bilan bog‘liq ibodatxona,stupa bo‘lgan. Ibodatxona serhasham bo‘lib unda baqtriya mabudasi haykali bo‘lgan.Bino bezagida akanf bargi antefiks va bezakdor ustunlar keng qo‘llanilgan. Ayritomdan (Termiz yaqinidan) topilgan toshdan ishlangan releflar va so‘nggi Kushon davlati memorligining harobalari bu yerda buddizm keng yoyila boshlaganligini ko‘rsatadi. Ayritomdagi ibodatxonaga kiraverish tomonga karniz tarzida ishlangan friz karnizlarda akanf barglari orasida yarim belgacha tasvirlangan qo‘shnay, nog‘ora (baraban), lyutna va arfa chalayotganlar sozandalar tasvirlangan (ular 14 ta). Buddizm dini bilan bog‘liq me‘morchilik majmualar, monastir va ibodatxonalar O‘zbekistonning janubiy tomonlarida keng tarqaldi. Eski Termiz yaqinidagi “Zurmala qal‘a” me‘morlik koldigi shu o‘rinda muhimdir, to‘rtburchak shakldagi taglikka tepa tomoni yarimsferik tarzda tugallangan silindrik stupa qurilgan. Minoraning qozon shaklidagi tepa va silindrik shakldagi asosiy ustun qismi chegarasi karniz bilan ajratilgan. Minoraning tagi, tepadagi yarim aylana shaklidagi qismni esa qizil tosh, plitalari bilan pardozlangan. Minoraning asosii ustun qismi esa pishiq g‘isht bilan pardozlangan bo‘lish extimoli bor. Qushon davrda shahar qurilishini avj olishida grajdan memorligi ham alohida o‘rinni egalladi.shahar hokimlari, boy zadogonlar va amaldorlarning saroylari va uylari hashamatli bo‘lishiga etibor berildi. Uning g‘ozal bo‘lishi uchun haykal, turli naqsh va rasmlar bilan bezak beradilar. Xolchayonda (Surxondaryo ) saklanib qolgan arxeologik topilma e‘tiborga loyiq. Bu yerda bino sharqqa karab qurilgan bo‘lib uning old tomonida 6 ustunli ayvon bo‘lgan. U yerdan asosiy xona – katta zalga va ikki ustunli xonaga kirilgan. Bino ham g‘ishtdan qurilgan. Ustunlar yog‘ochdan ishlangan bo‘lib ular tosh taglikka o‘rnatilgan. Binoning tomi tekis yopilgan bo‘lib tom chekkalari esa cherepitsa ham antefikslar bilan bezatilgan. Xonalar devoriy surat va haykallar bilan bezatilgan bo‘lgan. Xulosa. Antik davr yozma manbalar o mishda ro’y ber gan voqealarni asvirlovchi Asosly manbalardan hisoblanadi. Ularni o’rgan ish va tahlil etish, hozingi zamonaviy Manbalar bilan qįyoslash u yoki bu tarixiy davrda shaharlar taraqqiyotini, ishlab chiqarish m intaqalari, savdo aloqalari, aloqa yo’llari, xo’Jalik hamda aholining etnik ijtimoly tarkibi haqida ma’lumot beradi Prezidentimiz takidlaganlaridek “Har qanday svilizatsiya ko’pdan-ko’p xalqlar, millatlar, yelatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mabsulidir” Demak, yozma ma’lumotlar o’sha davr “ruhi”ni berishi bilan birga xilma-xil tarlxiy-statistik ma’lumotlarga ega bo’lishimizga ham imkon yaratadi. Shu jihatdan antik davr yozma manbalari ma’lumotlari o’zinin rivojlanish darajasi, mazmun va mohiyati bilan ahamiyatlidir. Ulardan mazkur bitiruv malakaviy ishida olingan tarixiy-geografik, tarixiy-siyosly, arixiy-iqtisodly.tarixiy-habiy, taríxiy-ethografik, ma’lumotlar ham o’z navbatida diqqatga sazovardir.Ana shu ma’lumotlarning ilk shakllan ishi Jarayoni hamda keyingi davrlar uchuno’llanma bo’lib xizmat qilgan manbalar esa antik davr olimlarining O’rta Osiyo haqidagi daslabki ma’lumotlari hisoblanadi. Qariyb yetti asr mobaynida, ya’ni Gerodatdan Ptolemeyga qadar O’rta Oslyo haqidagi yozma manbala antk davr uchungina emas, balki o’rta asrlarda G arbiy yevropaliklarning O’rta Osiyo haqidagi yangi ma’lumotlarining paydo bo’lishiga turtki bo’ldi va shunga asoslanib quyidagi Xulosaga kelish mumkin. Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, bizning tariximizda antik davir yozma manbalar muxim ahamiyat kasb etar ekan, oldimizda tturgan muammolar yechishga bizga qo‘l kelar ekan, bizni bu merosni o’rganmaslikka,ta’riflamaslikka, targ’ibot qilmaslikka haqimiz yo’q. FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li Toshkent, O‘zbekiston,1992 yil 2. Karimov LA. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T: Sharq, 1998. 3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Manaviyat” 2008. 4. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida Uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T., O’zbekiston, 2009. 5. Karimov I.A. O‘zbekiston demakratik taraqqiyotning yangi bosqichida. T: “O’zbekiston” 2005. 6. Azizxo’jayev A. Davlatchilik va madaniyat. – T: Sharq, 1997 7. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T., 2000. Download 46.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling