Sharq allomalarioning ilmiy merosi


Download 264.06 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi264.06 Kb.
#1395415
Bog'liq
naqishbandiy


Andijon davlat universiteti
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi
2-bosqich 204-guruh talabasi Anvarjonov Toxirjonning Sharq allomalarioning ilmiy merosi fanidan mustaqil ishi
XIV asr O`rta Osiyo tasavvufining yirik namoyondasi, mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi va rahnomosi bo`lmish bu ulug` zotning asl ismi Bahouddin Muhammad ibn Burxonuddin al-Buxoriy bo`lib, islom olamida Hojai buzrug va Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur bo`lgan.
Bahouddin Muhammad 1318 (hijriy 718) yili Buxoroning Qasri Hinduvon (keyinchalik uning nomi bilan yuritilgin Qasri Orifon) nomli qishlog`ida dunyoga keladi.
Hazrat Alisher Navoiy ham Naqshbandning bu joyda tug`ilganligini tasdiqlab, “Xoja Muhammad Boboi Samosiy Qasri Hinduvondan o`tarda der emishlarki, bu tufrog`din bir er (o`g`il bola) isi keladur. Qasri Hinduvon Qasri Orifon bo`lgay”, - deb yozib qoldirganlar.
Naqshbandning onasi Bibi Orifa otasi Sayyia Jamoliddin to`quvchi va naqsh soluvchi usta bo`lgan. Muhammadning buyuk tariqat egasi bo`lib yetishuvida so`fiylar bilan yaqindan munosabatdan bo`lgan bobosining xizmati kattadir. Aynan u Muhammadda tasavvuf ilmiga qiziqish uyg`otdi va uni shu yo`lda tarbiyalashga ahamiyat berdi. Bahouddin Muhammad Buxoroda tahsil olgach, uni bobosi Azizxon tariqatining Shayxi Shayx Xoja Muhammad Samosiyga olib borib Shayx uni o`g`il qilib, o`z tarbiyasiga oladi. Samosiy vafoti oldidan o`z xalifasi amir Sayyid Kulolga Muhammadni o`ziga shogird qilib olishni, uni Xojagon tariqati jamoasiga qo`shib, ularning tasavvufiy yo`lini Muhammadga o`rgatishni vasiyat qiladi.
Muhammad, Kulolning zikr doiralarida va tasbeh aytishlarida ishtirok etib, o`z bilimlarini yanada oshiradi. U Abdulxoliq G`ijduvoniyning g`oyibona bashorati tufayli ruhoniya darajasiga erishadi. Manbalarda bu bashorat Bahouddinning tushida Abduxoliq G`ijduvoniyni ko`rgani va u Bahouddinni Sayid Kulolga yuborgani bilan izohlanadi. Biroq Muhammad murshid oldiga kelgunicha, tariqatning haq yo`liga erishib, so`fiy darajasiga yetgan edi. Amir Sayyid Kulol Shohobuddinning (XV asr) “Naqomatlari”da va Saloh al- Muborak Buxoriyning “Maqomati Bahouddin Naqshband” kitobidagi rivoyatlarida aytilishicha, Muhammad Amir Sayyid Kulol xizmatiga kelishdan oldinroq dunyoviy hayotning puch-behudaligiga to`la ishonch hosil qilgan.
Keyin Naqshband Mavlono orif Dekkironiy dargohida 7 yil xizmat qilgan, so`ng turkiy tasavvufiy shayxlar Kusam shayx va Halil Otalar (u Halil ota dargohida 13 yil xizmat qilgan va uning yaqin hamsuhbati bo`lgan) yo`lida tasavvufiy ta`limotni davom ettirib, kamolotga yetkazgan.
Bahouddin go`dakligidanoq atrofdagilarni o`z mo`jizalari bilan lol qoldirardi. U istasa, yurib borayotgan odamni bir qarashda to`xtatib qo`yar, hatto bulutlarning yo`lini ham o`zgartirishga qodir edi.
Bo`lajak alloma yetti yoshidanoq Qur`oni karimni to`liq yod oldi. U Arastu va Aflotun Ismoil Buxoriy, Hakim at-Termiziy kabi alloma, buzruk mashoyihlarning, Ahmad Yassaviy, Rametoniy asarlarini tinmay o`qidi, o`zi ham kitoblar yozdi. Rivoyatlarga ko`ra, Sayyid Kulol ushbu iqtidorli shogirdini o`z ro`parasidagi joynomozga o`tkazib, Qur`oni karim suralarini birma-bir takrorlatib, ma`nolarni sharhlab, tushuntirib berar ekan.
Bahouddin Naqshband ikki marta Haj qilgan. Shamsuddin Somiyning “Qomus al-a`lom” kitobida yozilishicha, ikkinchi marta Haj qilganida shogirdi Xoja Muxammad porso unga hamroh bo`lgan. Qaytishlarida Nishopur va Hirotga burilib, ayrim mashhur shayxlar bilan uchrashib, ularning suhbatlaridan bahramand bo`lib, Hirotda bir muddat istiqomat qilib qolgan.
U Buxoroga qaytgach, qolgan butun umrini shu yerda o`tkazdi. Amir Kulolning vasiyatiga binoan tasavvuf yo`lining xalifasi (tasavvuf rahnamosi) bo`lib qoldi. Manoqiblarda yozilishicha, Xoja Bahouddin umri oxirlaganini sezgach, Buxoroning karvon saroylaridan biriga borib, holsizlanib yotadi. Atrofida bisyor shogirdlari parvona edilar. Joni uzilayotgan lahzada joynamoz ustida fotihaga qo`l ochib, uzoq o`tirib qoladi va ruhi shu alfozda o`zga olamga ravona bo`ladi. Bahouddin Naqshband 1389 (hijriy 791) yili 73 yoshida vafot etadi va kindik qoni to`kilgan Qasri Orifonda dafn etiladi. Bu haqda Alisher Navoiy ham o`zining “Nasoyimu–l-muhabbat” asarida “Alar (hijriy) yetti yuz to`qson birda, robbi-ul avval oyining uchida, dushanba kechasi (73 yoshda) olamdan o`tibturlar,” deb yozganlar.
Har bir davrda Buxoroda hukmronlik qilgan hukmdorlar Bahouddinning mozorini obod qilishni o`z burchlari deb bilganlar. Buxoroning so`nggi amiri Sayyid Olimxon Naqshband maqbarasi atrofida bir qator binolar qurdirgan edi. Ammo sho`rolar davrida bu me`moriy obidalar tashlandiq ahvolga tushib qoldi. Boz ustiga u yerga kelganlar ta`qib ostiga olindi.
Xullas, ular boshqa buyuk bobolarimiz kabi Naqshbandni ham tariximiz sahifasidangina emas, qalbimizdan ham o`chirib yuborishga urindilar. Naqshbandiyning muridlari juda ko`p bo`lib, ulardan eng mashhurlari Xoja Alouddin Attor va Xoja Muhammad Porsolardir. “Qomus al-al`om”da zikr qilinishicha, Bahouddin Naqshbandning va`z va pandu nasihatlariga oid “Hayotnoma” nomli bitta manzumasi (she`riy asari) va “Dalil al-oshiqin” nomli tasavvufga oid yana bir kitobi bo`lgan, biroq ular bizgacha yetib kelmagan.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, Naqshband ozga qanoat qilish, o`z xohishi bilan kambag`al hayot kechirish, dabdabali hayotdan voz kechishni targ`ib qilgan. U kundalik tirikchiligi uchun bir parcha nonni o`z mehnati bilan ishlab topgan, eski bo`yra ustida, darz ko`zadan suv ichib hayot kechirgan. U so`fiy uchun xizmatkor va qullar ushlashni gunoh deb bilgan. Bahouddin Naqshband o`limidan keyingina mashhur mo`jizakor avliyo, Alloh huzurida uning bandalarining vositachisi, oddiy raiyyat (fuqaro) himoyachisi sifatida shuhrat qozonib, tan olina boshladi. Unga ixlos qo`yish boshga tushgan har qanday sabablar jabr-zulmlaridan xalos bo`lish uchun undan madad so`rash qoidalari faqat uning Vatani O`rta Osiyodagina emas, balki qo`shni islom mamlakatlarida ham keng yoyilgan. Bu qoidalarga faqat oddiy xalq emas, balki hukmdor shox-amirlar, olimlar va shoirlar ham amal qila boshladilar. Qo`l berib, uning murshidi bo`ldilar.
Buyuk shoirlar – Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham Naqshbandiya tariqatiga amal qilganlar, uning tasavvufiy yo`lini tutganlar va o`z asarlarida targ`ibot qilganlar. Buyuk o`zbek shoiri Boborahim Mashrab (1640-1711) Naqshbandiya tariqati yo`lidan borib, Ofoq Xoja qo`lida ta`lim olib, haqqa yetishda va tasavvufning yirik vakili sifatida o`z g`azallari va “Mabdainur” asarida bu haq yo`lni poklik, halollik va Allohga yetishishning yagona vositasidir, deb tavsiflaydi. Umrining oxirigacha Naqshbandiya tariqati yo`lidan ketdi.
Bahouddin tariqatini davom ettirgan va rivojlantirgan, tasavvufning yirik namoyandalaridan biri xalq orasida juda katta obro` qozongan shayx, Qoshg`arda yashagan avliyo Ofoq Xoja edi. 1544 yili shayboniy xon Abdulaziz (1540-1549) maqbara qurdirdi va bu joy muqaddas ziyoratgohga aylandi. Hatto, xalq orasida uning qabrini uch marta ziyorat qilish Makka va Madinaga Haj qilish bilan barobardir, degan shariatga zid aqida ham hukm surdi.
Bahouddin buxorolik ulug` tasavvuf namoyondasi, vatandoshi Abdulxoliq G`ijduvoniy asos solgan Xojagon tariqati yo`lidan bordi va shu yo`ldan borgan jamoaga rahnamolik qilish bilan birga o`zining Naqshbandiya tariqatining tashkiliy asosini qurdi. Bu tasavvufiy tariqat uni xalifa vorislari tomonidan to`liq shakllantirildi. Bahouddin Abdulxoliq G`ijduvoniyning an`ana va g`oyalarini qayta tiklab, takomillashtirdi va davom ettirdi. Bu bilan u O`rta Osiyo tasavvufining ikki yirik namoyondasi – Ahmad Yassaviy va Abdulxoliq G`ijduvoniylar suluklari, qoida–qonun va usullarini o`z ta`limotida davom ettirdi.
Uning davridayoq O`rta Osiyoda nafaqat shaharlar aholisi, oddiy hunarmand – kosiblar, savdo ahli orasida, balki ko`chmanchi turkiy qabilalar orasida ham bu ta`limot keng quloch yoydi, mustahkam asosga ega bo`lgan sunniy islom yanada keng tarqaldi. Shu yo`sinda uning nomi bilan atalgan Naqshbandiya tariqati shakllandi.
Naqshbandiya tariqati qat`iy sunniylikka asoslangan bo`lib, ma`naviy silsilasi bir tomondan Abu Bakr Siddiqqa (527-634), ikkinchi tomondan Ali ibn Abu Tolibga olib boradigan 12 ta tariqatning biridir. Tariqatning bu silsilasi “silsila al-zahab” (oltin silsila) deb atalib, tariqatni ma`naviy tomondan Abu Bakr, jismoniy tomondan Ali ibn Abu Tolib orqali payg`ambar alayhissallom bilan bog`lanishini bildiradi. XV asrdan boshlab Naqshbandiya tariqati sekin-asta eng ko`p tarqalgan (al-Qodiriyadan keyin) ruhiy-ma`naviy tariqatga aylandi. U O`rta Osiyo va Xurosondan Qohira va Bosniyagacha, u yerdan Gansu va Sumatragacha hamda Shimoliy Kavkazdan Turkiya, Hindistonning janubiga va Arabistonning Hijoz viloyatigacha yetib boradi va juda katta hududda amaliyotga aylanadi.
Bahouddin Naqshband uch shiori
Vuqufi zamoniy.
Vuqufi adadiy
Vuqufi qalbiy
E’tiboringiz uchun Rahmat!
Download 264.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling