Sharq va g’arb falsafasida inson masalasi


Download 7.38 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi7.38 Kb.
#1780108
Bog'liq
Yunusova Z 2-mavzu

SHARQ VA G’ARB FALSAFASIDA INSON MASALASI

Reja: 1.Inson falsafiy muammo sifatida. 2. Garb falsafasi 3. Inson — falsafaning bosh mavzusi


1. Inson falsafiy muammo sifatida. Falsafa tarixida insonga murojaat etmagan, inson moddiy va ma'naviy borlig‘ining turli tomonlarini bevosita yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf yoki falsafiy yo‘nalishni topish deyarli mumkin emas.Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar katta olam yoki makrokosmga zid o‘laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot sifatida qarab, uni butun olamni tushunish kaliti deb hisoblaganlar. Faylasuflar inson sirining tagiga yetish borliq jumbog‘ining tagiga yetish bilan barobar ekanligini qayta-qayta anglab yetganlar.

Zero Forobiy aytganidek -”Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe'llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi”. O‘z-o‘zingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hyech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan.

Falsafa tarixida inson:

  • Falsafa tarixida inson:
  • «aqlli mavjudot»;«siyosiy hayvon»;
  • «tabiat gultoji»;
  • «hayotning boshi berk ko‘chasi»;
  • «hayotning soxta qadami»;
  • «mehnat qurollari yasovchi hayvon»;
  • «o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;
  • «ma'naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.

Sharq falsafasida inson. Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi. Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya'ni antropotsentrizm xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb e'lon qilinadi. Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band bo‘lgan Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan G‘arb falsafasidagidan o‘zgacha yondashuv xosdir.

G‘arb falsafasida inson. Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd etilgan yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan muayyan o‘rin egallab keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida qaraladi. Ammo dunyoga nisbatan kosmotsentrik yondashuv antik falsafa rivojlanishining ilk bosqichlariga ko‘proq xosdir. Dunyoning mazkur talqiniga muvofiq birinchi o‘ringa Suqrot davridayoq falsafaning diqqat markazidan o‘rin olgan inson haqida mulohaza yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi dunyo va kosmos muammolari chiqadi.

Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar.

  • Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar.
  • Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.

Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar tizimida muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy ta`limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi.

  • Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar tizimida muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy ta`limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi.
  • Suqrotning «O’zligingni bil» degan hikmatli so’zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug` mutasavvuf Abdulholiq g`ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita dahldordir. Umuman olganda, insonga dahldor bo’lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og`irini engil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma`noda, inson, avvallo, o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.

Adabiyotlar:

  • Adabiyotlar:
  • 1. Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi filosofskogo znaniY. – M., 2003. 784
  • 2. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005
  • 3. Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007
  • 4. G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.

Download 7.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling