Shartnoma ma’lumot-axborot hujjatlariga


Download 17.69 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1620373
  1   2   3   4
Bog'liq
12~4


12- amaliy mashgʻulot. Ma’lumot-axborot hujjatlari.

SHARTNOMA




Ma’lumot-axborot hujjatlariga ma’lumot, axborot beruvchi ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot tarzidagi hujjatlar kiradi.
Ma’lum boʻlayaptiki, ma’muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak kim tomonidan yozilganligi, ya’ni tegishlilik nuqtai nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega.
Quyida litsey va kollej bitiruvchilari ish faoliyati doirasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan eng zarur hujjatlarning rasmiylashtirilish tartibi toʻgʻrisida ma’lumot beramiz.
Ariza muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ish yuritishda faol qoʻllanadigan rasmiy hujjat ham arizadir.
Arizalar mazmuni, uslubi, hajmiga koʻra turlicha boʻladi. Chunki oʻquvchi yoki talabaning turli masalalar yuzasidan ta’lim muassasasi rahbariga yozadigan arizalaridan tortib ishchi-xizmatchining, fuqarolarning korxona boshligʻi, hokimlargacha yozadigan arizalari mazmun jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bundan qat’iy nazar, har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim:
1. Ariza taqdim etiladigan muassasa, tashkilot, xoʻjalikning nomi yoki rahbar xodimning unvoni, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi.
2. Ariza beruvchining vazifasi, unvoni, ismi, ota ismi va familiyasi (zarur oʻrinda ariza beruvchining turar joyi koʻrsatilishi mumkin).
3. Hujjatning nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (zarur boʻlganda).
6. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun, oy) qogʻozning chap tomonida yoziladi.
7. Ariza yozuvchining imzosi.
8. Ariza yozuvchining ismi va ota ismining bosh harflari qayd etilib, familiyasi toʻliq keltiriladi.
9. Odatda, ariza bir nusxada va ruchka bilan yoziladi.
Arizalar mazmuni turlicha boʻlishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan boʻladi.
TARJIMAI HOL. Ma’lum bir shaxs tomonidan oʻz hayoti va faoliyatini aks ettirib yozilgan bayonnoma. Unda dastlab Tarjimai hol deb yoziladi, keyin muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi toʻliq koʻrsatiladi, tugʻilgan yili, kuni, oyi va joyi ham aniq yoziladi. Ota-onalar haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Shundan soʻng qayerlarda, nima ishlar qilinganligi toʻgʻrisida batafsil, yilma-yil yoziladi, oilaviy ahvoli va turar joyi haqida ma’lumot beriladi. Oxirida yozilgan sana koʻrsatilib, imzo chekiladi.



Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling