Shartnoma predmeti


Download 14.07 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi14.07 Kb.
#1132482
Bog'liq
SHARTNOMA PREDMETI


SHARTNOMA PREDMETI
1.1.Sotuvchi o‘ziga tegishli tovarni sotib oluvchiga mulk qilib topshirish, sotib oluvchi esa ushbu tovarni qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi. Tovar haqida maʼlumotlar: Yuqoridagi jadvalida ko‘rsatilgan.
TOʻLOV SHARTLARI
2.1. Ushbu shartnoma boʻyicha toʻlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Shartnoma ikki tomon oʻrtasida imzolanganidan so‘ng oldindan toʻlov qilish muddati 10 bank kuni ichida sotuvchiga oldindan 100 % miqdorida pul toʻlaydi.

2.2. Toʻlov shakli: Pul sotuvchining hisob raqamiga oʻtkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
3.5.Sotib oluvchining majburiyatlari:

3.6.Maxsulotni 5 kunlik muddatda kuzdan kechirish. Maxsulotning mazkur shartnoma talablariga mos kelmasligi aniqlangan taqdirda, Sotib oluvchi shu muddatda Sotuvchiga aniqlangan nomuvofiqliklar haqida maʼlumotlarni aks ettiruvchi xabarnoma (reklamatsiya) yuboradi.

3.7.Sotuvchi sifati lozim darajada boʻlmagan tovarlar yuborilganligi haqida xabarnomani olgan paytdan boshlab Maxsulotni almashtirish uchun muddat 20 kun ichida sifati lozim darajada boʻlmagan tovarni sifatlisiga almashtirish.
TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1.Maxsulotni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, toʻliq yetkazib berilmagan hollarda, maxsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining maxsulot yetkazilmagan taqdirda toʻlanadigan penya miqdori 0.5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan maxsulot bahosining Toʻlanadigan penyaning maksimal miqdori 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni maxsulotni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, toʻliq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.

4.2.Agar yetkazib berilgan maxsulotlar sifati, assortimenti va navi boʻyicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonun hujjatlarida yoki xoʻjalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi maxsulotlarni qabul qilish hamda ularning haqini toʻlashni rad etib, yetkazib beruvchidan sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan maxsulotlar qiymatining Yetkazilgan maxsulotning sifati yomon boʻlganda undiriladigan jarima miqdori 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar haqi toʻlab qo‘yilgan bo‘lsa, toʻlangan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga xaqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan maxsulotlar yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan akseptsiz tartibda undirib olinadi.

4.3.Yetkazib berilgan maxsulotlar haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining Oʻz vaqtida amalga oshirilmagan toʻlov uchun toʻlanadigan penya 0.01 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.

4.4.Taraflarning javobgarlik xolatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi” Qonuni boʻyicha amalga oshiriladi.


SHARTNOMANI UZGARTIRISH VA BEKOR KILISH TARTIBI
5.1.Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma ravishda rasmiylashtirilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

5.2.Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga taraflarning kelishuviga muvofiq yoki Oʻzbekiston Respublikasini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, yetkazilgan zarar qoplangan holda yo‘l qo‘yiladi.


NIZOLARNI XAL KILISH TARTIBI
6.1.Ushbu shartnoma boʻyicha yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan barcha nizolar yozma talabnoma bildirish tartibiga rioya qilingan holda hal etiladi.

6.2.Bildirgan talabnomasiga qonunda belgilangan bir oylik muddat ichida javob olmagan yoki talablari qanoatlantirilmagan taqdirda, huquqi buzilgan deb hisoblovchi taraf nizoni hal qilish uchun daʼvo arizasi bilan javobgar joylashgan xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqli.


BOSHQA SHARTLAR
7.1. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega deb hisoblanadi va taraflarga bir nusxadan beriladi.

7.2. Shartnomaning amal qilish muddati 20__ yil _____________ dan 20__ yil _________________ ga qadar.



7.3. Qo‘shimcha shartlar: ________________________________________________________________________
Download 14.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling