Shaxsga yóNÁltirilgan innovacion tálim


Download 25.49 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi25.49 Kb.
#1636825
Bog'liq
SHAXSGA YÓNÁLTIRILGAN INNOVACION TÁLIM


SHAXSGA YÓNÁLTIRILGAN INNOVACION TÁLIM.
Uzaqbaeva Roza.
(Ajiniyoz nomidagi NDPI “Pedagogika nazariyasi va tarixi”
2-kurs magistranti)
Óqitishning zamonaviy texnologiyalarini qóllash, óqitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Endi shaxsga yónaltirilgan texnologiyalarning nima uchun bugungi kunda dolzarb bólib borayotganligi, nima uchun mazkur texnologiyalar tálimning hozirgi kuni, kelajagi bólib qolganligi hamda ularning mohiyati haqida qisqacha tóxtalamiz.
Mazkur óqitish texnologiyasida pedagogikaning óquvchiga munosabati avtoritar xarakterga ega, yáni tálim jarayonida u yagona subyekt sifatida namoyon bóladi, óquvchilar esa faqatgina obyekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda avtoritar óqitish texnologiyasida óquvchining tashabbusi va mustaqilligi deyarli yóqoladi, óqitish majburiy yósinda amalga oshiriladi. Hanuzgacha jahonda eng kóp tarqalgan óqitishning sinf-dars tizimida mashǵulotlari asosiy birligi dars bólib, u bitta fanining bitta mavzusiga baǵishlanadi va óqituvchi tomonidan boshqariladi.[1]
Texnologiya asosan óquvchilarda bilim, kónikmalarni shakllantiradi, ular shaxsini rivojlantirishni kózda tutmaydi. Óz-ózidan kórinadiki, an’anaviy óqitish texnologiyasi óz tabiatiga kóra tálim muassasalari oldiga jamiyatimiz tomonidan qóyilgan talablarga butunlay javob bermaydi. Bundan farqli ólaroq shaxsga yónaltirilgan texnologiyalarda óquvchi tálimning milliy modeli mohiyatiga kóra pedagogik jarayon markaziga qóyiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini róyobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi. Tálimning milliy modelini – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz tálim, fan, ishlab chiqarishdan iborat 5 ta tarkibiy qismida «shaxs» asosiy tarkibiy qism – birinchi órinda turadi. Boshqacha aytganda, butun tálim tizimi, shu jumladan óqitish óquvchi shaxsiga yónartirilgan bólishi lozim. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda óquvchilarning óquv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda tálim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qóllash borasida katta tajriba tóplangan. [2]
Shulardan biri hamkorlikda óqitish texnologiyasidan foydalangan holda darslarni loyihalashtirish. Hamkorlikda óqitish har bir óquvchini kundalik qizǵin aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga órgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir óquvchida shaxsiy qadr qimmat tuyǵusini vujudga keltirish, óz kuchi va qobiliyatiga bólgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni kózda tutadi.
Hamkorlikda óqitish texnologiyasi har bir óquvchining tahlil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, óquv topshiriqlarini tóliq va sifatli bajarishga óquv materialini puxta ózlashtirishga, órtoqlariga hamkor bólib, ózaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi.[3]
Shaxsga yónaltirilgan innovatsion tálim - óquvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda tálim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini qarab chiqamiz:
1. Har bir óquvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish.
2. Tálimning shunday muhitini yaratish kerakki, unda óquvchi ózini shaxs deb sezsin, unga bólgan e’tiborni tuysin.
3. Bolaga tazyiq ótkazmaslik hamda uning kamchiligini bórttirmaslik; bilimlarni ózlashtirmasligi, ózini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish;
4. Tálimda “muvaffaqiyat muhiti”ni tashkil etish, bolaga óqishda muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning óz kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. Óquvchiga atrofdagilarning har biri ózi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish.
5. Óquvchining hurmati va ishonchini qozonish, óziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash. Kasb-hunar kollejining óquvchi shaxsiga yónaltirilgan tálimni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq-muloqotchanlik), ijitmoiy-hissiy va jismoniy rivojlanishiga sharoit yaratilishini táminlash juda muhimdir. [4]
«Paradokslar» darsi óquvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida órganilayotgan mavzuni har turli «paradokslarga» boǵlab bayon qilish hamda tegishli tahlillar ótkazish asosida tóǵri xulosalarni aniqlash darsi. Seminar darsi yangi dars mavzusiga doir savollar bóyicha óquvchilarga oldindan berilgan topshiriqlarni bajarish natijalari tóǵrisida málumotlarni tinglash orqali guruhdagi barcha óquvchilar darsni ózlashtirishlari va bilimlarini mustahkamlashni táminlash darsi. Ekskursiya darsi óquvchilarni turli ob‟ektlar: muzey, ziyoratgoh, korxona, ustaxona, tabiat, ilmiy muassasa va boshqalar bilan tanishtirish orqali ularning bilimlarini hayot bilan boǵlash va kasbga yónaltirish ishlarini amalga oshirib borish táminlanadi.
Adabiyotlar róyxati:

  1. Tolipov O. Usmonboyeva M. “Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari”. T. Fan. 2006.

  2. Zagvyazinskiy V.I. Órganish nazariyasi: zamonaviy talqin. - M: Akademiya, 2001. - 192 b.

  3. Pólat E.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. Óqituvchilar uchun qóllanma - M, 1997. - 258 b.

  4. Slastenin V. A. Pedagogika. Innovatsion faoliyat. M. Master nashriyoti - 2005. - 410 b.

Download 25.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling