Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish. Reja
Download 28.09 Kb.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donishmandlik
Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish. REJA: Aqliy tarbiya haqida tushuncha. Aqliy tarbiya vazifalari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish metodlari. Tayanch so’z va tushunchalar. Aql, aqiliy tarbiya, donishmandlik, zukkolik, aqliy tajriba, aqliy yetuklik, aqliy faoliyat, aqliy mehnat. Aql - keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish Jarayonlari yig’indisidir. Aqliy tarbiya — bu aqlni rivojiantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvotlq pedagogik ta'sir koTsatish. U yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, malaka va ko’nikmalarda, qoidalarda o’z ifodasini topgan ijtimoiy-tari.xiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro’y beradi. Bu ta'sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojianishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o’z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojianishi, bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo’ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o’z ifodasini topadi. Aqliy faoliyat diqqatning bar doir ma lum maqsadga qaratilgan bo’lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi etuk, o’tkir zehnii. zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik - bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u bar kimga bam nasib etavermaydi. SHuning uchun bo’Isa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo’lmas»^ - deyiladi. Insoniyat paydo bo’lgandan beri odamlar orasida etishib chiqqan barcha olimu fozillar, shoiru-yozuvchilarning barchasi mukammal ilm egallash orqali o’z davrining e'tiborli kishilari darajasiga ko’tarilganlar. Abu Raybon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Ali Ibn Sino, Mabmud Qosbg’ariy. Alisber Navoiy, Abdulla Avioniy va bosbqalar, g’arb olimlaridan YAn Amos Komenskiy, K.D.Usbinskiy, J.J.Russo va bosbqalar mukammal ilm egallasb osqali fanning barcba sohalarida buyuk kasbfiyotlar yaratganlar. , Tarixan ta'Iim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida sbakllanib borisb barobarida, ta'Iim-tarbiya yakunida tarbiyalanuvcbining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar bam aniqianib bordi. Xitoyning Samarqanddagi eichisi Vey Tszining bisobotlarida: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savod o’rgata boshiaydilar», - deb qayd qilingan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da bam ta'Iim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya bayotning eng mubim tirgagi. tayanchi bo’lib bisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u awalo yaxshi o’qishni keyin esa yozishni o’rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilish siri deyilgan. Farobiy ta'Iim-tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim- tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berisb zarurligi, ta'Iim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar sbabri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Aql ma'nolari to’g’risida», «Ilmlarning kelib cbiqisbi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan. Farobiy ta'limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni etishtirishdan iborat deb biladi. Beruniyning bilimlarni egallasb yo’llari haqidagi fikriari bozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O’quvchilarga bilim berishda ularni zeriktirmaslik; uzviyiik, izchillik, yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko’rgazmali bayon etisb va hokazolarga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o'zi sezishi mumkin bo’lmagan holatlardan. behuda raqobatdan. shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayldi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular etuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarur deb biladi. U ta'limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik. ta'limda engildan og’iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqiar bolaning yoshiga mos bo’lishi, o’qitishda jamoa boMib o’qitishga e'tibor berish, la'lim berishda bolani qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqiar bilan birga olib borish. Abu AM Ibn Sino aqining rivojianish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushoxada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O’zlashtirilgan bilim, tikriarni idrok etish bilan erishiladi. SHunda u haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 boskichga bo’lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin xali harflarni ham, yozishni ham bilmaydigan bolalarni nazarda tutgan. Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o’rgjinayotgan bolalarning aqli tasavvur kilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql sh'akllarini va ularga muvoilq hissiy obrazlarni egallagan bo’ladi. Ibn Sino aql deganda insoning tug’ma iste'dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikriash qobiliyatini tushunadi. Download 28.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling