Shaxsiy kompyuterdagi bloklar bajaradigan ishlar izchilligi Mikroprotsessorning xotira qurilmasi Mikroprotsessorning interfeys qismi


Download 24.28 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi24.28 Kb.
#1550581
  1   2   3
Bog'liq
4-ma\'ruza (1)


4-MA’RUZA: Registrlar, Xotira va uning ishlash imkoniyatlari.
REJA:

  1. Shaxsiy kompyuterdagi bloklar bajaradigan ishlar izchilligi

  2. Mikroprotsessorning xotira qurilmasi

  3. Mikroprotsessorning interfeys qismi

Tayanch so’z va iboralar: kompyuter arxitekturasi, CPU, DOS, Command.com, akkumlyator, registrli akkumlyator, boshqaruv qurilmasi, arifmetik – mantiqiy qurilma, kesh xotira, registr, interfeys.
1. Shaxsiy kompyuterdagi bloklar bajaradigan ishlar izchilligi
Dastur ShKning tashqi xotirasida saqlanadi. Dasturni ishga tushirayotgan foydalanuvchi kompyuterning diskdagi operatsion tizimiga (ingl. DOS – Disc Operation System) ushbu dasturning ijrosiga oid so’roq yo’llaydi. Foydalanuvchining so’rog’i – display ekranidagi komanda berish satriga ishga tushiriladigan muayyan dasturning nomini kiritishdir. Bosh dastur (DOS-Command.com) tashqi xotiradagi ayni fursatda bajarilayotgan dasturni uning boshlanish qismi (birinchi komanda) saqlanayotgan XTSQga mashina tomonidan qayta yozilishini ta’minlaydi.
Shundan so’ng avtomatik ravishda dastur komandalarining ketma- ket ijrosi boshlanadi. Har bir dastur o’z ijrosi uchun mashina ishining bir nechta taktini talab qiladi (ushbu taktlar taktli impulslar generatoridan kelayotgan impulslar davri bilan belgilanadi). Har qanday komanda ijrosining birinchi taktida XTSQdagi hisoblagich-registrga o’rnatilgan manzil boyicha ushbu komanda kodi solishtirib chiqarilishi va bu kodning boshqaruv qurilmasidagi komandalar registrlari uchun mo’ljallangan blok ichiga yozilishi roy beradi. Ikkinchi va keyingi taktlar ijrosining mazmuni komandalar registrlari uchun mo’ljallangan blok ichiga yozilgan komanda tahlilining natijalari bilan belgilanadi, ya’ni endi ma’lum bir komandaga bog’liq bo’ladi.
Misol tariqasida keltirilayotgan komanda ijrosi davomida quyidagi amallar bajariladi:
SL 0103 5102
ikkinchi takt: XTSQning 0103 uyasidan birinchi qo’shiluvchi solishtirib chiqariladi va u AMQga
ko’chirib o’tkaziladi; uchinchi takt: XTSQning 5102 uyasidan ikkinchi qo’shiluvchi solishtirib chiqariladi va u AMQga
ko’chirib o’tkaziladi; to’rtinchi takt: AMQda, ushbu qurilmaga uzatilgan sonlar qo’shilishi va yig’indining shakllanishi
roy beradi; beshinchi takt: AMQdan sonlar yig’indisining solishtirib chiqarilishi va 0103 uyasiga yozilishi roy
beradi.
Eng so’nggi (yuqorida keltirilgan misolda beshinchi) takt nihoyasida MPX komandalari manzilining hisoblagich-registri ichiga dasturning bajarilgan komandasiga taalluqli kod tomonidan band qilingan baytlar miqdoriga teng son yoziladi. Modomiki XTSQdagi bitta xotira uyasining hajmi 1 baytga teng va dastur komandalari XTSQda ketma-ket joylashgan ekan komandalar manzilining hisoblagichregistri ichida mashina dasturiga taalluqli navbatdagi komandaning manzili shakllanadi va mashina ushbu komanda ijrosiga kirishadi va h. k. Dastur ijrosi yakuniga etmas ekan jamiki komandalar shu tariqa ketmaket bajarilib boraveradi. Dastur ijrosi nihoyasiga etgach, boshqaruv yana qaytadan Command.com operatsion tizimining dasturiga o’tadi.

Download 24.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling