Shaxsiy konstitutsiya


Download 14.37 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.37 Kb.
#1551854
Bog'liq
Shaxsiy konstitutsiya


SHAXSIY KONSTITUTSIYA

  1. Sog‘lik uchun kuniga 1soat vaqt ajratish.

  2. Ovqatlanish ratsioniga hamisha amal qilish(ertalab ozroq abetda o‘rtacha kechasi ozroq)

  3. Ota – onam bilan vaqt o‘tkazishga kuniga kamida 1soat vaqt ajratish.

  4. Kitob mutolasi.

  5. Xorijiy tillarni o‘rganish.

  6. Ishlash.

  7. G‘iybat qilib yoki mantiqsiz suhbatlar bilan vaqt yo‘qotmaslik.

  8. Kun tartibini tizmli va o‘zgaruvchan tartibda tuzib borish va to‘liq unga amal qilish.

  9. Muhtojlarga yordam berish rejimlarini ishlab chiqib, berilgan yordamni hech kimga jumladan muhtojga ham bildirmaslikni taminlash.

  10. Birovni yurish turishini, qilgan ishini yoki hatosini tahlil qilish va bu hatolarni boshqa birovlarga yetkazish qat’iyan TAQIQLANADI.

  11. Yaqin-birodarlardan, qo‘ni-qo‘shnilardan, qarindosh-urug‘lardan muntazam ravishda hol-ahvol so‘rab turish, yordam keragida manfaatsiz ravishda qo‘ldan kelgancha yordam berish.

  12. Hammaga birdek muomala qilish. Hamma bilan mansabi va lavozimidan qat’iy nazar hushmomila va ochiqko‘ngillik bilan aloqa qilish.

  13. Maddohlik qilish qat’iyan TAQIQLANADI. Vaziyatga qarab o‘zgarish(hameleon)lik yigit kishining obro‘yini to‘kishini tushungan holda har ishni o‘ylab qilish.

  14. Gapiriladigan har bir gapni o‘ylab gapirish. Har kimga yaxshi ko‘rinish, kayfiyatini ko‘tarish uchun har xil nomaqbul gaplarni so‘zlash qatiyan man qilinadi.

  15. Ijtimoiy tarmoqlarga chiqishda bir maqsad bilan chiqish va ko‘p qolib ketmaslik

  16. Kuniga 5,6 soatdan kop uxlamaslik.

  17. Kirim-chiqimni 100% to‘liq hisob kitobini qilib borish va statistika bilan ishlash.

  18. Har kunni




  1. SOG‘LOM HAYOT BOBI.

    1. Sog‘lom ovqatlanish ratsioniga hamisha amal qilish;

    2. Toza kiyinish, gigena qoidalariga rioya qilish;

    3. Sog‘lik uchun muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib turish;

  2. OILA BOBI.

    1. Oilam bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish;

    2. Ota-onam aytganlariga so‘zsiz amal qilish;

    3. Ayolimni hamisha diqqat markazimda qo‘yish. Tushunmaganiga yordam berib, tejab-tergab turish;

  3. JAMIYAT BOBI.

    1. Atrof muhitdagi odamlar bilan yaqindan aloqalarni yo‘ga qo‘yish;

    2. O‘z manfaatinim uchun birovlardan foydalanmaslik;

    3. Bemani odamlar bilan kamroq muloqotda bo‘lish;

    4. Manfaatsiz suhbatlardan, o‘tirishlardan, tadbirlardan imkon qadar uzoqroq bo‘lish;

    5. Ma’nan eskirgan urf-odatlar shuningdek, insonlarni tubsiz jarlikka yo‘naltiradigan rasm-rusmlardan uzqoda bo‘lish. Hamisha odamlarga bu urf-odatlarni salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumotlar berib boorish;

    6. Qo‘shnilar bilan yaqin aloqalarni, silayi rahmni yo‘lga qo‘yish va uzluksiz davom ettirish;

    7. Odamlarni jamiyatdagi mavqeyiga qarab muomala qilish mumkin emas;

  4. ILM O‘RGANISH BOBI.

    1. Hamisha uzluksiz tarzda kitob mutolaa qilish;

    2. Til o‘rganishni osonlashtirish uchun turli audio va video materiallaridan foydlanish;

    3. O‘rganmoqchi bo‘lgan narsalar yuzasidan bosqichma-bosqich rejalar tuzib, hisobotlarni qayd qilib borish;

    4. Olingan ilmni yordam kerak bo‘lgan insonlarga o‘rgatish;

  5. ISH BOBI

    1. Hamisha qayerga ishga kirishdan qat’iy nazar birinchi yuklatilgan vazifani bilish va shular asosida ishni tashkil qilish;

    2. Buyrilmagan ishni va birov qilishi kerak bo‘lgan ishni qilib asosiy ishni unutib qo‘ymaslik;

    3. Agar yuklatilgan vazifa belgilangan vaqtdan oldin bajarilsa kitob mutola qilish va o‘z ustida ishlash;

    4. Ishga kirishdan oldin obdon belgilangan vazifalarni hamda ish muhitini o‘rganib chiqish. Ishga kirgandan keyin ishni qiyinligi, muhitni yomonligi yoki oylikni kamligidan nolish TAQIQLANADI;

    5. Qo‘ldan kelgancha hamkasblarga yordam berish;

    6. Ziqna va vaysaqi hamkasblarga qo‘shilib birovlar, yoki ishning og‘irligidan nolish TAQIQLANADI.

  6. TAQIQLANGAN ISHLAR BOBI

    1. Nosog‘lom turmush tarzi(ichkilikbozlik, kashandalik, haddan ortiq ovqatlanish, kam harakatlilik) TAQIQLANADI;

    2. Ish beruvchini norozi qilish yo buyrulgan ishni chin ko‘ngildan qilmaslik TAQIQLANADI;

    3. G‘iybat qilish TAQIQLANADI;

    4. Vaqtni behudaga sovurish. Bemani befoyda tadbirlar yo bemani befoyda uchrashuvlar bilan vaqt o‘tkazish. Befoyda insonlar bilan vaqt sarflash TAQIQLANADI;

    5. Ilm olishni turli bahonalar bilan(ishdan charchash, vaqt kamligi, kasallik va h.k) to‘xtatish TAQIQLANADI;

    6. Atrof-muhitga e’tiborsiz bo‘lish, uni har xil chiqindi va kimyoviy moddalar bilan ifloslash TAQIQLANADI;

Download 14.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling