Shunday usulning mazmuni quduq filtri va perforatsiyalangan ekspluatatsiya


Download 212.22 Kb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi212.22 Kb.
#1184788
  1   2   3
Bog'liq
Qudular filtrlari

Qudular filtrlari

Shunday usulning mazmuni quduq filtri va perforatsiyalangan ekspluatatsiya qilish kolonnasi yoki quduq devorining oralig’idagi bo’shliqni quduq ustidan teskari sirkulyatsiya usuli bilan quvur orti bo’shlig’i orqali graviy tashuvchi- suyuqlik bilan haydaladigan graviyli aralashma bilan to’ldirishdan iborat. Bu usulning variantlaridan biri – graviy aralashmasi quduqqa to’sma orqali yo’naltiriladi.
Graviy tashuvchi-suyuqlik filtr-karkas teshigidan o’tadi va burg’ilash kolonnasi yoki nasos-kompressor quvurlari orqali quduq ustiga ko’tariladi.
Graviyli filtrlarni o’rnatishning texnologik jarayoniga quyidagi talablar qo’yiladi.
Berilgan oraliqda o’rnatilgan graviyli filtr quduqdan foydalanish rejimining rejalashtirilgan parametrlarini ta‘minlashi kerak. Filtr-karkas atrofida graviyning tekis yoyilishiga uning tekis o’rnatilishi, markazlagich bilan ta‘minlanadigan quduqdagi kolonnaning filtrli jamlanmasi tasir ko’rsatadi.
Mahsuldor qatlam qarshisida o’rnatiladigan graviyli filtrning qalinligi quyidagicha bo’lishi kerak:
-60 – 100 mm mustahkamlanmagan quduqda (quduq devori va filtr orasida);
-25–30 mm.dan kam bo’lmagan mustahkamlanmagan quduqda (perforatsiyalangan ekspluatatsiya qilish va nasos-kompressor kolonnasi orasida).
Quduq filtri teshiklarining diametri graviy zarralarining eng kichik diametrining 0,9 dan ortiq bo’lmasligi kerak.
Quduqqa tushiriladigan jihoz jamlanmasi (2.10-rasm) quyidagi elementlarni albatta o’z ichiga olishi kerak: burg’ilash yoki nasos-kompressor quvurlari; sirkulyatsiya qilish mufta bilan chap rezbali o’zgartma (nazorat filtri); filtr ustidagi quvur; yuvuvchi quvurli quduq filtri; boshmoq bilan klapanlar tizimi.
Quduq jihozlari elementlarining vazifalari:
-quduq filtri (foltr-karkas) graviy massasi uchun ichki ekran hisoblanadi va u 2.11, 2.12 va 2.13 - rasmlarda keltirilgan konstruksiyalardan biriga ega bo’lishi mumkin;
-filtr usti quvuri filtr ishi ishonchliligini oshirish maqsadida graviy aralashmasi zahirasini hosil qilish uchun mo’ljallangan.
Filtr usti quvuri va quduq devori yoki ekspluatatsiya qilish kolonnasi orasidagi oraliq 20 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Quvur uzunligi-kolonnaning (kollektor-qatlamning) perforatsiyalangan qismining 2/3 uzunligiga teng, ammo u filtr-karkas yuqori teshigi ustida 0,5 m dan kam emas;
-chap rezbali sirkulyatsiya muftasi quduqqa yuvuvchi quvurchali filtrni burg’ilash quvurida (NKQ) tushirish, shuningdek uning yuvuvchi teshigi orqali ortiqcha yuvilgan graviy aralashmasini yuvib chiqarish uchun xizmat qiladi.
Sement ko’prigi yoki tiqin-ko’prik boshmoqdan (mahsuldor qatlam yoki foydalanish quvurining perforatsiya oralig’idan) bir oz pastroqda o’rnatilishi kerak. Quduq ustini graviy aralashmasi bilan yuvishda u preventor yoki boshqa germetiklash qurilmasi bilan jihozlangan bo’ladi. Graviyli suyuqlik aralashmasini quduqga haydashda u bunker-aralashtirgich yoki U SP-50, 4PA va b. turdagi
qumaralashtirgich agregati yordamida tayyorlanadi.








Download 212.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling