Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги тошкент автомобил-йщллар институти
Download 296.41 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-LABORATORIYA MASHGULOTI USLUBIY KORSATMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Uslubiy va ko’rgazmali qurollar
1 1 – laboratoriya ishi Uch mushtchali patronga o’rnatilgan zagatovkani mahkamlashdagi xatoliklarni aniqlash. I. Ishning maqsadi: a) Uch mushtchali patron ning tuzilishiga ishlab chiqarish turining ta’sirini o’rganish. b) «Aylanuvchi tanalar» turkumidagi detallarga texnologik jarayon tuzishda talabalarda malaka va ko’nikmalar hosil qilish. 2. Uslubiy va ko’rgazmali qurollar: a) mazkur laboratoriya ishiga uslubiy ko’rgazmalar. b) detalning ish chizmasi. d) «Vallar», «Vtulkalar», «Tishli g’ildiraklar» guruhidagi detallar tayyorlash uchun tipiklashtirilgan texnologik jarayonlar. e) Turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar. Detalning eskizi (ko’rgazmali bo’lishi uchun ko’pchilik o’lchamlari ko’rsatilmagan). 1-rasm. Pog’anali valning eskizi 3. Ishi bajarish tartibi Bu ishni bajarish uchun har bir talaba alohida vazifa oladi - bitta detal uchun 2-3 xil variantda ishlov berish orqali texnologik jarayonlar tuzadi. (Vazifa qilib yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining variantlari berilishi mumkin). Berilgan detal o’rtacha murakkablikdagi «aylanuvchi tana» bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Topshiriqni olgandan keyin, talaba detal chizmasi va texnik talablarni o’rganishi kerak, detal eskizini chizib yoki chizmasini kalka qog’ozga ko’chirib ishlanuvchi sirtlarni I-rasmda ko’rsatilganidek sonli raqamlar bilan belgilab 2 chiqishi kerak. Diametri 6 8 mm doira ichiga joylashtirilgan ishlanuvchi sirtlar raqamli belgilarini eskizda, albatta ketma-ket tartibda soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha joylashtirishi maqsadga muvofiq bo’lib, chiqarilgan belgi chiziqlarining kesishishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Detalning tugallangan eskiziga o’qituvchi imzo qo’yadi. Bundan so’ng talaba yakka ishlab chiqarish sharoiti uchun texnologik marshrutning xomxki variantini tuzadi. Taklif etilgan variant o’qituvchi bilan birgalikda muhokama qilinadi va kerak bo’lsa, tuzatishlar kiritiladi. Xuddi shunga o’xshash katta miqdorda ishlab chiqarish sharoiti uchun ham texnologik yo’nalishning varianti ishlab chiqiladi. Taklif etilgan variantlarni o’qituvchi bilan tasdiqlab olgandan so’ng talaba hisobot tarzidagi qaydnomalarni to’latadi. Texnologik xaritalarni to’ldirishda quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish kerak: 1. Operatsiyalar rim raqamlarida, o’rnatuv, pozitsiyalar va o’tuvlar arab raqamlari bilan belgilanadi. 2. Har bir operatsiya sifat nomi bilan aniqlanadi (ot nomi bilan emas) masalan: frezalash, charxlash (lekin, frezerovka qilish shlifovka qilish, frezerovkalash, shlifovkalash tarzida emas). 3. O’tuvning mazmunini tavsiflash buyruq maylida ifodalanishi kerak. Masalan: teshik yo’nib kengaytirilsin, ko’ndalang sirt kesilsin (ammo teshik yo’nib kengaytiriladi. Кo’ndalang sirt kesiladi tarzida emas). 4. O’tuvni tavsiflash, ishlanuvchi sirtlarning raqamli belgilari va mazkur o’tuvdagi ushlanuvchi hamma o’lchamlarni o’z ichiga olishi kerak. Masalan: I sirtni yo’ning, =60 mm uzunlikda Ø 30-0,1 mm diametrni ushlang. O’tuvlarning tavsiflash misollarini Долматовский Г.A.ma’lumotnomasining 476-492 betlarida ko’rish mumkin. Ishning bajarilish tartibi 1. Detalning chizmasini o’rganing. 2. Detalning eskizini bajaring. 3. Detalni tayyorlash uchun chizmada zarur bo’lgan berilganlar mavjudligini tekshiring. 4. Ishlanuvchi sirtlarni raqamlar bilan belgilang. 5. Yakka ishlab chiqarish sharoiti uchun texnologik yo’nalish tuzing. 6. Taklif etilgan variantni o’qituvchi bilan muhokama qilib, tasdiqlab oling. 7. Seriyali ishlab chiqarish sharoiti uchun texnologik yo’nalishini tuzing. 8. Taklif etilgan variantni o’qituvchi bilan muhokama qilib, tasdiqlab oling. 9. Ommaviy ishlab chiqarish sharoiti uchun texnologik yo’nalishni tuzing. 10. Taklif etilgan variantni o’qituvchi bilan muhokama qilib, tasdiqlab oling. 11. Har bir ishlab chiqarishning texnologik xaritalari (hisobot hujjatlari) ni to’ldiring. 3 12. Ishlab chiqarish miqyosiga bog’liq holda texnologik jarayonning tuzilishini o’zgartirish to’g’risida xulosalar chiqaring. Download 296.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling