Simulink — dinamik sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish uchun interaktiv vositadir.
U grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi.
aSimulink MATLAB bilan to‘la integrallashgan.
Hozirgi vaqtda MATLABning yangi versiyasi
-MATLAB 6.5 (Release 13) va Simulink 5 keng ishlatilmoqda.
-MATLAB 6.5 dasturlarni tez bajarishni ta'minlovchi LT kompilyatorga ega.
-SHu sababli MATLAB 6.5 texnik hisoblashlar sohasida S dasturlash tilida kodlash bilan raqobatlashishi mumkin.
YAngi versiyaning diqqatga sazovor tomonlaridan biri m-fayllar mahsuldorligining (effektivligining) avvalgi versiyalardagiga nisbatan yuqoriligidir.
-Simulink 5 quyidagi yangi xususiyatlarga ega: O‘rni belgilangan (fiksatsiya qilingan) nuqta bilan hisoblashlarni amalga oshirish mumkin.
-Suzuvchi nuqta bilan hisoblashlardan fiksatsiya qilingan nuqta bilan hisoblashlarga yoki teskarisiga o‘tish yo‘li bilan modelni mukammallashtirish mumkin (bu holda Fixed-Point Blockset ni o‘rnatish zarur).
Look-Up Table Editor asbobi jadval bloklaridagi ma'lumotlarni qulay holda ko‘rib chiqish va tahrirlash imkoniyatini beradi.
-Tahrirlagichni chaqirish model oynasidagi Tools menyusidan amalga oshiriladi.
-Model Discretizer asbobi uzluksiz bloklarni diskret bloklarga tanlab almashtirish imkoniyatini beradi (Control System Toolbox, 5.2-versiyani o‘rnatish talab qilinadi).
-Diskretizator model oynasidagi Tools menyusidan chaqiriladi.
-Mukammallashtirilgan Diagnostic Viewer xatoliklarni diagnostika qilish vositasi xatolar to‘g‘risidagi axborotlarni konfiguratsiya qilish va ularga giperssilkalarni qo‘shish (kiritish ) imkoniyatini beradi.
-Maskalar tahrirlagichi Mask Editor dinamik dialog oynasini yaratish vositasiga ega.
-Mukammallashtirilgan Diagnostic Viewer xatoliklarni diagnostika qilish vositasi xatolar to‘g‘risidagi axborotlarni konfiguratsiya qilish va ularga giperssilkalarni qo‘shish (kiritish ) imkoniyatini beradi.
-Maskalar tahrirlagichi Mask Editor dinamik dialog oynasini yaratish vositasiga ega.
-Maskalar tahrirlagichining Parameters bo‘limidagi Callback paneli blok (osttizim) parametrlarining o‘zgarishini qayta ishlaydigan funksiyalarni kiritish imkoniyatini beradi.
S-fiinction Builder bloki yangi Data Properties bo‘limiga ega.
Uning yordamida portlardagi ma'lumotlarning turlarini, kirish va chiqish signallarining ko‘rinishini (haqiqiy yoki kompleks) berish, portlarning metka (belgi)larini aniqlash, signallarning birliklarini kiritish mumkin.
-YAngi Model Verification library bibliotekasi qo‘shilgan.
-Biblioteka hisoblash jarayonida modelni tekshirish bajaruvchi bloklarga ega.
-Hisobot yaratish asbobi Print details model va osttizimlarning sxemalari hamda bloklarning parametrlari va ularning qiymatlarini o‘z ichiga olgan HTMLhujjatlarni shakllantiradi.
Print details buyrug‘i File menyusiga kiritilgan.
-Ushbu bobda yuqorida keltirilgan kengaytmalar paketlarining tarkibi va ular bilan ishlash usullari keltirilgan.
E’tiboringiz uchun tashakkur!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |