Sinf : 5 Fan : Tarix Mavzu: Sohibqiron Amir Temur Maqsad: O’quvchilarning qalbida ajdodlarga hurmat ruhini shaklllantirish


Download 89.5 Kb.
bet1/2
Sana01.04.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1315286
  1   2
Bog'liq
Sohibqiron Amir Temur mavzusida dars ishlanma


Sinf : 5
Fan : Tarix
Mavzu: Sohibqiron Amir Temur
Maqsad:

O’quvchilarning qalbida ajdodlarga hurmat
ruhini shaklllantirish
O’quvchilarga Amir Temurning hayoti va harbiy yurishlari haqida ma’lumot berish.
O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;
tarix fanidan olgan bilimlarini
mustahkamlash.
















11TttTTTTTT1tzn1mma,z002E,
















1 221-yil


1231 yil

1999-yil














Yangi mavzu bayoni:
Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tug’ilgan. Uning to’liq ismi Amir Temur ibn amir Tarag’ay ibn Amir Barqul bo’lgan. Amir Temurningning otasi Amir Tarag’ay Bahodir Barlos urug’ining oqsoqollaridan bo’lgan. Onasi Takina Xotun o’z davrning yetuk ilm-ahli xonodondan birining qizi bo’lgan bo’lgan.Amir Temurning yoshligi Keshda o’tdi.Yetti yoshga to’lgach otasi maktabga berdi. Amir Temur yo’shlik cho’g’larudan uztozlar nazorat ostida chavondozlik, ovchilik, kamondan nishonga o’q uzish, harbiy o’yinlar bilan shug’illangan. U o’z davrini ilmlarini puxta egallagan. Otasini piri shayx Shamsiddin Kubrodan saboq oldi. Teran fikrli, yuksak fazilatli, ziyrak va dovyurak, bahodir bo’lib voyaga yetdi.
Amir Temur 17 yoshida otasining butun mulkini o’zi mustaqil boshqara boshladi. Amir Temur tug’ilgan davrda Vatanining hududi Chingizxonni o’g’li Chig’atoyga qarashli bo’gan mulklar tarkibiga kirar edi. Chig’atoyga qarashli hududlar Chig’atoy ulusi deb atalgan. XIV asrning o’rtalarida Chig’atoy ulusida hokimiyat uchun kurash nihoyatda kuchaygan. Natijada ulus parchalanib ketgan. Amir Temur ana shunday og’ir vaziyatda tarix sahnasiga chiqqan. U o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi lashkarlari bilan turli viloyatlar amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o’zaro kurashlarida qatnashib jasorat ko’rsatgan. Bu esa uning nomini Qashqadaryo vohasida mashhur qilib yuborgan. Kurashlarda toblanib borgan Amir Temur o’z oldiga Vatanini mo’g’ullardan ozod etishdek vazifani qo’ygan. 1370-yilning 9-aprel kuni Amir Temur Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilindi. Samarqand davlatning poytaxti etib belgilandi. Bu vaqtda u 34 yoshga to’lgan edi. Amir Temurga uning piri Sayid Baraka oily hokimiyat ramzi bo’lgan bayroq va katta nog’ora tutqazgan. Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni o’z ichiga olgan markazlashgan davlat barpo etdi. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik qaror topdi. Buyuk ipak yo’lini qayta tikladi. Biroq bu davrda Amir Temur davlatiga mo’g’ullar barpo etgan Oltin O’rda davlati xavf sola boshlagan. Bu orada 1365-yilda “Loy jangi”, 1395-yilda To’xtamishxon qo’shinlarini tor-mor etdi. Bundan tashqari, uch, besh, yeti yillik urushlar olib bordi. 1402-yilda “Anqara jangi” bo’lib o’tdi. Bunda Amir Temur Boyazid qo’shinlarini yengib, Yevropa davlatlarining xaloskoriga aylandi.
Amir Temur mamlakatning, xususan, poytaxt Samarqandning obodonchiligiga alohida e’tibor berdi va uni dunyoning go‘zal shahriga aylantirishga qaror qildi.U ulkan bunyodkorlik ishini Samarqandning mudofaa devorlarini tiklashdan boshlattirdi. Shaharga bu devorlarga o‘rnatilgan oltita darvoza orqali kiriladigan bo‘ldi. Samarqandga Zarafshon daryosidan suv keltirildi.Temuriylar davri me’morchiligining ajoyib namunasi Amir Temurning qarorgohi — Ko‘ksaroy shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan darajada hashamatli qilib qurildi. Amir Temur ayni paytda turmush o‘rtog‘i Bibixonim (Saroymulkxonim) nomi bilan ataluvchi Jome masjidi ham qurdirdi. Amir Temur 1403-yilda yosh vafot etgan suyukli nabirasi Muhammad Sulton uchun maqbara qurdirdi.1405-yilda Amir Temur vafot etgach uning o‘zi ham shu yerga dafn etildi va maqbara ”Go‘ri Amir maqbarasi” deb atala boshlandi. Bu maqbara dunyoda mashhur me’moriy inshootdir.Temuriylaming sulolaviy xilxonasiga aylandi. Keyinchalik, bu maqbaraga Amir Temurning o‘g‘illari Umar Shayx, Mironshoh va Shohrux, nabirasi Mirzo Ulug‘bek hamda Amir Temurning piri Sayyid Baraka sag‘analari ham qo‘yildi. Maqbara gumbaz bezaklarining jilosi har qanday kishini hayratga soladi. Amir Temur poytaxt Samarqand atrofida o‘ndan ortiq bir-biridan go‘zal bog‘-rog‘lar barpo ettirdi. Ularning eng mashhuri ”Bog’i Dilkusho”deb atalardi. 1404-yilda Samarqandga kelgan Ispaniya elchisi Gonzales de Klavixo o’zining esdaliklarida bu bog’da favvoradan suv otilib turganligini, bog’ga kiriladigan darvoza juda keng va u oltin hamda boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilganligini, shuningdek, ustiga taxtiravon o’rnatilgan oltita fil ham borligini yozib qoldirgan.Bir so‘z bilan aytganda, Amir Temur davrida Samarqandning dovrug’i tillarda doston bo’ldi. Amir Temur Movarouimahrning boshqa shaharlarida, jumladan, Shahrisabz shahrida ham ajoyib me’moriy obidalar bunyod ettirdi. Ulardan biri otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri ustiga qurdirgan maqbara edi. Turkiston shahrida buyuk mutafakkir Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan maqbara, Toshkent viloyatidagi Zangiota me’moriy majmuasi ham yuksak namunadagi me’moriy inshootlardir.
Sohibqiron amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O’zbekisyonda davlatchilikning yuksalishida muhim o’rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda ”Sohibi jahon” hamda ”Sohibi adl” – ”Adolat sohibi” nomlari bilan ulug’lanadi. 1996-yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Amir Temur haykali o’rnatildi. Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. ”Amir Temur ordeni” ta’sis etildi
”Amir Temurning asosiy tarixiy xizmati shundan iboratki, aynan uning hukmronligi davrida Yevropa va Osiyo qit’alari ilk bor o’zlarining geosiyosiy maydonda yashayotkanliklarini his etdilar. Bu, xususan, bugun juda muhim. Chunki insoniyat shuni tushundiki, biz hammamiz bir-birimizga chambarchas bog’liq, o’zaro aloqadorlikda yashar ekanmiz, demak, endi yangi va xavfsiz dunyo tartiboti o’rnatish uchun imkoniyat paydo bo’ldi” – deydi O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islim Karimov.























Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling