Sinf. 3-sinf 15- dars. Mavzu: madaniy o’simliklar. Mavzuning qisqacha ta’rifi


Download 1.16 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.16 Mb.
#218271
Bog'liq
3 madaniy osimliklar

16.12.2017 YIL. SINF. 3-SINF 15- DARS. MAVZU: MADANIY O’SIMLIKLAR. MAVZUNING QISQACHA TA’RIFI: GO’ZA, UNDAN OLINADIGAN MAHSULOTLAR, DONLI EKINLAR, ULARNING TURLARI. MAVZUGA OID TAYANCH SO’ZLAR: G’O’ZA, DONLI EKINLAR, BUG’DOY, SHO’LI, MAKKAJO’XORI, ARPA, SULI. DARS JARAYONIDA QO’LLANILADIGAN TEXNOLOGIYALAR: METOD: SUHBAT, SAVOL-JAVOB, RAG’BATLANTIRISH, TADQIQOT, AQLIY HUJUM. SHAKL: YANGI BILIM BERUVCHI. JIHOZ: DARSLIK, SLAYDLAR, YOPIQ TEST SAVOLLARI, MULTIMEDIYA ILOVASI. NAZORAT: O’QUVCHILAR FAOLLIGI DARS DAVOMIDA HISOBGA OLIB BORILADI. BAHOLASH: OQUVHILAR JAVOBLARI UMUMLASHTILADI VA DARS SO’NGIDA RAG’BATLANTIRILB, BAHOLAR E’LON QILINADI.

Darsning maqsadi va o’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar: a) ta’limiy: o’quvchilarga g’o’za, undan olinadigan mahsulotlar, donli o’simlik turlari va ularni parvarishlash haqida ma’lumot berish; b) tarbiyaviy: o’quvchilarni milliy boyligimizni asrash, insonlar mehnatini qadrlash va tabiatga g’amxo’rlik ruhida tarbiyalash; ularda mlilliy va umummadaniy kompetensiayni shakllantirish; d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning madaniy o’simliklar ya’ni g’o’za, donli ekinlar, ularning ahamiyati haqidagi blilimlarini rivojlantirish; axborotlar bilan ishlash hamda tabiatdagi hodisa va jarayonlarni kuzatish kompetensiyalarini shakllantirish. Kutilayotgan natija: Mashg’ulot so’ngida o’quvchilar go’za ,undan olinadigan mahsulotlar, donli ekinlar: bug’doy, sholi, makkajo’xori, arpa, suli, ularning ahamiyati haqida bilimga ega bo’ladilar.

Darsning borishi va bosqichlari:

I-bosqich. Tashkiliy qism:-3 daqiqa.

Salomlashish. Davomat. O’quvchilarni darsga hozirlash. Tabiatdagi o’zgarishlar so’raladi.

II-bosqich. O’tilgan mavzuni takrorlash ( mustahkamlash):-6 daqiqa

O’quvchilardan o’tilgan mavzu va uyga berilgan vazifa so’raladi va nazorat qilinadi.

O’tilgan mavzuni mustahkamlovchi yopiq test savollari ekranda ko’rsatiladi.

O’quvchilar guruhga bo’linib, har bir guruhga ikkitadan jami oltita savol bo’lib beriladi.

1.Odamlar tomonidan ekilib, parvarish qilinadigan o’simliklar__________o’simliklardir.

2. Yaylov va adirlar_________bilan qoolangan.

3. Butalar______ __________o’simlik hisoblanadi.

4. Daraxtlarning poyasi yog’ochl;angan,_________va __________bo’ladi.

5. O’rmonlarda ____________zich bo’lib o’sadi.

6. O’lkamizdagi tog’ o’rmonlarida ____________katta maydonlarni egallaydi.

O’quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi hamda bugungi dars maqsadi e’lon qilinadi.

III-bosqich. Yangi mavzu bayoni:-

Aqliy hujum usuli orqali berilgan savollarga javoblar qabul qilinadi va to’g’ri javoblar qabul qilinadi.

1. O’zbekistonning milliy boyligi nima?

2. Paxtadan nimalar olinadi?

3. Paxta o’simligi qanday o’stirilishini bilasizmi?

O’lkamizda eng ko’p ekiladigan madaniy o’simlik-g’o’za.

O’quvchilarga g’o’za o’simligi va uning qismlari haqida tushuncha beriladi.

1-slayd. G’o’zaning qismlari:

ildiz, poya, barg, gul. g’o’zaning mevasi-ko’sak, urug’i-chigit.

Darslida berilgan rasmga o’quvchilar diqqati qaratiladi.

2-slayd. Paxta va chigitdan olinadigan mahsulotlar:

qog’oz, plastmassalar, charm, linoleum, sovun, moy, lak, gazlama, yog’ hayvonlar uchun ozuqa.

Dalalarimizda bug’doy, sholi, makkajo’xori, arpa, suli, mosh, no’xat, loviya kabi donli ekinlar yetishtiriladi. Bug’doy, sholi va makkajo’xorining qismlari, ularni yetishtirish bosqichlari tushuntiriladi.

3-slayd. Bug’doy:

yumshoq va qattiq navlari kuzda ekiladi, bahorda maysalari unib chiqadi, boshoqlari avgust oyida pishib yetiladi., kombayinda o’rilib, doni ajratib olinadi, undan undan un tayyorlanadi.

4-layd. Sholi:

guruch sholi donidan olinadi, erta bahorda chuqurligi 30-40 sm bo’lgan maydon tayyorlanib, suv to’ldirilgan po’llar ichiga ekiladi. Sentabr oyida pishadi u ham kombayin yordamida o’rib olinadi, donlari ajratib olinadi.

5-slayd.

Makkajo’xori: erta bahorda ekiladi, poyasi to’liq, barglari ensiz va uzun bo’ladi, eni 2 metrga yetadi. Iyun oyida pishib yetiladi. Donidan un, yorma, kraxmal olinadi.

----Videolavha namoyish etiladi.

Dam olish daqiqasi:

Daraxt o’sadi tikka,

Shox chiqaradi yonga.

Quyoshdan nur oladi,

Yerga soya soladi.

 

 

--Multimediya namoyish etiladi.

O’simliklarni parvarish qilinishi va hosilni yig’ib olish namoyish etiladi. O’quvchilardan fikrlar so’raladi.

IV-bosqich. Mavzuni mustahkamlash:-6 daqiqa

Mustahkamlovchi test savollari beriladi.

1. Paxta chigiti qaysi oyda ekiladi?

a) may va iyun; b) fevral va mart; d) mart va aprel; e) iyul va avgust.

2. Paxta tolasidan nima nima yigiriladi?

a) ip; b) gazlama; d) yog’; e) to’yimli ozuqa.

3. Yumshoq bug’doy navi qachon ekiladi?

a) kuzda; b) bahorda; d) qishda; e) yoxzad.

4. Guruch nimadan ajratib olinadi?

a) bug’doy; b) sholi; d) suli; e) mosh.

5. Makkajo’xori donlari qachon ekiladi?

a) kech kuzda; b) qishda; d) bahorda; e) kuzda.

6. Paxta chigitiadn nima olinadi?

a) yog’; b) ip; d) charm; e) qog’oz.

V-bosqich. Baholash:- 3 daqiqa

Guruhlar va alohida o’rnak ko’rsatib, darsa faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. Baholar e’lon qilinadi. Darsga yakun yasaladi.

VI-bposqich. Uyga vazifa:-2 daqiqa

Darslikdagi g’o’za rasmini chizish. Milliy boylgimiz haqida matn tuzish.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling