Sinf: 5-"A", "B", "V" Mavzu : Doiraviy diagrammalar va ularni qurish


Download 18.71 Kb.
Sana04.05.2020
Hajmi18.71 Kb.

Sana:

Fan: Matematika

Sinf:5-“A”, ”B”, ”V”


  1. Mavzu : Doiraviy diagrammalar va ularni qurish..

II.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: mavzu yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy tushuncha berish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarni hozirgi zamon talablari -ishchanlik, faollik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;

v) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini o’stirib, bilim darajasini oshirish;

III. Darsning tipi: mustahkamlash darsi.

IV.Darsning uslubi: ko’rgazmali-amaliy.

IV.Darsning usuli: aqliy hujum savollari, kichik guruhlarda ishlash, jamoa bo’lib ishlash, mustaqil ish bajarish.

V.Jihozi: mavzuga doir tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism .

2. Psixologik iqlim yaratish. (2 daqiqa)

Darsning rejasi:

1. o’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari. (5 daqiqa)

2. uyga berilgan topshiriq nazorati. (5 daqiqa)

3. Yangi mavzu bayoni: (15 daqiqa)

a) diagramma haqida tushuncha

b) doiraviy diagramma tushunchasi.

4. Mustahkamlash uchun mashqlar. (10 daqiqa)

5. Uyga vazifa berish. (3 daqiqa)

Ma’lumotlarni doiraviy diagramma ko’rinishida ham tasvirlash mumkin. Odatda doiraviy diagrammalar bir butun narsaning tarkibiy qismlari orasidagi munosabatlarni ko’rgazmali qilib ham tasvirlash uchun ham tuziladi. Qishloq fuqarolar yig’inida o’tkazilgan saylovda jami 12 000 saylovchi qatnashdi. Ularning 5400 tasi A nomzodga , 2100 tasi B nomzodga , 3300 tasi C nomzodga , 1200 tasi D nomzodga ovoz berishdi. Saylov natijalariga mos doiraviy diagramma tuzing.



Butun doira (ya’ni 3600 ) barcha 12000 ta saylovchi lar soni tasvirlangan. Unda bitta saylovchiga 3600:12000=0,030 gradusli burchak mos keladi.mzod uchun: A nomzod uchun: 5400*0,03=1620 B nomzod uchun:2100*0,03=630 ,C nomzod uchun: 3300*0,03=990 D nomzod uchun:1200*0,03=360

VI. Darsning yakuni: uyga vazifa-4-misolni yechish.
Download 18.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling