Sintaksis (qadimgi yunoncha: σύν-ταξις syntaxis tuzilma, tartib, birikma): 1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui


Download 57.29 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi57.29 Kb.
#1591023
Bog'liq
Taqdimot (7) (1)

Sintaksis (qadimgi yunoncha: σύν-ταξις – syntaxis — tuzilma, tartib, birikma): 1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui; 2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. “Sintaksis” termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi aloqamunosabatni, ran boʻlagi esa voqeahodisa unsurlaring vazifalarini ifodalaydi.

Inversiya (lot. Unversio — oʻrnini almashtirish) (tilshunoslikda) — gap boʻlaklari odatdagi tartibining oʻzgarishi. Tilda ikki xil vazifa bajaradi: semantik va asemantik. Semantik vazifasi gapning biror boʻlagini alohida taʼkidlash yoʻli bilan nutqqa emotsional-ekspressiv ruh baxsh etishda (mas, Bu chol shu ahvolda qayoqqa boradi? — Shu ahvolda qayoqqa boradi bu chol?!), asemantik vazifasi esa surok, ran (ayniqsa, roman va german tillarida), sheʼriyatda kompozitsiya, ritm, vazn, qofiya hosil qilishda na-moyon boʻladi (mas, ketdimi u?; ilk bor rozilik soʻrashim mening). I., faqat uslubiy emas, balki sintaktik-uslubiy (sintaktikpoetik) hodisadir. U jonli soʻzlashuv tilida, badiiy adabiyotda, ayniqsa, sheʼriyatda koʻp uch-raydi.[1]

  • Inversiya (lot. Unversio — oʻrnini almashtirish) (tilshunoslikda) — gap boʻlaklari odatdagi tartibining oʻzgarishi. Tilda ikki xil vazifa bajaradi: semantik va asemantik. Semantik vazifasi gapning biror boʻlagini alohida taʼkidlash yoʻli bilan nutqqa emotsional-ekspressiv ruh baxsh etishda (mas, Bu chol shu ahvolda qayoqqa boradi? — Shu ahvolda qayoqqa boradi bu chol?!), asemantik vazifasi esa surok, ran (ayniqsa, roman va german tillarida), sheʼriyatda kompozitsiya, ritm, vazn, qofiya hosil qilishda na-moyon boʻladi (mas, ketdimi u?; ilk bor rozilik soʻrashim mening). I., faqat uslubiy emas, balki sintaktik-uslubiy (sintaktikpoetik) hodisadir. U jonli soʻzlashuv tilida, badiiy adabiyotda, ayniqsa, sheʼriyatda koʻp uch-raydi.[1]

Sintaksis morfologiya bilan chambarchas bogʻliqdir. Sintaksisda, xuddi morfologiyada boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi jihatidan emas, balki soʻz shakllarining soʻz birikmasi va gaplarni tuzishdagi ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz birikmalari va gaplar tilning asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz ichki xususiyatlariga egadir.

Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap Sintaksisning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil soʻzdan (“qorongʻilashmoqda”, “jimjitlik”), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar — koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi.

  • Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap Sintaksisning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil soʻzdan (“qorongʻilashmoqda”, “jimjitlik”), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar — koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi.

Download 57.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling