Sintaksis. So’z birikmasi


Download 45.69 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi45.69 Kb.
#218250
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sintaksis va so‘z birikmasi


Sintaksis . So’z birikmasi.

1.Faqat tobe so'zning asosi shakldosh bo'lgan otli birikmani toping.

A) turli so'z B) esga olmoq

C) olmaning guli D) oshiqning sozi

2. Asarning bosh g'oyasi atrofida markazlashgan davlat qurish, insonparvarlik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, adolat, ezgulik, halollik, mardfikni sharaflab, qonli urushlarni qo'zg'ash, yovuzlik, adolatsizlik, munofiqlikni qoralash g'oyalari ham aks etadi.

Ushbu gapdagi yasama so'zlar tobelangan so'z turkum(lar)i to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.

A) ot, fe'l B) ot, sifat, fe'l

C) ot D) fe'l

3. Bu o'lkada iqlim o'rtacha, suv mo'l, yer unumli, quyosh nuri yetarli.

Ushbu gapdagi so'z birikmalari haqida to'g'ri ma'lumot berilgan javobni aniqlang.

A)2 ta bitishuv, 1 ta boshqaruv munosabatli so'z birikmasi

B)1 bitishuv, 1 ta boshqaruv, 1 ta moslashuv munosabatli so'z birikmasi bor

C)4 ta bitishuv, 1 ta boshqaruv, 1 ta moslashuv munosabatli so'z birikmasi bor

D)5 ta bitishuv, 1 ta boshqaruv munosabatli so'z birikmasi bor

4. Quyida berilgan misralardagi boshqaruvli bog'lanishlar miqdorini aniqlang.

Ko'zlarim hali harf tanimas edi, Qalam ushlolmasdi hali qo'llarim. Kapalak izidan quvib tinmasdan. Yulduzlarni sanar edim tunlari. A)4ta B)3ta C)2ta D)5ta

5. Jahonda nimaiki oq bo'lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo'shqin bo'lsa, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo'lsa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat da'vo qilsa,onaning pok qalbi timsol.

Berilgan gapda nechta moslashuvli so'z birikmasi mavjud.

A) 4 B) 2 C) 3 D) 1

6. Qaysi javobda fe'lning vazifa shakllari faqat ohang jihatdan hokim so'zga tobelanib bog'langan so'z birikmalari to'g'ri ko'rsatilgan?

1) faxrlanib gapirish; 2) tez yugurish; 3) ibratli tashabbus; 4) haydalgan yer; 5) yeyishli olma; 6) oqar daryo; 7) o'ylab gapirmoq.

A) 1,4, 6, 7 B)1,4, 5, 6, 7 C)2, 4, 7 D)1,2,7

7. Oaysi javobda rasmiy uslubga xos xususiyatlar ko'rsatilgan?

1) uslubning belgisi qisqalik, soddalik, aniqlikdir; 2) atamalar, ta'riflar, qoidalar asosida ish ko'radi; 3) fan va texnika tili sanaladi; 4) ibora va jumlalar bir qolipda bo'ladi; 5) so'zlar ko'chma ma'noda ishlatilmaydi.

A) 1,4, 5 B)1,3, 5 C)1,2, 4 D)1,3, 4

8. .Quyida berilgan gapdagi tushum va qaratqich kelishiklari sonini aniqlang.

Har bir farzand ona nasihatlarini jon qulog'i bilan eshitishi, to'g'ri yo'lga targ'ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyursa, shu buyurilgan ishda xatolik borligini sezsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko'ndirishi lozim.

A)3 ta qaratqich, 5 ta tushum B)3 ta qaratqich, 6 ta tushum C)1 ta qaratqich, 6 ta tushum D)1 ta qaratqich, 5 ta tushum

9. Qaysi javobda tarkibidagi kelishik qo'shimchalarini ko'makchila bilan almashtirish mumkin bo'lgan so'z birikmalari to'g'ri ko'rsatilgan?

1) olchaning guli; 2) shoshmasdan yurmoq; 3) chapga burilmoq; 4) mashinada kelmoq; 5) ukasiga olmoq; 6) uyalganidan kelmoq.

A)2, 3, 4, 6 B)3, 4, 5, 6 C)1,2,4,5,6 D)1,4, 5, 6

10. Fikrni xulosalash ma'nosfni ifodalovchi sof modal so'z qatnashgan gapni toping.

A)Albatta, biz musobaqada yaxshi natijalami qo'lga kiritamiz.

B)Haqiqatan ham, kun issig'i yo'lovchilarni holdan toydirdi.

C)Xullas, qora kunga asrab qo'ygan bug'doyimiz ham, jo'xori ham ko'p edi.

D)Avvalo, xaloyiq va har taratdan kelgan kishilar to'da bo'lishib maslahat qildilar.

11. Och-yalang'och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman.

Gapda nechta bitishuv munosabatli fe'lli so'z birikmasi bor? A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta

12. Qaysi javobda keltirilgan gapda so'z birikmalari miqdori oltita emas?

A)Ma'lumki, koinotdagi barcha narsa muayyan va malum qonunga bo"ysunadi.

B)O'z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi.

C)Tarixni anglash orqali insonda o'zining inson ekanligini anglash qobiliyati shakllanadi.

D)Kechqurunlari buvimdan oy yorug'ida turli rivoyatlartinglardim.

13. Hokim so'zning ham, tobe so'zning ham asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan so'z birikmasini toping.

A)tilagini bajo keltirmoq B)vidolashish kuyi

C)yashirincha kutmoq D)olmaning guli

14. Berilganlardan bitishuvli birikmalarni belgilang.




Download 45.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling