Sintaksis


Download 45.71 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi45.71 Kb.
#1548041
Bog'liq
Zilola sintaksis prezintatsiya

Sintaksis

Reja;

1. Sintaksis haqida tushuncha

2.Sintaksis konstruksiyalari.

3.Gap

4.Sintaksis va uning turlari

Sintaksis haqida tushuncha

Sintaksis (qadimgi yunoncha: σύν-ταξις - syntaxis — tuzilma, tartib, birikma):

1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui;

2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi aloqamunosabatni, ran boʻlagi esa voqeahodisa unsurlaring vazifalarini ifodalaydi.

Sintaksis konstruksiyasi

Konstruksiya (lot. constructs -tuzilish, qurilish) — 1) mashina, inshoot yoki oʻzel va detallarning tuzilish sxemasi, shuningdek, mashina, inshoot, oʻzellar hamda ularning detallari. K. da kerakli qism va elementlarining shakli hamda oʻzaro joylashishi, ularni biriktirish usullari, oʻzaro taʼsiri va kanday materiallardan yasalishi hisobga olinadi; 2) ilmiy yoki badiiy asarlarning tuzilishi (qarang Kompozitsiya); 3) bir sintaktik birlikni tashqil qiluvchi soʻzlar birikmasi.

Gap

Gap — muayyan til qonuniyatiga koʻra grammatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. G. soʻz, soʻz birikmalariga qarama-qarshi qoʻyiladigan sintaktik kategoriyadir. Predikativlik, modallik, xabar intonatsiyasi, marom-ohang, tugallanganlik, soʻzlar tartibi G.ning muhim xususiyatlaridandir. Kommunikativlik — G.ning bosh vazifasi. G.lar quyidagi nuqtai nazardan tasnif qilinadi: a) tarkibidagi predikativ birlikning miqdoriga koʻra.

Sintaksis va uning turlari

Sintaksis termini grek. sintaxis "tuzish"demakdir. Gap va uning tuzilishi. turlari so'z birikmasini o'rganuvchi grammatikaning bir bo'limi smtaksis deyiladi.

Ma'lumki. kishilar bir-birlari bilan fikr almashadilar, aloqa qiladilar. Bu esa gap orqali ro'yobga chiqadi. Gap o'z navbatida so'zlarning turli sintaktik munosabatlari asosidatuziladi. Ana shu fikr almashuv vositasi bo'lgan gap va so'z birikmasini o'rganish smtaksisning asosiy vazifasidir. Shunga ko'ra sintaksisning o'rganish sohasi bir necha turlarga bo'linadi. So'z shakl sintaksisi har bir gapda ma'lum bir shaklda ishtirok etadigan mustaqil so'zlarni ya'ni gap bo'laklarini o'rganadi. Masalan: oftob olamni yoritadi (gapida oftob -ega, olamni -to'ldiruvchi, yoritadi - kesim) kabi.


Download 45.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling