Sirlangan sopol idishlar


Download 20.31 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi20.31 Kb.
#1332278
Bog'liq
maruza sirlangan


Sirlangan sopol idishlar

Olovda pishirilgan sopol idish insoniyat tarixidagi eng muhim kashfiyotlardan biri hisoblanadi. Dastlab insonlarning yemak bilan bog’liq birlamchi ehtiyojlari uchun ishlatilgan sopol idishlar vaqt o’tishi bilan takomillashib boradi. Xususan, aynan sopol buyumlar yasashga ixtisoslashgan kullolar qatlami yuzaga keldi, kulolchilik charxlari kashf etildi, idishlarga turli xil bezaklar chizila boshlandi, idishlarning shakl shamoili hamda turlarida keskin o’zgarishlar kuzatildi. Shuningdek, kulolchilikda yana bir yangilik, idishlarga sir berish ham qo’llanila boshlanadi. Kulolchilik mahsulotlarining yuzasiga shishasimon qoplama qoplanishi natijasida yuzaga keluvchi sir ham amaliy va badiiy vazifalarni bajargan. Ya’ni, sopol idishni namlikka sezgirligini kamaytirsa estetik jihatdan idishga ko’rk bergan. Sirdan foydalanish insoniyatga qadim zamonlardan beri ma'lum. Miloddan avvalgi IV-ming yillikda Misrda sirlarning ikki turi ishlatilgan: 1. Ishqoriy, tarkibida kremniy miqdori yuqori bo'lgan. 2. Qo'rg'oshin, oddiy kulolchilikda ishlatiladi . O'rta podsholik davrida (mil. avv. 2100 - 1700 yillar) kulollar turli xil idishlarni geometrik naqshlar bilan bezatishgan, qizil fonda oq bo'yoq bilan yoki yorqin qizil-jigarrang bilan bo'yashgan. ¬¬¬¬¬¬ Keyinchalik "Misr chinni" kashf qilinib, nafqat sopol idishlar balikim, haykalchalar va hayvonlarning rasmlariga ham sir berilgan . Idishlarga sir berish miloddan avvalgi 4-3 asrlarida Xitoyda ham ishlatila boshlanadi. Parfiya imperiyasi davridan sirlangan idishlar ishlab chiqarilishi ma'lum bo'lib, u VIII -asrning o'rtalariga qadar to'xtamagan . Ayrtom (O’zbekiston) qazishmalari natijasida Kushon podsholigi davriga oid ikki tomoni sirlangan - yashil va sariq sirli sopol idishlar topilgan. Parfiya imperiyasining g'arbiy qismidan ko'plab sirlangan mahsulotlar topilgan. R. Ettinxauzenning so’zlariga qaraganda Parfiya imperiyasi davridan boshlab birinchi marta kulolchilikda sirdan foydalanish keng qo'llanila boshlandi . O'rta Osiyoda sirlangan sopol mahsulotlarini ishlab chiqarish qachondan boshlanganligi to'g'risida tadqiqotchilar haligacha bir fikrga kela olishmadi. Bazibir tadqiqotchilar sirlangan sopol idishlarni paydo bo’lishini Kushon podsholigi davridan deb aytishadi, sababi o'sha paytda O'rta Osiyo mintaqalarining bir qismi Parfiya davlatining tarkibiga kirganligi va g'arbiy hududlarida sirlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish keng qo'llanilganligini keltirishsa, boshqalar O'rta Osiyodagi birinchi sirlangan mahsulotlarning paydo bo'lishini VI - VIII asrning birinchi yarmiga to'g'ri keladi deb bilishadi . VIII asr oxiridan boshlab Samarqandda va umuman O’rta Osiyoda sirlangan sopol ishlab chiqarish jadal suratlarda rivojlana boshlaydi. O'tgan asrda sirli sopol idishlarni paydo bo'lishi va rivojlanishi jarayonini I. Karabachek musulmonlar orasidagi taqvodor kishilar tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan idishlardan foydalanishni islom dini tomonidan taqiqlanganligi bilan izohlaydi. F. Zarre esa bu taqiq faqat qandil kulolchiligini rivojlantirish uchun turtki bo'lgan deb hisoblaydi. A. Poobning ta'kidlashicha, xuddi shu taqiq sirlangan kulolchilik mahsulotlarining barcha turlarini rivojlanishiga turtki bo'lgan deydi. Bugungi kunda ba'zi olimlar ushbu nuqtai nazani ilgari surmoqdalar. Shunday qilib, VIII asr oxiridan sirlangan sopol idishlarining ommaviy rivojlanishi diniy taqiqga asoslanmagan. VIII asrning o'rtalaridan boshlab arablar siyosati tugagandan so'ng, feodal hunarmandchilikning rivojlanishiga olib keladigan ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishi kuzatildi. Mustaxkam, arzon va chiroyli idishlarga bo'lgan katta talab texnik jihatdan zamonaviy sirlangan sopol buyumlarning yanada keng tarqalishiga olib keldi va odamlarning chinni buyumlarga bo'lgan muhabbati uning keyingi rivojlanishining kaliti bo'ldi. V.L. Vyatkinaning yozishicha Samarqandga tayyor shakldagi sirlangan idishlar eramizning IV-VI asrlarida tashqaridan kirib kelgan. I.A. Suxarev esa sirlangan sopol buyumlarni sanalashtirganda 8 – asrning 20 – yillariga tog’ri kelgan va arablar istilosi natijasida kirib kelgan deydi . Bu fikrga qo’shilib bo’lmaydi ko'plab O'rta Osiyoning o'rta asrlardagi sirlangan sopol buyumlarini o’rgangan g'arb olimlarining fikricha - O'rta Osiyo sirlangan sopol buyumlarining alohida maktabi bo'lganligini ta'kidlashadi . E.V. Sayko R. Ettingauzenani havola ishini ko’rganida sirlangan sopol buyumlarni Eronda Sosoniylar tomonidan ishlatganligiga ishonganligini keltiradi . "O'rta asr O'rta Osiyo shahri" monografiyasida kulolchilik ishlab chiqarishga bag'ishlangan bo'limda Muallif — O. G. Bolshakovning yozishicha VIII asrning ikkinchi yarmida kulolchiliknung Iroqcha ishlab chiqarish usulini O’rta Osiyoga kirib borganligini aytib sirli sopol buyumlarini ishlab chiqarilishining konvergent (o’xshash) ko'rinishini rad etadi. Shubhasiz, savdo aloqalari tufayli, sirlangan sopol buyumlarining O'rta Osiyoga kirib borishi mumkinligini inkor etib bo'lmaydi, ammo so'nggi yillardagi qazishmalar shuni ko'rsatdiki, VIII asr oxiri - IX asr boshlarida sopollarning ommaviy ishlab chiqarilishi qayd etilgan. Toshxo'jayev Samarqandda sirlangan sopol buyumlarning paydo bo’lishini VIII-asrning oxiriga ishora qiladi, chunki bu vaqtgacha O'rta Osiyoda sirlangan kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish kuzatilmagan . Ba'zi joylarda - 9-asrdan rivojlangan bo’lsa, lekin hali ham shunday joylar mavjudki (Toshkent, Farg'ona va boshqalar), ularda sirni paydo bo'lish vaqti hali aniqlanmagan. Lekin keyinchalik Farg'ona shaharlaridagi o'rta asrlarga oid asosan Quva va Axsikentda arxeologik izlanishlar natijasida 9-asr boshlarida bu yerda sirlangan sopol buyumlari paydo bo'lganliga aniqlik kiritildi . O'rta Osiyoning sirlangan sopol buyumlari tarixining yirik mutaxassisi G. V. Shishkina o’zining “ Глазурованная керамика Согда (Вторая половина VIII-начало ХIII в.)” nomli kitobida O'rta Osiyoning sirlangan sopol buyumlarini o'rgangan tadqiqotchilar eng qadimgi mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni qachondan boshlanganligiga aniqlik kirikmoqchi bo’lishadi, natijada O'rta Osiyo kulollarining so'nggi o'n yilliklarda to'plangan materiallar asosida “ishqoriy” deb nomlangan idishlarni bir ovozdan ko'rib chiqib sirli sopol buyumlar uchun dastlabki qadamlar deb qarashgan . A. Anarbayev o’zining “Ахсикет – столица древней Ферганы” nomli kitobida Axsikent yodgorligidagi АК-12 majmuadagi sopollarni davrlashtirganda o’sha davr qatlamlari va kulolchilik materiallar tahliliga ko’ra VIII asr oxiri - IX asrning birinchi yarmiga (yoki oxirgi choragiga) to'g'ri keladi. Qatlam bo’yicha, sirlangan sopol buyumlar ushbu davrning dastlabki bosqichida paydo bo'lgan, chunki pastki qatlamlarning 12-davrida (kompleks) och yashil rangli sopol buyumlar topilgan va ushbu majmuaning yuqori qatlamlaridan ham ishqorli sopol buyumlar topilgan . Xulosa qilib aytganda VIII- IX asrlargacha O’rta Osiyo hududlarida hususan O’zbekistonda sirli sopol buyumlari tashqi hujumlar va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tufayli kirib kelgan bo’lsa ham juda keng tarzda ommalashmagan va sifati jihatdan keying davrdagi sirli sopol buyumlariga qaraganda past bo’lgan. VIII- IX asrdan boshlab odamlarning nafis sirli idishlarga bo’lgan muhabbati sopol idishlarda sirdan foydalanishni kuchaytirdi va rivojlanib ketishiga sabab bo’ldi.
Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling