Sivilizatsiyaning paydo bolishi shart sharoitlari


Download 66.92 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi66.92 Kb.
#1344415
  1   2   3
Bog'liq
Bo`riyev sivilizatsiya

SIVILIZATSIYANING PAYDO BOLISHI SHART SHAROITLARI

  • REJA
  • 1.«Sivilizatsiya» tushunchasi
  • 2.«Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalari
  • 3.Sivilizatsiya madaniyatning aniq namoyon bo‘lishi
  • «Sivilizatsiya» tushunchasini ijtimoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini ifodalash uchun ishlatish ma’lum ma’noda o‘rinli. Chunki bunday ma’noda ishlatilganda, «sivilizatsiya» tushunchasi kishilik jamiyati rivojlanishining ibtidoiy holatidan keyingi davrdagi butun holatini to‘laligicha qamrab oladi. Varvarlikdan sivilizatsiyaga o‘tish hunarmandchilikning dehqonchi-likdan ajralishi, tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi, savdo-sotiqning paydo bo‘lishi va uni kasb qilib olgan savdogarlar qatlamining shakllanishi, metall pulning muomalaga kiritilishi, yozuvning paydo bo‘lishi, aqliy va jismoniy mehnatning bir-biridan ajralishi, siyosiy hokimiyatning qaror topishi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi1.
  • «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalari ko‘p hollarda sinonim sifatida yonma-yon ishlatiladi. Bunda «sivilizatsiya» tushunchasi ostida yaratilgan moddiy va ma’naviy yutuqlar nazarda tutiladi. Lekin sivilizatsiya haqida yuqoridagi fikrga qarama-qarshi bo‘lgan qarashlar ham mavjud. Nemis faylasufi O. Shpengler uni madaniyatning antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyatning halok bo‘lish jarayonini, bosqichini tavsiflash uchun ishlatadi. Shpengler uchun sivilizatsiya – ijodiyot, ilhomlanish, ilhom, rivoj, ma’naviy boyish davri o‘rniga jamiyatning tosh qotishi, ijodning tang holatga kelishi, ma’naviy bo‘shliq davri bilan almashuvidir.
  • Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, sivilizatsiya kishiga bog‘liq bo‘lmagan, uning tashqarisida sodir bo‘layotgan tashqi hayot, olam, tashqi jarayondir. Madaniyat esa buning aksi bo‘lib, u aynan kishi ichki dunyosida vujudga keladigan jarayondir. Madaniyatning unday yoki bunday bo‘lishi kishi ichki dunyosining qay darajada boy yoki nochor ekanligidan dalolat beradi.
  •  

  • Download 66.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling