Siyosiy huquqlar shaxsiy huquqlar bilan chambarchas bog'Iiqdir
Download 38 Kb.
|
Siyosiy huquqlar
Respublika Konstitutsiyasi o’z fuqarolari uchun belgilagan siyosiy huquqlar — bular: • jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi; • mitinglar, tinch yig'ilishlar va namoyishiar ko'rinishida faollik ko'rsatish huquqi; • kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish huquqi; • saylash va saylanish huquqi; • vakolatli organlar va idoralarga arizalar, iltimosnomalar, shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi. Qonun belgilaydi O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarish-da bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Sunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organ-larini demokratik tarzda tashkil etish yo'li bilan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 32-modda. Siyosiy huquqlar mundarijasini durustroq tushunib olishi maqsadida ijtimoiy-siyosiy hayotda faolroq ishtirok etish uchun fuqaroga zarur bo'igan narsalarni havola etish kerak. Mamlakatni boshqarishda ishtirok etish huquqi bevosita yoki aholi tomonidan say-lanadigan vakillar orqali amalga oshiriladi. U fuqarolarning har qanday saylab qo'yiladi-gan organlarni sayLash va saylanish huquqi bilan kafolatlangandir hamda hokimiyat va ular tomondan qabul qilinuvchi qarorlarga shu alfozda ta'sir o'tkazadilar. YIG'ILISHLAR ERKINLIGI HUQUQI U CHEKIANGAN BO'LISHI SHARTMI? Yig'ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi insonga o'z fikrlari va o'z qarashlar-ini ifodalash imkoniyatini beradi. Bu huquq mamlakat rahbariyatiga xalqning fikrihaqi-da axborot yetkazish turish uchun ham zarur. Bu narsa o'ta muhim va rahbarlarga fuqarolarni tashvishiantirayotgan rnuammolarga chuqurroq kirib borish imkoniyatini beradi. Qonun belgilaydi Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvoflq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tad-bir o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 33-modda. Yig'ilishlar o'tkazish huquqi davlat yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi salomatligini muhofaza qilish yoki boshqa kishilarning huquq va erkinliklarini himoya qilish manfaatlari nuqtai nazaridan cheklanishi ham mumkin. Kasaba uyushmalariga, partiyalarga va boshqa tashkilotlarga uyushish huquqi fliqarolarga ularning manfaatlari va mayllariga mos keluvchi faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatini beradi.Masalan, huquqni himoya qiluvch jamoat tashkilotlarining a'zolari inson huquq va erkinliklari masalalari bilan shug'ullanadi, xayriya tashkilotiari esa eng ehtiyojmand kishilarga moddiy yordam uyushtiradilar. Ayollar jamoat tashkilotiari ayollarga nisbatan har qanday zo'ravonlikka qarshi chiqadilar. Qonun belgilaydi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 34-modda. Barcha jamoat tashkilotiari daivat hokimiyati va boshqaruv organlariga o'z nom-zodlarini ko'rsatishlari mumkin. Bu narsa fuqarolarga deputatlarni muqobillik asosida saylash huquqini havola etgan holda saylov tizimni demokratiyalashtirishga imkoniyat beradi: fuqarolar cng yaxshisini saylashi uchun saylov o'tkazilayotgan bitta o'ringa bir qancha nomzodlar ko'rsatilishi lozim. Fuqarolarning hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga ta'siri davlat hokimiyati organlarini saylash biiangiga cheklanmay-di. Fuqarolar murojaatnomalar, takliflar, arizalar va shikoyatlar orqali bir talay kunda-lik muammolarni hal qilishga yordam beradilar, o'z huquqlariga putur yetkazilishiga qarshi turadilar.Anchagina mashhur musiqa yangraydigan «Halokat» degan videofilm ko'p sonli tomoshabinlami o'ziga jalb qiladi. Ammo unda zo'ravonlik sahnalari oshib-toshib yotibdi va ayolga nisbatan shafqatsiz muomala sahnalari ham o'rin olgan. «Ota-onalar klubi» va «Ayollar zo'ravonlikka qarshi» jamoatchilik harakatlari bunga o'xshash videomahsulotlarni sotish va namoyish etishni taqiqlash borasida keng kam-paniyani avj oldirib yubordilar. «Jamiyat erkinliklari» va «Erkin bozor» degan ikki jamoat tashkiloti esa ularga qarshi turishmoqda. Muammo jamoatchilikda zo'r qiziqish uyg'otdi, uni hal qilish uchun maxsus komissiya tuzildi. «Ota-oanlar klubi» tashkilotining vakili bunga o'xshash filmlarni tomosha qilish bolalarga salbiy ta'sir o'tkazishi to'g'risida so'zlaydi; “Ayollar zo'ravonlikka qarshi” tashkilotining vakili bunday filmlar ayollaiga qarshi zo'ravonlik keng tarqalishiga maydon yaratadi va shu sababli taqiqlanishi kerak deb ta'kidlaydi; “Jamiyat erkinliklari” tashkilotining vakil taqiqlash ijod erkinligiga ziddir deb bayonot beradi; «Erkin bozor» tashkiloti vakili davlat ijodiy faoliyatga aralashmasligi kerak deb ta'kidlaydi. Bunday aralashish eng kam darajada bo'lishi kerak, negaki u mamlakatning iqtisodiy o'sishiga imkoniyat bermaydi. Har qaysi guruh o'z nuqtai nazarini dalillashtirib va uni faktlar bilan mus-tahkamlagan holda komissiya oldida uch minutlik ma'ruza taqdim etishi kerak. Har xil yondashuvlarni tahlil qilib chiqqan komissiya tegishli qaror qabul qilishi lozim. maqsad — o'z fikri va e'tiqodini ifodalash davlatni boshqarishda ishtirok etish huquqi yig'ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi, ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqi mitinglar va namoyishlar taqiqlanishi mumkin siyosty partiyalar va kasaba ushmalariga, boshqa jamoat tashkilotlariga uyushish huquqi davlat organlariga arizalar, iltimosnomalar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling