Siz quyoshsiz, Onajon


Download 39.5 Kb.
Sana03.01.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1076254
Bog'liq
Siz quyoshsiz, Onajon




_____________ tumani xalq ta’limi bo’limi
__- o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
___________________ning
8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” ga bag’ishlab
Siz quyoshsiz, Onajon!” mavzusida
o’tkazilgan tadbir



Siz quyoshsiz, Onajon!


Boshlovchilar musiqa sadolari ostida bayram ishtirokchilari bilan salomlashdi.

1 – boshlovchi:


Assalomu alaykum aziz onajonlar, mehribon ustozlar, hurmatli o‘quvchilar!

2 – boshlovchi:


Bugungi “Siz quyoshsiz, Onajon!” deya nomlangan bayramimizga xush kelibsiz!

1 – boshlovchi:


Ha, darhaqiqat, o‘lkamizga bahor keldi. Fasllar kelinchagi bo‘lmish go‘zal ko‘klam o‘z ko‘rki va go‘zalligi bilan tabiatga jon ato etdi. Chunki aynan shu fasl tabiat uyg‘onadi, ko‘k maysalar unadi. Olam yashil libosga burkanadi. Gulu cechaklar yuz ochadi. Mana shu go‘zal fasl dunyoni mehr qo‘ri bilan tebratuvchi aziz onajonlarimiz, mehribon buvijonu, opa – singillarimiz bayrami keng nishonlanadi.

1,2 – boshlovchi:


Shunday ekan, kelinglar, bugungi munis onalarimizga bag‘ishlangan bayramni tomosha qilaylik.


Musiqa chalinadi va “Onajonginam” qo‘shig‘i ijro etiladi.

2 – boshlovchi:


Ha, onalarimiz naqadar aziz, ular shunchalar mehribonki, bu haqda qancha ta’riflasak ham kamlik qiladi.


O‘quvchilar onalarni madh etib she’r o‘qiydilar:

Onajonim, mehribonim,


Siz ko‘kdagi quyoshim.
Yaxshi ishda yo‘ldoshim,
Ishlarimda ish boshim.
Bizga oq sut berdingiz,
Yugurdingiz, yeldingiz.
Jonu dildan suydingiz,
Onajonim, mehribonim.

Meni o‘ylaysiz faqat,


Men uchun kuydirib jon.
Sizday mehribon yo‘qdir,
Siz – quyoshsiz, Onajon.

Yashayman men doimo,


Ko‘rsatib izzat – hurmat.
Ko‘nglingiz etaman shod,
Bosh egib, qilib xizmat.

Onajonim, baxtimga,


Yuringiz sog‘ – salomat.
Baxtli yashang doimo,
Hayotdan rozi bo‘lib.

Siz bag‘rikeng bir insonsiz,


Bizga juda mehribonsiz.
Gullar tutib, quvnar yurak,
Bayramingiz muborak!


Bolalar onalariga gullar sovg‘a qilishadi. “Ayol” qo‘shig‘i magnit tasmasidan eshittiriladi, bolalar valsga tushadilar.

1 – boshlovchi:


Onalarimiz, ayollarimiz qo‘shiqda kuylanganidek, juda go‘zal hamda malohatlidir. Ayniqsa, o‘zbek ayollari.


O‘quvchilar tomonidan “O‘zbegimning ayoli” she’ri o‘qiladi.

Malohatli jamoli,


Baxtdan so‘zlar kamoli,
Boshda g‘ijim ro‘moli,
O‘zbegimning ayoli.

Erta tongda non yopgan,


Dalada ketmon chopgan,
Farzand –la, baxtin topgan,
O‘zbegimning ayoli.

2 – boshlovchi:


Xalqimiz azal – azaldan munis onajonlarimiz haqida maqolu, masallar, rivoyatlar aytib kelishgan. Hadislar ham bu zoti shariflar haqida ko‘plab ibratli nasihatlar bor. Hozir ana shulardan namunalar eshitamiz.


O‘quvchilar tomonidan hadislardan namunalar aytadilar.

Onalar mehribon, ular shunchalar mehrliki, bizni necha yoshga to‘lsak ham “bolam”, deb suyadilar. Darhaqiqat, ona bolam degan, bola esa dalam degan. Shu o‘rin birorta kichik sahna ko‘rinishini namoyish etiladi. Shundan so‘ng bolalar onalarni madh etadilar.


Ona – bu hayot demak. Ona borki, hayot davom etadi, ona borki oila chirog‘i o‘chmaydi, ona borki, olam munavvar.


Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo‘shadilar, oq yuvib oq taraydilar. Doimo boshimiz uzra parvona bo‘ladilar. Ular oyog‘imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar.


Buning sababi nima? Ne uchun onalar farzand qoshida bu qadar parvonalar? Hatto kerak bo‘lsa, farzand uchun jon fido qilshga ham tayyor ekanliklarining boisi nimada? Buning javobi bitta – onalik mehri. Onaning o‘z farzandiga bo‘lgan cheksiz mehri!


Onadir bu onadir” qo‘shig‘i ijro etiladi.


1 – boshlovchi:
Ha, ona mehri toshni eritar. Ular bir umr bolam deb yasharlar. Shunday ekan, onalaringiz siz ham mehribon bo‘ling, ularni avaylang, qadriga yeting, aziz o‘quvchilar.

Ularga ko‘p narsa kerak emas. Ular yaratgandan farzandlariga doimo sog‘liq, omonlik tilaydilar. Jigarbandlari kamoli ular uchun eng katta baxtdir aslida.


O‘quvchilar (jo‘rlikda):
Onajonim, yuzingizda bur porlasin,
Baxtimizga hamisha sog‘ – omon bo‘ling.
Parvonalar bo‘lib doim qoshimizda,
Tilagimiz mudom bizga suyanch bo‘ling!


Quvnoq musiqa sadolari ostida bayramga yakun yasaladi.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling