Siz reklamamizni ko'rib kurslarimizga qiziqish bildirgan ekansiz


Download 15.7 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.7 Kb.
#1502304
Bog'liq
skript


1) Assalom aleykum Engzone (ingzon) o'quv markazidan telefon qilayotgan edim (bezovta qilayotgan edim emas), ismim Xalima, sizning ismingiz Abdullohmi?

2) Siz reklamamizni ko'rib kurslarimizga qiziqish bildirgan ekansiz.

3) Qayerdadir o'qiysizmi? (uchebniy kurs, maktab yoki univer), kurslarimizni aynan nima maqsadda o'rganmoqchisiz? (ingliz tili og'zaki uchun, DTM uchun, IELTS uchun yoki boshqa)
*P.S. uchebniy kursda o'qivotgan bosa sorash kere: narxlari nechpul, darsladan qoniqvottimi?*

4) Ho'p endi bizni o'quv markazimizga keladigan bo'lsak reklamada ko'rgan bo'lsangiz bizda hozir abituriyentlarga 500 MILLIONLIK GRANTga (sal balandroq ovoz bilan) e'lon berildi, buni tushuntirib o'taman, ya'ni bizda o'qib turib AVGUSTda eng yuqori ball olgan 100TA o'quvchiga kontraktining 5million so'mini to'lab beramiz. Hisob kitobga olganingizda ham avgustgacha 4oy o'qiysiz va o'qishga kirsangiz kontraktingiz yarmidan ortig'i to'lab beriladi (shu 4-qismni boshqacha hayajon bilan aytish kerak). Ya'ni bu sizga ajoyib imkoniyat, man ham abituriyent bo'lganimda shu yerda o'qigan bo'lardim (kulgu-tabassum bilan aytish kerak). Bizda o'quvchilar shartnoma bilan o'qiydi va avgustda top100 o'quvchi ro'yxati barchaga ko'rsatiladi. (uverenniy gapirish kerak), (qaysi universitetlaga dib savol bersa, 50ta uzb univeri, 50ta xorijiy univer, undan tashqari universitetga kirmagan taqdirdayam eng yuqori ball toplagan bosa 5mln beriladi).

5) Undan tashqari bizda 5ta bonusli ustunliklar bor ya'ni bular:
1. darslar haftasiga 4marta bo'lib o'tadi, yakshanba kuni ham dars (boshqa joylarda haftada 3martaligini eslatish kerak).
2. Offlayn darslardan tashqari sizga bepul o'zimizning video darsliklarimiz berib boriladi.
3. Har bir darsimiz 2ta o'qituvchi tomonidan olib boriladi (bunaqasini qayerda ko'rgansiz (kulgu-tabassum bilan aytish kerak)).
4. Bilimlaringizni tinimsiz sinash uchun onlayn testlar tashkil qilganmiz.
Va albatta 5-bonusimiz ramazon tuxfasi sifatida darslarimiz endi 600ming so'm emas, deyarli teng yarmiga skidka qilingan. Ertalabgi darslarimiz 350ming so'm, obeddan keyingi darslarimiz 400ming so'm. Bunaqa sifatli bilimga narxlar dunyoda yo'q (kulish kerak), (narxni vaziyatga qarab aytiladi, pre-ielts, ielts 650ming emas 500ga 550ming, speaking 1.100ming emas 700ga 800ming)

6) Bu qulayliklardan qanaqa kamchilik ko'rdingiz? Zo'r-a? (*xazillashib*, bu xazildan keyin suhbatni u davom ettiradi). Oxirida bunaqa qulayliklar va SIFATLI bilimni topa olmasangiz kerak (uverenniy etish kere).

7) Ko'p gapirgandan ko'ra ko'z bilan ko'rishingiz yaxshiroq manimcha, sizni probniy darsga kelishingizni taklif qilaman (bilim darajasini aniqlash kerak). Darslarga ertalab vaqtingiz bo'ladimi yoki obeddan keyin? (mana bu soatdagisi to'g'ri keladimi?). Bo'ldi sizni shu soatdagi darsga ro'yxatdan o'tkazib qo'ydim, kutamiz! (lokatsiya tashlab berish kerak). Qanaqadir savollar paydo bo'lsa biz bilan bog'laning. Salomat bo'ling!

SUHBAT ILOJI BORICHA YAQINLIK BILAN VA XAZIL BILAN OLIB BORILSIN !!!
Download 15.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling