Sochma turdagi foydali qazilmalarni qazish texnikalari va texnalogik sxemalarni tanlash Re’ja
Download 1.62 Mb.
|
Sochma turdagi foydali qazilmalarni qazish texnikalari va texnalogik sxemalarni tanlash
Sochma turdagi foydali qazilmalarni qazish texnikalari va texnalogik sxemalarni tanlash Re’ja 1.Kar’yerda ish sathi ochish usullari. 2 Bosqichma-bosqich qazib olishni qo‘llash sharoitlari. 3. Karerning ish xududini rivojlantirish sxemasi. 4. Bosqichlarga bo‘lmasdan va bosqichlarga bo‘lib qazib olishda ochish ishlarining kalendar grafik hajmlari. 5. Karerni qazib olish bosqichlariga bo‘lish sxemasi. 1.Kar’yerda ish sathi ochish usullari. Pog‘onalarda hosil qilingan kon yuklari oqimi transport aloqasi bilan ta’minlash uchun kar’yerda ish sathlari ochiladi, bu yuklarning ish sathlaridan yer yuzasida yoki oraliq sathlarda joylashgan qabul punktlariga tashib chiqarish imkonini beradi. Ochish kon lahmlari yer yuzasidan, yoki oldin ochilgan oraliq ish sathidan boshlanadi va yangi ochilayotgan ish sathining ish maydonchasiga yetib tugaydi. Ochish kon ishlari usuli bir qator alomatlarga, birinchi navbatda ochish kon lahmlarining turiga qarab tanlanadi. 2. Tik konlarni ochiq usulda qazib olishda ochish ishlariga mablag‘larni qo‘yish odatda foydali qazilmani qazishdan ilgarilab amalga oshiriladi. Bu ochish ishlarining iqtisodiy samaradorligini pasaytiradi va katta miqdorda davlat mablag‘larining muzlashiga olib keladi. Konni bosqichma-bosqich qazib olish yo‘li bilan ochiq usulda qazib olish samaradorligini oshirishga erishish mumkin bo‘ladi. Bosiqchma-boqich qazib olishni quyidagi hollarda qo‘llash mumkin bo‘ladi: bir turdagi yotqiziqlarda (karerning oraliq konturlarini ajratish va ishchi bortlarning vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan uchastkalarini qoldirish yo‘li bilan); har xil turdagi yotqiziqlarda ( foydali qazilmaning sifati ancha yuqori bo‘lgan uchastkalarni va birinchi navbatda qazib olish uchun katta bo‘lmagan ochish koeffitsientlarini ajratish yo‘li bilan); yaqin joylashgan yotqiziqlarda (yotqiziqlarni qazib olishning optimal navbatini qo‘llash, yotqiziqlarni bir paytda qazib olishda esa ularni optimal intensiv qazib olish yo‘lini qo‘llash bilan). 1 rasm. Karerning ish xududini rivojlantirish sxemasi: a bosqichlarga bo‘lmasdan qazib olishda (I, II); b birinchi bosqichni qazib olishda; c ikkinchi bosqichni qazib olishda. 3.Bosiqchma-bosqich qazib olish birinchi davrda ochish koeffitsientini kamaytirish, kon-kapital ishlarning hajmini kamaytirish, puch jinslarni qazib olishni qazib olishning kechroq davriga ko‘chirish, ya’ni ochish ishlarining kalendar grafigini yaxshilash va ko‘porq iqtisodiy samaradorlikni olishi mkonini beradi. Konnni qazib olishga ketgan harajatlar yig‘indisini 10-20 % ga kamaytirish mumkin. Tik konlarni bosqichlarga bo‘lmasdan qazib olishda kon ishlari karerning oxirgi chegaralariad ost yonidan ustga qarab rivojlantiriladi (10.1 rasm). Bu holda yillik ochish hajmi oldin maksimumgacha ko‘tariladi, so‘ngra pasayadi 2 rasm 2 rasm. Bosqichlarga bo‘lmasdan (1) va bosqichlarga bo‘lib (2) qazib olishda ochish ishlarining kalendar grafik hajm (V) lari. Konnni bosqichlarga bo‘lib qazib olish hollarida A-E-D-S oraliq konturi karerni bosqichlarga bo‘ladi (10.1 rasmga qarang). Birinchi bosqichni qazib olishda kon ishlari birinchi holdagidek rivojlanadi, biroq ochish pog‘onalari, A-E chizig‘iga etib borgandan keyin, qiyalik burchagi γv = 25÷300 vaqtinchalik bortni hosil qilib, to‘xtaydi. Buning natijasida karer chegaralaridagi A1-A-E-E1 hajmdagi qoplamaning bir qismi ikkinchi bosqichni qazib olishda qazib chiqariladi. SHu sababli ikkinchi holdagi ochish ishlarining kalendar grafigi ochish ishlariga ketadigan harajatlarning bir qismi bir necha yil kechroqqa surilishi sababli tejalgan bo‘ladi (10.2 rasmga qarang, 2 chiziq). Kon ishlari A-E-D-S konturiga etib borgandan keyin, S-D-E-A-A1-F-K konturida ikkinchi bosqichni qazib olish boshlanadi (10.1 rasmga qarang). Vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan bortdagi kon ishlari, ya’ni A-E uchastkadagi foydali qazilmani qazib olish va S-D-E uchastkadan pastdagi uchastkada qoplamani qazish bo‘yicha asosiy ishlar bilan parallel amalga oshiriladi. Bunda vaqtinchalik bortdagi kon ishlarining chuqurlashish tezligi, Zv rezerv zahiralar qazib olingan paytgacha karerning ishchi borti M-L-R chizig‘iga etib borishi uchun, asosiy uchastkaga nisbatan katta bo‘lishi kerak. Bir xil t vaqtda asosiy uchastkalardagi kon ishlari N0 chuqurlikka, vaqtinchalik bortdagi kon ishlari esa Nv chuqurlikka chuqurlashishi kerak. Vaqtinchalik bortni Nv balandligi o‘tish xududining N0 chuqurligidan odatda kattaroq bo‘lganligi sababli vaqtinchalik bortdagi kon ishlarining chuqurlashish tezligi asosiy ish xududidagiga nisbatan katta bo‘lishi kerak Uv >Uo Asosiy uchastkadagi va karerning vaqtinchalik bortidagi kon ishlarining chuqurlashish vaqtini bir-biriga tenglashtirib, ya’ni Qazib olish intensivligi va vaqtinchalik bort o‘lchamlari va karerning asosiy chegaralari orasidagi quydagi bog‘liqlikka ega bo‘lamiz (7.17) SHunday qilib ochishni vaqtincha to‘xtatish hajmini va muddatini aniqlovchi vaqtinchalik bortni balandligi va uni qazib olish jadalligi ixtiyoriy emas, balki o‘tish qazib olish chegarasi chuqurligi va qazib olish ishlarining zarur bo‘lgan chuqurlashish tezligiga ko‘ra belgilanadi. Loyihalash amaliyoti va karerlarning ish tajribasi, birinchi holda karerning vaqtincha ishlaydigan borti karer (Sibayskiy, Kounradskiy, Bajenovskiy karerlari) perimetrlarining ancha yoki katta qismini egallashi mumkinligini, boshqa hollarda esa faqat karerning (Sarbayskiy, Goroblagodatskiy karerlari) yon tomonida yoki yotqiziqning cho‘ziqligi bo‘yicha bortlarning bittasi bo‘ylab (Sarbayskiy, Goroblagodatskiy karerlari) navbatni ajratish mumkinligini ko‘rsatadi. Karerning yon tomonida yoki yotqiziqning cho‘ziqligi bo‘yicha vaqtinchalik bortlarni joylashtirishning maqsadga muvofiqligi karer maydonining uzunligi va kengligi orasidagi nisbatga ko‘ra aniqlanadi. Karerning yon tomonida vaqtinchalik bortlarni joylashtirish katta uzunlikdagi karerlar uchun maqbul (asosan avtomobil transportida). Bunda, ochishni vaqtincha to‘xtatishni katta hajmi va muddatiga mos keluvchi bosqichning parametrlari quyidagi chegaralarda o‘zgaradi: vaqtinchalik bortni balandligi (0,4÷0,5) Nk ga, bosqich kengligi, ya’ni karerning oraliq va oxirgi chegaralari orasidagi masofa (0,45÷0,65) Nk ga, jins butunliklari hajmi (0,25÷0,3) N2kVk (bu erda Nk , Vk – karerning oxirgi chuqurligi va o‘rtadagi kengligi) ga teng. Karerning chuqurligi 250-300 m va uning kengligi 800-1000 m bo‘lganda karer yon tomonida bosqichning o‘rtacha parametrlari: vaqtinchalik bortning balandligi 110-130 m ni, bosqichning kengligi 140-170 m ni, jins tseligining hajmi 15-20 mln. m3 ni tashkil etadi. Katta bo‘lmagan o‘lchamdagi karerlarda planda ochishni vaqtincha to‘xtatish hajmini va uning o‘rtacha yillik chuqurlashish tezligini 10 m atrofida oshirish uchun karer perimetrining katta qismi bo‘yicha joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday sxema dumaloq shakldagi karerlarda qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan vaqtincha to‘xtatish sxemasi va karerning ikkala bortini surish, vaqtinchalik bortda bosh sezdlarni, ishchi bortlarda esa ko‘chma yuklash punktlarini barpo qilish bilan, tavsiflanadi. 7-8 yildan so‘ng ishchi bortlardagi kon ishlari to‘xtatiladi va unga bosh sezdlar ko‘chiriladi. So‘ngra vaqtinchalik bortni surish amalga oshiriladi. Karerning oraliq konturlarida bosh ochuvchi lahimlarni joylashtirish bilan kon ishlarini olib borishning bunday sxemasi Bajenovskiy asbest karerlari amaliyotida odatdagi hol bo‘lib qoldi. 3 rasm. Vaqtinchalik bortlarni karerning yon tomonida (a), yotqiziqning cho‘ziqligi bo‘yicha (b), ish xududining perimetri bo‘yicha (s) joylashtirib, o‘zgaruvchan ishchi bortlar bilan (d), aloxida uchastkalar bilan ketma-ket qazib olishni qo‘llab (e), bir necha uchastkalar bilan bir paytda qazib olishni qo‘llab (f) karerni qazib olish bosqichlariga (I, II, III, IV) bo‘lish sxemasi: 1,2,3,4 – karerni vaqtinchalik bortlarining ketma-ket holati; 5 – karerning oxirgi chegarasi. Ayrim sharoitlarda kon ishlarini alohida uchastkalar bilan ketma-ket olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday holda qazib olishning birinchi davrida birinchi navbatda qazib olish uchun uchastkani tanlash zaruriyati tez-tez paydo bo‘ladi. Bunday hollarda boshlang‘ich davrda konni kelajakda bitta karerga birlashadigan bir necha mustaqil karerlar bilan bir paytda qazib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan Bajenovskiy asbest koni boshlang‘ich davrda, yaqin yillarda bitta karerga birlashgan, alohida karerlar bilan qazib olingan. Respublikamizdagi Kalmaqir koni ham bunga misol bo‘la oladi. 4.Karerlarni bosqichlarga bo‘lish sxemasi bosqich chegaralarida foydali qazilmani qazib olish hajmi va vaqti, ochish hajmi va uni vaqtincha to‘xtatish muddati, vaqtincha bortlarni qazib olish jadalligi va boshqa ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Oraliq chegaralar karerni – vaqtda ketma-ket qazib olinadigan navbatlarga (bosqichlarga) bo‘ladi. Birinchi navbat (a v c d e f chegara) qazib olingandan so‘ng ikkinchi navbat (k l m n o r s t u chegara) qazib olinadi (4 rasm). Temir yo‘l stantsiyalarining holati, ularni qurish va foydalanish muddati (ko‘ndalang kesimda va grafikda 1, 2, .........., 5 nuqtalar) vaqtinchalik bortlarni hosil qilish va ishga tushirish jadvaliga ko‘ra aniqlanadi. Masalan, birinchi bosqichni qazib olishga xizmat qiluvchi, №1 temir yo‘l stantsiyasi foydalanishning 9 chi yilida qurilgan va 50 m chuqurlikda vaqtinchalik sharqiy bortda joylashgan. №2 stantsiya foydalanishning 14 chi yilida xuddi shunday 50 m chuqurlikda, lekin g‘arbiy bortda joylashgan va ikkinchi bosqichni qazib olishga xizmat qiladi. 4.1 rasm. Karerni bosqichma-bosqich rivojlantirish parametrlarini hisoblash sxemasi (a) va vaqtinchalik bortlarni hosil qilish grafigi(b). Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling