Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslaming quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: moddiy yordam summalari


Download 17.52 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi17.52 Kb.
#1045395
Bog'liq
227-226-222gacha


227-savol
2021 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish, aksiz solig‘i, yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini Soliq kodeksiga kiritish, 73 xil tovarga aksiz solig‘ini bekor qilish, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa choralar ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan. 2021 yilgi soliq siyosati Soliq kodeksining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini, eksport qiluvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlashni, soliq yukining adolatli taqsimlanishini va tabiiy resurslaridan samarali foydalanilishini oshirilishini ta’minlashni nazarda tutuvchi soliq islohotlarini davom ettirishga qaratilgan. Qonun loyihasida Soliq kodeksi tarkibiga aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining stavkalarini, shuningdek ushbu stavkalarni qo‘llash bilan bog‘liq ayrim normalar kiritilishi nazarda tutilgan.
226-savol
Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslaming quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: moddiy yordam summalari,
yo’llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan toliq yoki qisman qoplash summalari ( turistik yollanmalar bundan mustasno), o‘z xodimlariga va ulaming bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat ko6rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan
to'langan summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlaming
salomatligini tiklashga doir texnik vositalami olish uchun qilingan xarajatlari. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 0 ‘zbekiston
Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan bvudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida, vaqtinchalik bir martalik ishlami bajarishdan olingan daromadlar agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa;; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlami to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer
xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda summasi; O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir уоЧа beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg6alarining qiymati, shuningdek O’izbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir уоЧа beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar; xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlami egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoia beriladigan pul mukofoti; donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar; jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boigan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar va boshqalar.
225-savol
Айланмадан олинадиган солиқ тадбиркорлар томонидан мустақил ҳисобланади. Ҳисобот даври якунлари бўйича солиқ суммаси солиқ даври бошидан ортиб борувчи якун билан солиқ базасига Солиқ ставкаси кўпайтирилиб 100га бўлинади ва солиқ суммаси келиб чиқади. Солиқ ҳисоботи муддатлари: 1) Ҳисобот давридан кейинги ойнинг 15-кунидан кечиктирмай, 2)Солиқ давридан кейинги даврнинг 15 -февралидан кечиктирмай. Солиқ тўлаш муддати: Солиқ ҳисоботини тақдим этиш муддатидан кечиктирмай амалга оширилади.
224-savol
Soliq subyekti - soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar, ya’ni soliqqa oid munosabatlami tashkil etuvchi
tomonlaming o‘zaro majmui bo4lib, unda bir tomondan, soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar), boshqa tomondan soliqni
undirish vakolati yuklangan davlat soliq xizmati organlari - Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, shahar va tuman davlat soliq
inspeksiyalari qatnashadi. Солиқ тўловчи юридик шахслар ва ваколатли органлар солиқ муносабатларининг субъектлари бўлиб ҳисобланади. (davomi 230-savolga javobda).
222,20,12,7-savol
Jismoniy shaxslar to'laydigan soliqlaming xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‘g‘ridan to‘g‘ri daromadidan
olinadi. Ular to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar byudjetga naqd pul yoki naqd pulsiz to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Jismoniy shaxslar davlat byudjetiga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; mol-mulk solig’i; yersolig‘i; yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda qat’iy belgilangan soliq; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliqlar va boshqa majburiy tolovlar.
Download 17.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling