Soliq va soliqqa tortish
Download 127 Kb.
|
Soliq va soliqqa tortish.
Soliq va soliqqa tortish. Reja:
2. Soliqqа tortish tamoyillari Soliq - qonun bilan o`rnatilgan miqdorlarda va belgilangan muddatlarda byudjet fondiga tushadigan majburiy to`lov. Davlat tomonidan belgilangan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlarning turli xil majmui, ularning shakllari va tuzilishining usullari davlatning soliq tizimini hosil qiladi. Soliq hisob-kitobi soliq to`lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan xo`jalik operatsiyalarini soliqqa tortish uchun hisobga olish tartibi to`g`risida to`la va ishonchli axborot shakllantirish, shuningdek, soliqlarning to`g`riligi, to`liqligi, o`z vaqtida hisoblanishi hamda byudjetga to`lanishini nazorat qilish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni axborot bilan ta`minlash maqsadlarida amalga oshiriladi. Soliq hisob-kitobi tizimi soliq to`lovchi tomonidan soliq hisobi me`yorlari va qoidalarini qo`llanish ketma-ketligi, ya`ni bir soliq davridan ketma-ket boshqasiga o`tish tamoyilidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi. Soliq hisob-kitobini olib borish tartibi soliq to`lovchi tomonidan soliqqa tortish maqsadlari uchun rahbarning tegishli buyrug`i (farmoyishi) bilan tasdiqlanadigan hisobga olish siyosatida belgilanadi. Soliq tizimi davlat bilan birga yuzaga kelgan va rivojlanib borgan. Davlat shakllanib borishining eng ilk bossichlaridagi qurbonlik keltirishni soliqqa tortishning boshlang`ich shakli deb hisoblash mumkin. U yozilmagan qonun bo`lib, shu tariqa majburiy to`lov yoki yig`imga aylanib borgan. Davlat rivojlanib borgani sari «oqsuyaklar» ushri yuzaga keldi, u cherkov uchun olinadigan ushr bilan bir vastda obro`-e`tiborli knyazlar foydasiga undirib olinardi. Ushbu amaliyot turli mamlakatlarda: Qadimiy Misrdan o`rta asr Yevropasi davrigacha, ko`plab yuz yilliklar mobaynida mavjud bo`ldi. Masalan, Qadimiy Yunonistonda eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda zodagonlarning vakillari tomonidan daromadlarning o`ndan bir yoki yigirmadan bir qismi miqdorida daromad soliqlari joriy etilgan. Bu yollanma armiyani saqlash, shaharlar-davlatlar atrofida istehkomlar, ibodatxona, vodoprovodlar, yo`llar surish, turli bayramlarni uyushtirish, kambag`allarga mahsulot va pullar tarsatish va boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun mablag`lar to`plash va sarflash imkonini bergan. Jamiyat rivojlanishining tarixida hali birorta davlat soliqlarsiz faoliyat olib bormagan, chunki unga jamoa manfaatlarini qondirish bo`yicha o`z funksiyalarini bajarish uchun muayyan summadagi pul mablag`lari zarur bo`ladi va uni davlat faqat soliqlar vositasida to`play oladi. Shundan kelib chiqib, soliq yukining eng kichik miqdori davlat funksiyalarining eng kamini bajarish uchun davlat sarflaydigan xarajatlar bilan belgilanadi: bular boshqaruv, mudofaa, sud, tartibni saqlash va boshqalar, davlatga qancha ko`p funksiyalarni bajarish yuklatilgan bo`lsa, u shuncha ko`p soliq to`plashi zarur bo`ladi. Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling