Some bread (a little bread ), some cherries


Download 8.98 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi8.98 Kb.
#1495989
Bog'liq
Grammarway1Unit8


Unit 8
Some/Any/No
Biz some, any va no ni sanalmaydigan otlar bilan ishlatamiz (misol: sugar, bread, va hokazo ) va ko`plikdagi sanaladigan otlar bilan ham ishlatamiz (misol: pens, cars, va hokazo).
Misol:
Some bread (a little bread ), some cherries (a few cherries)
Some a little yoki a few ni anglatadi. Biz someni bo`lishli gaplarda ishlatamiz.
Misol: I`ve got some money. (=I`ve got a little money.)

Biz anyni savollarda va not any bilan bo`lishsiz gaplarda ishlatamiz .
Misol: Have you got any money ? ------savol gap
No, I haven`t got any money. ------------- bo`lishsiz gap.

Biz bo`lishsiz gaplarda no ni ishlatsak bo`ladi, not any ni o`rniga.
Misol: I haven`t got any money./ I have got no money
Esda tuting: Biz some ni savol gaplarda quyidagi holatlarda ishlatamiz : qachonki biz taklif bildirayotganimizda yoki biron bir narsani so`rayotganimizda ishlatamiz.
Misol: Would you like some coffee ? (taklif)
Can I have some coffee, please ? (so`rov)

Download 8.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling