Son ugmsi bo‘yicha testlar


Download 301.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.09.2020
Hajmi301.49 Kb.
#131339
Bog'liq
son-topshiriq


S.R.Design; tel:+998919166606; +998942306606; mail: sarvar.rozimboyev.73@ mail.ru

 

 





Son UGMsi bo‘yicha testlar 

 

1. Egalik affiksining qaysi shaxsdagi shakli 



otlashgan  sonlarga qo‘shilmaydi? 

A) I shaxs birlik             B) II shaxs birlik          

C) III shaxs birlik          D) II shaxs ko‘plik           

 

2. Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta sodda 



(tub) son bor? 

A) 26 ta        B) 23 ta      C) 35 ta      D) 10 ta              

 

3. Poy, qism, toqa, varrak  kabi hisob so‘zlari 



qanday ma’noni ifodalash uchun ishlatiladi? 

A) donalab hisoblash 

B) to‘dalab, guruhlab ko‘rsatish 

C) chamalab hisoblash 

D) butunning qismini hisoblash 

 

4. Qaysi sonlar "sehrli sonlar” sifatida talqin 



qilinadi? 

A) bir, besh, yetti, to‘qqiz 

B) uch, yetti, to‘qqiz, qirq 

C) bir, uch, yetti, qirq 

D) uch, besh, olti, qirq 

 

5. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma son tarkibiy 



qismlarining joylashish o‘rinlari qaysi javobda 

to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 

A) Yuzlik va minglik sonlarda birlik va o‘nlik 

sonlarning oldin yoki keyin kelishi so‘z 

ma’nosini farqlamaydi. 

B) Yuzlikdan keyingi sonlarda birlik va o‘nlik 

sonlar har doim keyin keladi. 

C) Yuzgacha bo‘lgan sonlarda oldin katta son

undan so‘ng kichik son keladi. 

D) Yuzlikdan keyingi sonlarda har doim birlik va 

o‘nlik sonlar oldin keladi. 

 

6. Quyidagilardan uzunlik o‘lchovlarini aniqlang. 



1) chaqirim; 2) qarich; 3) tanob; 4) yog‘och;       

5) botmon, 6) gaz; 7) qadam 

A) 1, 3, 6, 7                 В) 1, 2, 5, 6, 7 

С) 1, 2, 3, 4, 6, 7         D) 1, 2, 4, 6, 7 

 

7. Quyidagi tarixiy o‘lchov so‘zlardan qaysi biri 



maydon o‘lchovi hisoblanadi?                                             

A) paysa                B) tanob                                                

C) dahsar               D) yog‘och 

8. Quyidagi qaysi hukmlar to‘g‘ri? 

1) Jamlovchi sonlar otlashish xususiyatiga ega 

bo‘ladi. 

2) Jamlovchi son shakllari otlashganda ko‘plik va 

egalik qo‘shimchalari bilan birga qo‘llanadi. 

3) -ala qo‘shimchasini olgan son egalik 

qo‘shimchasini olmasligi mumkin. 

4) -ala qo‘shimchasini olgan son har doim 

otlashgan holatda bo‘ladi. 

5) -ovlon jamlovchi sonning eski shakli 

A) 1, 3, 4, 5            В) 1, 2, 3, 5     

С) 1, 2, 4, 5            D) 1, 2, 3, 4, 5 

 

9. Qaysi qatorda kasr son qo‘llangan? 



A) ….to‘rt-beshtacha chakana havaskorlargina 

kelibdi. 

B) Ikki hovli qo‘shib yuborilgan edi. 

C) …qizarib-bo‘zarib, ketmondek oyning yarmi 

ko‘rinadi. 

D) Novvoyxonadan  ikkita issiq non olib chiqay. 

 

10. Burda , shingil, qultum kabi hisob so‘zlari 



qanday ma’noni ifodalash uchun ishlatiladi? 

A) to‘dalab, guruhlab ko‘rsatish 

B) butunning qismini hisoblash 

C) chamalab hisoblash      D) donalab hisoblash 

11. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv 

olib quymoqda edi.Ushbu gapdagi tartib sonning 

sintaktik vazifasini belgilang 

A) aniqlovchi               B) hol             

C) to‘ldiruvchi             D) ega              

 

12. Tarixiy o‘lchov so‘zlar qatorini toping. 



A) yog‘och, gaz, qalam       

B) botmon, nafar, paysa 

C) tanob, sotix, misqol        

D) chaqirim, tup, qarich 

 

13. Qaysi qatorda berilgan gapda hisob so‘z bilan 



qo‘llangan son holga bog‘lanib kelgan? 

A) Besh nafar yo‘lovchi yuklarini avtobusga 

ortib, o‘zlari boshqa mashinada ketishdi. 

B) Bir soat yurgandan so‘ng  yo‘lga chiqdik. 

C) Ikki arava o‘tinni hovliga kirgizib, taxlab 

qo‘ygach, tushlikka o‘tirdi. 

D) Bu savolga beshalasi bir ovozdan javob 

berishdi. 



S.R.Design; tel:+998919166606; +998942306606; mail: sarvar.rozimboyev.73@ mail.ru

 

 



14. Qaysi javobda butunning qismini hisoblash 

uchun ishlatiladigan yasama so‘zlar to‘g‘ri 

ko‘rsatilgan? 

1) tomchi; 2) to‘g‘ram; 3) bo‘lak; 4) burda; 

5) siqim; 6) chimdim; 7) shingil. 

A) 1, 2, 3, 5, 6     

            B) 2, 3, 4, 5, 6 

C) 2, 4, 5, 6, 7 

            D) 1, 2, 3, 4, 5 

 

15. Qaysi javobda sonlar otlashmagan gap(lar) 



to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 

1) Uchalasi qalin o‘rtoq. 

2) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. 

3) Ikkala kishi darvozadan kirib keldi. 

4) Siznikiga yigirmanchida boramiz. 

A) 1, 3, 4           B) 3                 C) 3, 4 

D) barcha gaplarda otlashgan 

 

                         



16. Besh-oltita tinish belgi kelib bugun, 

O‘tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig‘in.  

Berilgan gapda miqdor sonning qanday turi 

ishtirok etgan?  

A) sanoq son  

 

B) dona son  



C) taqsim son  

 

D) chama son  



 

17. Bu songa -ov qo‘shimchasi qo‘shilgach, 

jamlovchi son ma’nosini yo‘qotib “kimdir” degan 

ma’noda qo‘llanadigan olmosh turku-miga 

o‘tadi. Fikr qaysi sanoq son haqida aytilgan?  

A) ikki  

B) uch         C) bir    

D) o‘n  


 

18. O‘zbek tili tarixida hisob uchun qo‘llangan 

“tuman” so‘zi qaysi miqdorni ifodalagan? 

A) ming                 B) yuz        

C) o‘n ming           D) yuz ming 

 

19. Uslubiy noto‘g‘ri qo‘llangan sonlar ishtirok 



etgan gaplarni toping 

1. Sizlar yetib kelganingizda soat beshlarda edi.  

2. Har gektar yerdan 40 sentnerda paxta 

topshirganlarga ofarinlar aytdik. 

3. 10 gektarchadan yerda makkajo‘xori 

yetishtirdik.  

4. Sanamay sakkiztacha dema.  

5. Huquqni bilmaganlar soni 2 ta barobarga 

kamaydi.  

6. Bittaga kessang, o‘ntaga ek. 

A) 1,2,3,4             B) 1,2,3,4,5 

C) 1,2,4,5,6          D) 1,2,3,4,5,6     

20. Qaysi javobda otlashgan sonli gap(lar) to‘g‘ri 

ko‘rsatilgan? 

1) Тayog‘i yo‘g‘on birni urar, so‘zi yo‘g‘on 

mingni urar. 

2) Тo‘qqizida bo‘lmagan aql, to‘qsonida ham 

bo‘lmas. 

3) Тo‘rtovlon ancha suhbatlashdi, keyin ikkitasi 

uy ichida qoldi. 

4) Mingta shirin nasihatdan bitta o‘rnak yaxshi. 

5) Birni bersang otangga, mingni olasang 

bolangdan. 

6) Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi. 

A) 1,2,3,4,6         B) 1,2,3,5,6           

C) 1,2,3,6            D) barcha gaplarda otlashgan 

 

21. “Yumaloq” o‘lchov so‘zi qanday ma’no 



bildiradi? 

A) to‘dalab, guruhlab ko‘rsatish 

B) butunning qismini hisoblash 

C) chamalab hisoblash 

D) donalab hisoblash 

 

22. Hisob so‘zi bilan birga qo‘llangan gapni toping. 



A) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi. 

B) Poyezddan tushgan uch- to‘rt yo‘lovchi tarqalib, 

bekatda Yigitalining yolg‘iz o‘zi qoldi. 

C) Cho‘ponlar har kuni tunda bittadan qo‘y 

g‘oyib bo‘layotganini sezib qolishdi. 

D) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong‘u 

tushguncha loy tashishdi. 

 

23. Donalab sanaladigan narsalarning turini 



ta’kidlah uchun qo‘llaniluvchi “nafar”  so‘zi  

asosan qanday holatda ishlatiladi? 

A) jonli narsalarni donalab sanashda  

B) har qanday donalab sanaldigan narsalarning 

miqdorini ko‘rsatishda  

C) nima? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi barcha otlardan 

oldin kelib uning miqdorini ko‘rsatadi.   

D) shaxslarga nisbatan miqdorni ko‘rsatishda. 

 

24. Quyida berilgan hisob so‘z qanday ifoda 



uchun xizmat qilmoqda? 

Bir qultum suvga zor bo‘lib... 

A) butunning bo‘lagi         

B) og‘irlik o‘lchovi          

C) masofa                                                

D) predmetni yakkalab hisoblash               


S.R.Design; tel:+998919166606; +998942306606; mail: sarvar.rozimboyev.73@ mail.ru

 

 



25. Olti  so‘zidan sonlarning ma’no va grammatik 

turlaridan qaysi birini hosil  qilganda o‘zakda 

tovush tushishi bo‘ladi? 

A) miqdor son             B) chama son               

C) tartib son                D) jamlovchi son               

 

26. Otlashgan son qaysi gap tarkibida qo‘llangan? 



A) Ikkalasi navqiron aktrisaga bamisoli 

sehrlanganday tikilishardi. 

B) Shu xatlardan ikkitasini sho‘xroq yigit yozgan 

ekan. 


C) Rais bir buzoq bilan bitta qo‘y so‘ydirgan.                  

D) A va B 

 

27. Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda 



tovush tushishi hosil bo‘ladi? 

A) ikki, uch, olti          B) ikki, to‘rt, yetti 

C) ikki, olti, yetti         D) ikki, besh, olti, yeti       

 

28. Taqsim son qaysi gapda qo‘llangan? 



A) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan 

to‘rttasi bor. 

B) So‘rining shundoq yoniga ikki dona olma 

tushibdi. 

C) Bemorlar palatalarga to‘rttadan joylashtirildi. 

D) Ularning ikkovi ham jim qolishdi. 

 

29. Taqsim son qanday hosil bo‘ladi? 



A) hisob so‘zlardan keyin  -dan  qo‘shimchasini 

keltirish orqali 

B) ikki sonni juftlash orqali                                

C) dona sonni takrorlash orqali           D) A va C                                                             

 

30. Hisob so‘zlar sonlar bilan qo‘llanganda,  



qanday tinish belgisi qo‘yiladi? 

A) tire, vergul                           B) ikki nuqta      

C) nuqtali vergul                         

D) tinish belgisi qo‘yilmaydi            

 

31. Qanday sonlar juftlashib kela olmaydi? 



A) miqdor sonlar             B) chama sonlar          

C) jamlovchi sonlar         D) tartib sonlar 

 

32. Uchovlashib ichkari uyga tomon yo‘naldilar. 



Berilgan gapdagi  son  qaysi  sintaktik  bo‘lak 

vazifasida qo‘llangan? 

A) ega                             B) hol               

C) to‘ldiruvchi                D) aniqlovchi             

33. Kasr son qo‘llangan qatorni toping. 

A) Ikki xovli qo‘shib yuborilgan edi. 

B) ...qizarib-bo‘zarib, ketmondek oyning yarmi 

ko‘rinadi. 

C) ...to‘rt-beshtacha chakana havaskorlargina 

kelibdi. 

D) Novvoyxonadan ikkita non olib chiqay. 

 

34. Sonning morfologik xususiyatlari qaysilar? 



A) Sintaktik qo‘shimchalar sonning hamma 

turlariga ham  qo‘shila bermaydi. 

B) Boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi. 

C) Sondan turli so‘z turkumlari yasalishi 

mumkin.                                   D) A,B,C 

 

35. Sonlarning qaysi turi kirish so‘z vazifasida 



kela oladi?                                                                                     

A) miqdor sonlar          B) jamlovchi sonlar                     

C) tartib sonlar              D) chama sonlar 

 

36. Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda 



qo‘llangan? 

A) Bu sinfda yigirma beshta o‘quvchi o‘qiydi. 

B) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. 

C) Shahrimizda o‘nlab teatrlar bor. 

D) Ikkovimiz ham sekin pastga tushdik. 

 

37. Chama sonning sintaktik vazifasini toping. 



Ularning biri elliklarda, ikkinchisi esa oltmishlarda 

edi. 

A) ega                         B) kesim              

C) to‘ldiruvchi            D) aniqlovchi             

 

38. Otlashgan sonni aniqlang 



A) Beshta  qiz salqin hovlida chir-chir aylanib 

koptok o‘ynar edi. 

B) Ular ancha gaplashib turgandan keyin, biri  

qishloq tomonga ketdi, ikkinchisi orqaga qaytdi. 

C) Bir kilogramm paxta tolasidan o‘n ikki metr          

chit yo yigirma metr batist tayyorlash mumkin. 

D) Alisher Navoiy XV asrda yashab, ijod etgan. 

 

39. Bir so‘zining chegaralov ma’nosi qaysi 



qatorda berilgan? 

A) Bir gektar yerni bog‘u bo‘stonga aylantirdi. 

B) Choy mahalida bir kulib, bir yig‘lamsiradi.   

C) U bir kuni ovga chiqdi.  



D) Hamma keldi, bir Hakimjon ko‘rinmadi.                      

Download 301.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling