Spektrofometriya usulining nitrofuran hosilalari tahlilida qo`llanilishi Bajardi: Muhammadjonov Miraziz


Download 90.4 Kb.
Sana30.07.2020
Hajmi90.4 Kb.
#125155
Bog'liq
farmximiya.mustaqil.

Spektrofometriya usulining nitrofuran hosilalari tahlilida qo`llanilishi

Bajardi: Muhammadjonov Miraziz

Reja:


1. UB-spektrofotometriya asoslari

2. UB-spektrofotometriyani dori vositalari tahlilida qo‘llanilishi.

3. Spektrofotometrik usul yordamida dori yot moddalarini aniqlash

Bu usul yordamida dori vositalari miqdorini aniqlashning eng muhim sharti, tekshiriluvchi modda eritmasining ma’lum konsentratsiya oralig’ida nur yutilishining birlashgan qonuni - Buger-Lambert-Ber qonuniga bo’ysunishidir.

Nur yutilish qonunining aynan eritmaga qo’llanilishi mumkinligini aniqlash uchun konsentratsiyasi ma’lum bir nechta standart eritmalar tayyorlab, spektrning yutilish eng ko’p bo’ladigan qismiga mos kelgan to’lqin uzunligida ularning optik zichligi aniqlanadi. Spektrning yutilish eng ko’p bo’lgan qismini aniqlash uchun turli to’lqin uzunliklaridagi eritmaning nur yutishi o ’rganilib, abssissa o’qiga nanometrlardagi to’lqin uzunligi yoki to’lqin soni (sm-1 ), ordinata o’qiga esa eritmaning optik zichligi (D), optik zichlikning logarifmi (lgD), molyar yutilish ko’rsatkichi (e) yoki molyar yutilish ko’rsatkichining logarifmi (lge) qo’yilib, grafik holidagi yutilish spektri olinadi. Moddaning eritmadagi yutilish spektri optik zichlik (D) yoki yutilish (A)ning to’lqin uzunligiga bog’liqligini ko’rsatadi. Yutilish spektrida ma’lum to’lqin uzunligiga mos kelgan yutilish maksimumi (lmax ; Dmax) yoki to’lqin soni (vmax; Emax) aniqlanadi. Yutilish spektri har bir individual (ayrim) modda uchun o’ziga xos bo’lib, ular yordamida moddaning sifat tahlilini bajarish mumkin. Ba’zi bir dori moddalarning miqdorini spektrofotometrik usul bilan aniqlash uchun standart namunaning eritmasidan foydalanishga to’g’ri keladi. Standart namuna uchun farmakopeya qo’mitasi tomonidan qayd etilgan MTX bo’lishi lozim.Amalda, ko’pchilik hollarda MTX bilan tasdiqlangan standart namuna bo’lmaganligi uchun ayni shu moddaning farmakopeya maqolasining barcha talablariga javob bera oladigan namunasi shartli ravishda standart namuna deb qabul qilinadi. Spektrofotometrik usul bilan dori moddasini tahlil qilish uchun optik zichligi 0,3 dan 0,7 gacha qiymatda bo’ladigan konsentratsiyada eritma tayyorlash tavsiya etiladi. Eritma optik zichligining eng qulay qiy mati 0,434 deb belgilangan, chunki bu qiymatga mos bo’lgan optik zichlik asosida eritmaning konsentratsiyasi aniqlanganda nisbiy xatolik kichik qiymatda bo’ladi.Solishtiriluvchi eritma sifatida olingan eritma nazorat yoki solishtiriluvchi eritma deb ataladi. Spektrofotometrik tahlilda nisbiy xatolik 1—2% oralig’ida bo’ladi.

Fotometrik usullarga tekshiriluvchi eritma tomonidan nurning yutilishiga - absorbsiyasiga asoslangan fotoelektrokolorimetrik va spektrofotometrik usullar kiradi. Bu usullar elektromagnit nurlanishning tanlab yutilishiga asoslangan bo‘lib, bunda molekuladagi yoki iondagi elektronlar holati asosiy ahamiyat kashf etadi.

Har qanday modda tebranish soni (chastotasi) ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan elektromagnit nurni yutadi. Elektromagnit nurlanish to‘lqin va korpuskulyar xossalarga ega bo‘lib, nurlanish va yutilish jarayonlari kvantlar tarzida amalga oshadi.

Spektrofotometrning tuzilish chizmasi

1 - nur manbasi, 2 - tirqish, 3 - difraksiya setkasi, 4 - solishtiriluvchi eritma, 5 - tekshiriluvchi eritma, 6 - fotoelement, 7 - tok kuchini o‘lchovchi qurilma

Bu usul yordamida dori vositalari miqdorini aniqlashning eng muhim sharti, tekshiriluvchi modda eritmasining ma’lum konsentratsiya oralig‘ida nur yutilishining birlashgan qonuni - Buger-Lambert-Ber qonuniga bo‘ysunishidir. Nur yutilish qonunining aynan eritmaga qo‘llanilishi mumkinligini aniqlash uchun konsentratsiyasi ma’lum bir nechta standart eritmalar tayyorlab, spektrning yutilish eng ko‘p bo‘ladigan qismiga mos kelgan to‘lqin uzunligida ularning optik zichligi aniqlanadi. Spektrning yutilish eng ko‘p bo‘lgan qismini aniqlash uchun turli to‘lqin uzunliklaridagi eritmaning nur yutishi o‘rganilib, abssissa o‘qiga nonometrlardagi to‘lqin uzunligi yoki to‘lqin soni (sm-1), ordinata o‘qiga esa eritmaning optik zichligi (D), optik zichlikning logarifmi (lgD), molyar yutilish ko‘rsatkichi () yoki molyar yutilish ko‘rsatkichining logarifmi (lg) qo‘yilib, grafik holidagi yutilish spektri olinadi. Moddaning eritmadagi yutilish spektri optik zichlik (D) yoki yutilish (A)ning to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Yutilish spektrida ma’lum to‘lqin uzunligiga mos kelgan yutilish maksimumi (max; Dmax) yoki to‘lqin soni (max; Emax) aniqlanadi. Yutilish spektri har bir individual (ayrim) modda uchun o‘ziga xos bo‘lib, ular yordamida moddaning sifat tahlilini bajarish mumkin.

Konsentarsiyasi ma’lum bo‘lgan standart eritmalarning optik zichliklarini yutilish maksimumiga mos keladigan to‘lqin uzunligida aniqlash (max) asosida kalibrlangan grafik chiziladi. Bunda agar eritma aniqlangan konsentratsiyalarda nur yutishning birlashgan qonuniga amal qilsa, koordinatalar boshidan boshlangan to‘g‘ri chiziq hosil bo‘ladi.



Nitrofuranlar. Nitrofuranlar 5-nitrofuranning ikkilamchi unumlari bo`lib, nitroguruh hisobiga bir qator mikroorganizmlarga baktеriostatik ta'sir ko`rsatadi. Ushbu birikmalarni S.A. Gеllеr boshchiligida Latviyalik kimyogarlar sintеz qilishgan. Nitrofuranlar o`z farmakologik ta'siri va ishlatilishi bo`yicha sulfanilamidlarga yaqin turadi. Kimyotеrapеvtik spеktri bo`yicha ular grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarni(stafilakokk, strеptokokk, entеrokokk, ichak tayoqchasi, qorin tifi tayoqchasi, salmonеllalar, shigеllalar, paratif va dizеntriya baktеriyalari, zamburug`lar, viruslar) o`z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, nitrofuranlar bu jihatdan sulfanilamidlardan ustun turadi. Nitrofuranlar katta kontsеntratsiyada baktеritsid ta'sir ko`rsatadi. Nitrofuranlarning mikroorganizmlarga bo`lgan bu xil ta'siri dеgidrogеnaza fеrmеntining tormozlanishi va oksidlanish-qaytarilish jarayonida qatnashishining chеgaralanishi bilan izohlanadi. Buning natijasida mikroorganizmlarning enеrgеtik balansi, hujayra hayoti o`zgaradi. Nitrofuranlar ta'sirining ijobiy tomonlaridan biri shuki, ular sulfanilamid va antibiotiklarga chidamli bo`lgan yuqumli kasalliklarda ham naf ko`rsatadi. Allеrgiya holatini dеyarli kеltirib chiqarmaydi. Nitrofuranlar ta'siriga mikroorganizmlarning o`rganib qolishi sеkin-asta yuzaga chiqishi mumkin. Ko`pchilik prеparatlar mahalliy ta'sir ko`rsatib, yaraning bitishini tеzlashtiradi. Shuni aytib o`tish kеrakki, ayrim nitrofuranlar tanada mеtabolizmga uchramagani uchun buyrak orqali chiqayotganida o`z antibaktеrial xususiyatini saqlaydi. Shuning uchun ham ular pеshob yo`llarining yallig`lanishi bilan bog`liq xastaliklarda uro’antiseptik sifayida kеng qo`llaniladi. Bundan tashqari, ular jarrohlik, ginеkologiya, gastroentеrologiyada kimyotеrapеvtik va antisеptik prеparatlar sifatida tavsiya etiladi. Masalan, yiringli va anaerob infеktsiyada, tеri yiringli kasalliklarida, anginada, kon'yunktivitda, dizеntеriyada, ovqat toksikoinfеktsiyasida, entеrokolit, ostеomiеlit, pеritonit, sеpsisda, lyablioz, trixomonoz va boshqalarda bеriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Арзамасцев А.П. и dp. ®apMaD£Bm4ecKaH химия. — M.: «reoTap- Meд», 2005. 2. Беликов В.Г. Лабораторнью работы no (^apMaDgB'raHecKoft химии.— M., 1989. 3. Беликов В.Г. Фapмaцeвтичecкaя химия. — М.: «M^npecc»,2008. 4. Берштейн И.Е., Каминский Ю.Л. CneктpoфoтoмeтpичecкийaHam:3 в opгaничecкoй химии. — Л.: 1975. 5. Булатов М.И., Калинкин И.П. npaKra4ecKoe pyкoвoдcтвo no фoтoкoлopимeтpичecким и cneктpoфoтoмeтpичecким мeтoдoм aнaлизa.— Л.: 1976. 6. Гocyдapcтвeннaя фapмaкoneя, X изд. — М.: 1968. 7. Гocyдapcтвeннaя фapмaкoneя, XI изд. T. 1. — M.: 1987. 8. Гocyдapcтвeннaя фapмaкoneя, XI изд, T. 2. M.: 1990. 9. Ibodov A.Y. Farmatsevtik kimyo. I t. — T.: «Abu Ali ibn Sino»,1996. 10. Ibodov A. Y. Farmatsevtik kimyo. II t. — T.: «Abu Ali ibn Sino»,1996. 11. Машковский М.Д. Лeкapcтвeнныe cpeдcтвa. — М.: «Мeдицинa»,T. 1. 1998. 12. Машковский М.Д. Лeкapcтвeнныe cpeдcтвa. — М.: «Мeдицинa»,T. 2. 1998. 13. O ‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati (prof. A.N.Yunusxodjayev tahriri ostida). I kitob. — T.: «Abu Ali ibn Sino», 2001. 14. O ‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati (prof. A.N.Yunusxodjayev tahriri ostida). II kitob. — T.: «Abu Ali ibn Sino»,2001. 15. O ‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati (prof.A.N.Yunusxodjayev tahriri ostida). III kitob. — T.: «Abu Ali ibn Sino», 2003. 16. Ubaydullayev Q.A. va boshqalar. Farmatsevtik kimyo. — T.: 2006. 17. The United States Pharmacopoeia. 2003. 18. European Pharmacopoeia. Council of Europe, 1997. 3 rd Edition. — Strasbourg, 1997.


Download 90.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling