Spirtlar mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi


Download 1.46 Mb.
bet1/3
Sana29.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1138112
  1   2   3
Bog'liq
Shablon





KURS ISHI







O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYAT
NAMANGAN SHAHAR XALQ TA’LIMI
BO’LIMIGA QARASHLI
33- SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM
MAKTABINING KIMYO FANI O’QITUVCHISI ABDALIYEVA G’OLIBANING

10 SINF UCHUN KIMYO FANIDAN
SPIRTLAR MAVZUSIGA BIR SOATLIK
DARS ISHLANMASI















KIRISH
Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyati, tarixi, o‘ziga xos urf-odatlari, hayotiy qadriyatlarini o‘zida jamlab beruvchi barcha manbalar shu xalqqa tegishli bo‘lgan ona tilisida yozilgan bo‘ladi. Boshqa xalqning tarixini, rivojlanish bosqichlarini, ma’naviy boyliklarini o‘rganish bevosita shu xalqqa tegishli tilni o‘rganish orqali bilib olish mumkin. Bizning qadimiy, go‘zal diyorimizni jahon tamadduni beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro hamjamiyat e’tirof etmoqda. Bu zamindan ne-ne buyuk zotlar, olim-u ulamolar, siyosatchi davlat arboblari yetishib chiqqanligini jahon ommasiga yanada ko‘proq yetkazish, bildirish uchun asosiy ko‘prik vazifasini xorijiy tillar o‘taydi1. Shu va boshqa davr talablari nuqtai nazarida xorijiy tillarni mukammal o‘rganish zamonning bizning oldimizga qo‘ygan dastlabki vazifalaridan biridir.
Ozod diyorimiz o‘z erkini qo‘lga kiritganidan keyin buyuk ajdodlarimizning tengsiz asarlarini o‘rganishga keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bu buyuk masalalarni o‘rganish o‘z-o‘zidan xorijiy tillarni o‘rganish vazifasini olib keldi. Xorijiy tillarni, jumladan arab tilini va bu tilning boshqa tillarda uchramaydigan imkoniyatlarini, tarixiy grammatikasini, shuningdek, bu til hozirgi asrimizda dunyo tillaridan biri sifatida mukammal bilish, o‘zlashtirish lozimligini hozirgi kunimiz talab qilmoqda.
XXI asr boshlarida ro‘y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, xususan, sobiq sho‘ro hukmronligida qolib ketgan o‘zbek xalqi mustaqil, suveren davlat sifatida ajralib chiqishi va dunyoga tanilishi arab tili va uni o‘rganish rivojiga yangi imkoniyatlarni boshlab berdi. Mustaqillikning ilk yillaridanoq muqaddas islom dinimizga berilgan e’tibor, arab davlatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayib, mustahkamlashib borishi bu xalqlarning tillarini Qiyosiy asosda chuqur tadqiq qilish uchun boy imkoniyatlar yaratdi. “O‘zbek adabiy tilining tarixiy shakllanish qonuniyatlarini to‘g‘ri va to‘la belgilashda bunday tadqiqotlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Til tarixini, imlo bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ham ana shunday Qiyosiytadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi”2.
Eslatib o‘tish kerakki, mustabid sho‘ro siyosati tazyiqi ostida 70 yil mobaynida arab tili va bu bilan bog‘liq barcha ma’rifiy-ma’naviy ishlar to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Bizning “Otlardagi son kategoriyalarning o‘zbek va arab tillaridagi qiyosiy tahlili” nomli ilmiy ishimiz arab tilini oson o‘rganishda, o‘zbek tili bilan qiyosiy tahlil qilib o‘zlashtirishda juda muhim o‘rin egallaydi. Qiyosiy tahlil - qiyoslanayotgan ikki turli xil tillar o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni chog‘ishtirishdir. Qiyosiy tahlil qilish o‘rganish davomida uchraydigan muammolarni yoritishda o‘zining muhim roliga ega. Qiyosiy tahlil qoidalarning farqli va o‘xshash tomonlarini o‘rganishni osonlashtiradi. Arab va o‘zbek tillaridagi ot so‘z turkumidagi son kategoriyalarini qiyosiy tahlil qilishda bu kategoriyalarda uchraydigan o‘xshash va farqli jihatlarni qiyosiy tahlil qilishga harakat qildik.
Arab tili somiy tillar turkumiga, o‘zbek tili turkiy tillar turkumiga kiruvchi bir-biriga qardosh bo‘lmagan, geografik jihatdan bir-biridan uzoq tillardir. Ikki xalqning ijtimoiy va geografik omillar asosida arab va o‘zbek tillarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday o‘ziga xos xususiyatlarning sabablarini o‘zbek va arab tillaridagi leksik-morfologik sathlar, kategorial belgilar, paradigmatik va sintagmatik aloqa vositalarini qiyoslash asosida tahlil qilish mumkin. Xususan, kategorial belgilarning o‘zgaruvchanligiga ko‘ra o‘zbek tilidagi va arab tilidagi ot so‘z turkumi o‘ziga xos murakkablikka ega. Hozirgi o‘zbek va arab tillarida ot turkumiga xos kategoriyalar bir-biridan farqlanuvchi ko‘p xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shu xususiyatlardan biri sifatida ot turkumidagi holat va ikkilik son kategoriyalarini keltirib o‘tish mumkin. Qardosh tillar bo‘lmasada, ayrim xususiyatlari bir-biriga o‘xshashdir. Shu ma’noda mashhur tilshunos Ferdinand de Sosyurning “Butun til qoidalari, sistemalari faqat o‘xshashliklar va tafovutlar atrofida bo‘ladi,”3 – degan fikri o‘rinlidir. O‘zbek va arab tillaridagi ot turkumiga xos kategoriyalarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash mavzuning dolzarbligidir.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling