Sql(Structured Query Language) haqida


Download 61.89 Kb.
bet1/6
Sana29.01.2023
Hajmi61.89 Kb.
#1138790
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SQL tili


SQL(Structured Query Language) haqida
Assalomu alaykum hammaga!!! Bugun sizlar bilan hammaga mashhur bo'lgan SQL(Structured Query Language) haqida gaplashamiz. Qani unda boshladik....

SQL(Structured Query Language) haqida
SQL(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko'p operatorlardan tashkil topgan.Bu operatorlar orqali foydalanuvchilar, hamda dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma'lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, ammo so'rovlarni amalga oshirishda bu so'rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo'q.
1970-yil iyun oyida E. F. KODD o'zining E.F. Codd, "A Relational Model of Data for Large Shared Data Banks" maqolasini ommaga taqdim etdi va bu maqola "Communications of the ACM" jurnalida chop etildi. Hozirgi kunda kodning bu modeli "relyastion ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(RMBBT)" ning yakuniy modeli deb qabul qilindi. Kod ning modelni yo'lga qo'yish maqsadida IBM firmasi SEQUEL(Structured English Query Language) tilini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu til SQL tiliga o'zgartirildi va lekin haligacha "sikvel" deb ham yuritilmoqda. 1979-yil Relational Software(hozirgi vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi SQL-ning birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim etdi. Hozirgi kunda SQL-tili RMBBTning standart tili hisoblanadi.

SQL-tili so'rov-natija ko'rinishida ishlaydi. So'rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi hamda, natija olinadi. SQL uchun ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar qanday shaklda, qanday tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo'q, foydalanuvchilar ham bu ma'lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to'g'ri yozish orqali istalgan ma'lumotlarni chiqarish mumkin.
SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy,standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar biz bu tilni bir marotaba o'rganib olsak, istalgan MBBT lari bilan ishlay olamiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yig'indisi(kichik so'rov dasturi)ni, istalgan MBBT-ga ko'chirish mumkin bo'ladi.
Nega SQL?
SQL keng tarqalgan, chunki u quyidagi afzalliklarga ega:

  • Foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridagi ma’lumotlarga kirishga ruxsat beradi.

  • Foydalanuvchilarga ma’lumotlarni tasvirlashga imkon beradi

  • Foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni aniqlash va ularni boshqarishga imkon bera oladi.

  • SQL modullari, kutubxonalari va pre-kompilyatorlaridan foydalanib, boshqa tillarda ichki joylashuvga ruxsat beradi

  • Foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazalari va jadvallarni yaratish va tushirishga ruxsat beradi

  • Foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazasida ko’rish, saqlanadigan protsedura, funksiyalarni yaratishga imkon beradi

  • Foydalanuvchilarga jadvallar, protseduralar va ko’rinishlar bo’yicha ruxsatlarni o’rnatish uchun ruxsat beradi.


Download 61.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling