Stajirovka yu


Download 0.61 Mb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1518909
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliyot uchun xisobot

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O„RTA MAXSUS ТA‟LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG„BEK NOMIDAGI

O„ZBEKISTON МILLIY UNIVERSITETI

GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI

GEODEZIYA VA GEOINFORMATIKA KAFEDRASI

5А313401 –Geodeziya va geoinformatika mutaxassisligi

Stajirovka dasturi asosida O‟zDAVYERLOYIHA DILI amaliyot bo`yicha

HISOBOT

Kafedra tomonidan biriktirilgan
stajirovka rahbari: v.b. PhD, D.N.Raxmonov


Rizayeva D.M.


Korxona tomonidan biriktirilgan
stajirovka rahbari:

Toshkent-2022




STAJIROVKA YUZASIDAN YOZILGAN HISOBOT REJASI

KIRISH

1. “O‟zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti bilan tanishuv.


2. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari .
3. O‟zbekiston Respublikasi Qishloq xo‟jaligini rivojlantirishning 2020-2030
yillarga mo‟ljallangan strategiyada belgilangan vazifalarni 2022-yilda
amalga oshirish chora-tadbirlari.
4. Institut faoliyatining maqsadi va sohasi


Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga
alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda nafaqat nazariy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadr balki ularni amaliyotda qoʻllab olgan bilimlarini yanada mustahkamalagan kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2015-yildagi 36-son qarorida tasdiqlangan “Magistratura tugʻrisida nizomi” da magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan hamda oliy taʼlim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan mezonlar va talablar berilgan.
Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. Nazariyaning boshlangʻich shakli gipotezalar. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu asosda yangi nazariya yuzaga kelishi mumkin.
Shunga asosan bakalavr talabasi ham amaliyotni korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda oʻtash davomida, oʻquv dasturlarida belgilangan vazifalarini mustaqil ravishda bajaradilar. Ilmiy amaliyot magistr nazariy bilimlarini amaliy yoki unumli mehnat bilan boglab, ularda koʻnikma va malakalar hosil qiladi, ilmiy ishiga zarur boʻlgan tadqiqotlarni olib boradi va ularni tahlil qiladi.

O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti bilan tanishuv


“O‟ZDAVYERLOYIHA” davlat ilmiy-loyihalash instituti
O„zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1961 yil 24 martdagi 205-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan va Institut O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 fevraldagi “Qishloq xo„jaligiga mo„ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ- 5006-son qaroriga asosan Qishloq xo„jaligi vazirligi tarkibiga o„tkazilgan. “O„zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan tashkil etilgan. Uning muassisi bo„lib O„zbekiston Respublikasi Qishloq xo„jaligi vazirligi hisoblanadi. Institut o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi. Institut faoliyatining asosiy maqsadi davlat boshqaruv organlari qarorlarini (hujjatlarini) amalga oshirishga qaratilgan yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo„naltirilgan loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot, kuzatuv ishlarini bajarish, xo„jalik yurituvchi sub‟ektlarga hujalik shartnomalarga asosan xizmatlar ko„rsatish hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar va xizmatlarni ko„rsatish orqali daromad olishdan iborat.
Quyidagilar institut faoliyatining asosiy yo„nalishlari hisoblanadi: yer tuzish ishlarining bajarilishini ta‟minlash va yer tuzishni takomillashtirishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; qishloq xo„jaligiga mo„ljallangan yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etish orqali yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish; yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini tanlash va ajratish bo„yicha yer tuzish loyiha hujjatlarini tayyorlash va yer uchastkalarini naturada (joyning o„zida) chegaralarini belgilab berish; elektron raqamli qishloq xo„jaligi xaritalarini yaratish hamda yangilab borish maqsadida yer uchastkalarini deshifrovka qilish va xatlovdan o„tkazish bo„yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek, qishloq xo„jaligiga mo„ljallangan yerlarni xatlovdan o„tkazish orqali

holati yomonlashgan, shuningdek, foydalanilmayotgan, samarasiz va maqsadsiz foydalanilayotgan qishloq xo„jaligi yerlarini aniqlash ishlarini bajarish; qishloq xo„jaligiga mo„ljallangan yerlarning har bir yerdan foydalanuvchisi va ijarachisi bo„yicha yer kadastri elektron bazasini shakllantirish ishlarini bajarish va ularning “Yer axborot tizimi” geportalini yaratish va yuritish; sohaga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda qishloq xo„jaligiga mo„ljallangan yerlarni tahlil etib borish, yer turlari, yer uchastkalari holati va ulardagi o„zgarishlar bo„yicha kuzatish, o„zgarishlarni o„z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarni bartaraf etish maqsadida qishloq xo„jaligiga mo„ljallangan yerlarini monitoring qilish;




Yaylov va pichanzolarda geobotanik tadqiqotlarni amalga oshirish va yaylov xaritalarini tuzish, tabiiy yem-hashak o„sadigan yaylovlarning o„simlik qoplami holatining o„zgarishi bilan bog„liq jarayonlarning (o„simliklar tarkibi, turi va hosildorligi, ularning sifati va to„yimligigining o„zgarishi) holati bo„yicha monitoring qilish; qishloq xo„jaligi ekinlarini joylashtirish bo„yicha elektron raqamli xaritalarini tuzish va ulardan foydalanishni tashkillashtirish, qishloq xo„jaligi ekinlarini joylashtirish rejalariga rioya qilinishi, shuningdek, agrotexnik tadbirlarlarning o„z vaqtida bajarilishi yuzasidan qishloq xo„jaligi ekinlarini monitoring qilish; qishloq xo„jaligi ekinlarini almashlab ekish bo„yicha loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo„yicha tavsiyalar ishlab chiqish; qishloq xo„jaligi ekin maydonlarining me‟yoriy qiymatini va sifat ko„rsatkichlarini aniqlash; qishloq xo„jaligi yerlarining buzilgan qismini rekultivatsiya qilish bo„yicha loyihalar ishlab chiqish; yer tuzishga oid barcha ishlab chiqilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini olib borish; yer tuzish va yer kadastriga oid loyiha-qidiruv ishlarni bajarishda foydalanish uchun qishloq xo„jaligi xaritalarini nashr qilish; institut o„z maqsadlari va vazifalari doirasida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling