Statistik jadval va ularga qo’yiladigan talablar


Download 78.37 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi78.37 Kb.
#1220130
  1   2
Bog'liq
2-mavzu Sattorova Mohinur

Statistik jadval va ularga qo’yiladigan talablar

Guruh raqami: 9 BH- S - 20 Fan nomi: statistika

Talaba: Sattorova Mohinur Fan o’qituvchi: Isaev Atabek

Mavzu rejasi: 1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati. 2. Statistik jadvallarning turlari. 3. Statistik jadvallarni tuzish qoidalari. 4. Statistik jadvallarni o’qish va tahlil qilish. 5. Statistik ko’rsatkichlarni grafiklarda tasvirlashning ahamiyati. 6. Statistik jadvallar va grafiklardan amaliyotda foydalanish. 7. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda statistik jadvallar va statistik grafiklardan kompleks foydalanish va uning ahamiyati.


Jadval statistik ma’lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlash-tirib taqdim etish usulidir
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so’z bilan bayon etishga qaraganda o’rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko’rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o’zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi. Jadvallar yotiq va tik to’g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo’lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o’z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo’lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi. Agarda jadval qatorlari va ustunlari o’z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo’lib, sonlar bilan to’ldirilmagan bo’lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo’lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko’rsatilgan bo’lishi, shuningdek, o’lchov birligi ham berilgan bo’lishi lozim. Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo’lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo’yicha uni o’ziga xos mantiqiy gapga o’xshatish mumkin. SHuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko’rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to’plam jadvalning egasi, ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o’ng tomonida bo’ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin
Grafik – bu statistik ma’lumotlar-ni ta’sirchan va jozibali qilib tasvir-laydigan geometrik shakldir
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga sazovor va lo’nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo’llanadi. Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli olingan me’yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o’ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to’laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. SHuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o’taydi. SHunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo’lamiz. Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va o’zaro bog’lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, o’rganilayotgan murakkab to’plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish ko’lamini tasvirlashda qo’llanadi.
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil turlarga, tasnifiy guruhlarga bo’linadi. Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo’li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo’laklarga) bo’linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo’llanadi. Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko’pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi. Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me’yorga aytiladi. U o’rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, O’zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, bu me’yor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi. SHkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bo’ladi va, demak, shu miqdor deb o’qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir
CHiziqli va yassi diagrammalarning juda ko’p turlari mavjud bo’lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat. CHiziqli diagrammalarBu diagrammalar eng keng tarqalgan bo’lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog’lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko’rsatkichlari tasvirlanadi. CHiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o’qqa (ordinata o’qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko’rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o’qqa (abtsissa o’qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki faktor belgisining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o’qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o’qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o’tkaziladi. Ularning o’zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho’qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo’ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o’rganilayotgan hodisalarning o’zaro bog’lanishini tasvirlaydi. Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa taqsimlanish gistogrammasi deb yuritiladi. CHiziqli diagrammalar ko’pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo murakkab hodisa va jarayonlarni o’rganishda bu shakl har doim qo’l kelavermaydi. Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir. Spiral shaklli diagrammalar o’rganilayotgan to’plamning umumiy o’zgarishi bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining o’zgarishini ham tasvirlash yoki hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) o’zgarishi bilan bir yo’la har bir davr ichidagi (masalan, oyma-oy) o’zgarishini ham aks ettirish zarur bo’lganda qo’llaniladi.

Download 78.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling