Sud notiqligi san’atstrrepla


Download 35.84 Kb.
bet1/4
Sana16.02.2023
Hajmi35.84 Kb.
#1203760
  1   2   3   4
Bog'liq
sud notiqligi


Sud notiqligi san’ati


R e j a:

1. Ritorika. Notiqlikning san’at ekanligi.



2. Notiqlikning turlari.

3. Sud notiqligi va uning mantiqiy asoslari.

4. Nutqiy jarayonda til vositalarini tanlash mahorati.

5. Sud jarayonida notiqlarning nutqiy strategiyasi.


6. Sud jarayonidagi har qanday nutqning odillik va qonun asosiga qo’yilishi.


7. Ayblov va himoya nutqining xususiyatlari.




Tayanch so’z va iboralar:ritorika, notiqlik, akademik, ijtimoiy, sud, harbiy, siyosiy, maishiy, oshkora nutq xususiyatlari, yunon va rim notiqligi, ritorika nazariyasi, mantiqiy asos, ishontirish, dalillash, ayniyat, ziddiyat, uchinchisi mustasno, yetarli asos, nutqni to’g’ri tuzish, til vositalaridan to’g’ri foydalanish, tanlash, hissiy-ruhiy aspekt, hissiyotni boshqarish, ma’naviy erkinlik, huquqiy madaniyat, nutqiy mahorat, nutqiy strategiya, nutq tuzilish, munozaraga ongli va hissiy yondashuv, dalillashning taqiqlangan usullari, ifoda tasvir vositalari, ayblov va himoya nutqining farqlari.


Ritorika grekcha so’z bo’lib notiqlik san’ati mazmunini beradi. Notiqlik nazariyasi, notiqlik san’ati haqidagi fan, notiqlik san’ati haqidagi ta’limot ma’nolarini esa notiqlik san’atining keng rivoj topib, nutq madaniyatining alohida sohasi sifatida shakllangandan keyin olgan. U filologiyaning stilistika – uslubshunoslik yo’nalishida o’rganiladi.
Uning nazariy asoslari Aristotelning «Ritorika» asarida bayon qilingan. Siseron, Dimosfen, Kvintilian kabilar bu san’atning yirik vakillari sanaladi.
Notiqlik san’ati, ya’ni ritorika eramizdan avvalgi III-II asrlarda Yunonistonda shakllangan bo’lib, keyinchalik Rimda tarqalgan. Bu davrlarda Yunonistonda demokratik jarayonlar barq urib rivojlangan bir paytda davlat arboblarining obro’-e’tibori va yuqori mansablarga ko’tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog’liq bo’lib qoldi. Notiqlik san’ati sarkardalik san’ati bilan bar-baravar ulug’landi. Ana shu ikki san’atni mukammal egallagan arboblargina yuqori lavozimlarga saylanadigan bo’ldi. Masalan, mamlakat hayotiga oid muhim masalalar demokratik yo’l bilan hal qilinadigan xalq majlislari va besh yuzlar Kengashida so’zini o’tkaza olgan kishigina xalqni boshqarishga loyiq deb topilgan. Aynan ana shu Kengash dunyoda notiqlik san’atining rivojlanishiga zamin yaratdi. U demokratik jarayonlarda insonning faol ishtirok etish ehtiyojiga aylandi. Masala shu mazmunda talqin etilsa, mustaqil O’zbekistonda demokratik islohotlar yanada jadallashib borayotgan bir sharoitda bu nodir san’atning ahamiyati naqadar muhim ekanligini anglash qiyin emas.
Shu o’rinda mashhur notiqlar tarixidan ayrim namunalar keltirish joiz. G.Z.Apresyanning «Notiqlik san’ati» asarida keltirilishicha1, taniqli davlat arbobi va notiq Demosfen (meloddan avvalgi 384-322-yillar) falsafani Platondan, notiqlik asoslarini Isokratdan o’rgangan. Ustozi Isey o’z notiqlik maktabini to’rt yil davomida boshqalar uchun yopib qo’yib, faqat u bilan shug’ullangan. Besh yuzlar Kengashi va xalq majlislarida nutq so’zlashni ahd qilgan Demosfenni dastlab so’zga chiqqanda unga hyech kim quloq solmagan, xalq to’polon qilib minbardan tushirib yuborgan. O’z xatolarini tushungan Demosfen esa bu san’at bilan jiddiy shug’ullanishga kirishgan. Mashq qilish uchun maxsus yertula qazigan. 2-3 oylab yertuladan chiqmasdan shug’ullangan. Uning boshini mag’rur tuta olmaslik, yelkasini hadeb yuqoriga ko’taraverish, ayrim tovushlarni talaffuz qila olmaslik, mimikadan foydalana olmaslik kabi kamchiliklarini ana shu tinimsiz mashqlar tufayli bartaraf etgan.
Kunlardan bir kuni jabrlangan bir kishi Demosfenga kelib, o’zini urgan kishini sudga berganligini aytgan va undan himoya qilishni iltimos qilgan. Demosfen esa, gaping yolg’on, seni hyech kim urgan emas, tuhmat qilayapsan, degan. Shunda haligi odam jon-jahdi bilan baqirgan: - Hoy, Demosfen! U qanday qilib meni urmagan bo’lsin?! – Ana endi men jabrlangan kishining ovozini eshitayapman, -debdi Demosfen.
S.Inomxo’jayev «Notiqlik san’ati asoslari» kitobida bu faktlarga asoslanib, quyidagi xulosani bayon qiladi: «1. Demosfen professional notiq – san’atkor sifatida nutq imkoniyatlari, xususan, ovozning ifodaviy koloritlarini shu qadar mukammal o’rganganki, u kishi qalbini, psixologiyasini, ichki hissiyotini ovozi orqali ham aniqlab bera olgan. 2.Yurist va grajdanin sifatida u birovning ustidan tuhmat qiluvchilar ishini zimmasiga olmagan. O’z mijozining chindan ham jabrlanganini bilib olgandan keyingina o’sha ishga advokat(…)lik qilgan»
Notiqlikda o’ziga xos uslub egasi bo’lgan Demosfen eskirgan so’zlardan qochgan, latif va jozibali so’zlarni qo’llamagan, gohi-gohida xalq hikmatlaridan foydalangan, xolos. Sinonimlarni, talaffuzda uzun va cho’ziq bo’g’inlarni qo’llashni ma’qul ko’rgan. Gapning oxiriga muhim ma’no anglatadigan so’zni qo’ygan va unga urg’u bergan. Nutqi tuzilishi jihatdan mukammal bo’lgan. Ifodada qaytariqlarni, qarama-qarshilikni yoqtirgan, ritorik so’roqni ko’p ishlatgan. Jest va mimikalardan, kishining diqqatini tortadigan, hayajonlantiradigan usullardan unumli foydalangan2. Oqibatda bularning hammasi Demosfenni buyuk yunon siyosiy notig’i darajasiga olib kelgan.
Ritorika tarixida qadimgi Gresiyadan keyingi o’rinni Rim egallagan bo’lib, notiqlik san’atida o’zining alohida o’rni va mavqyeiga ega bo’lgan Mark Tulliy Siseron (106-43) nomi bilan bog’liq3. Zamonasining zabardast notig’i Lusiy Lisiniy Krassdan ta’lim olgan va asosan sud notiqligi bilan shuhrat qozongan. U notiqlik san’atiga oid «Brut (rim notiqligi tarixi haqida)», «Mashhur notiqlar haqida», «Notiqlarning eng yaxshi avlodi haqida», «Notiq», «Notiq haqida» nomli asarlar yozgan va bu san’atning buyuk nazariyotchisiga aylangan.
Siseron notiqlikda tinglovchida zavq uyg’otish va uni o’ziga rom etishni asosiy fazilat deb hisoblagan. U Demosfendan farqli o’laroq balandparvoz so’z va iboralarni ishlatishni yoqtirgan, yuqori uslubga moyil bo’lgan, mubolag’adan keng foydalangan, artistizm imkoniyatlaridan keng foydlangan. Siseron kishi shoir bo’lib tug’iladi, ammo notiq bo’lib yetishadi, degan hikmatni olg’a surgan. S.Inomxo’jayev: «Siseron nutq tekstining ravonligi, go’zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan. U lotin prozasida birinchi marta vazn sistemasini qo’llab, bu sohada katta yutuqlarni qo’lga kiritgan»4.
Sharq ma’naviyatida notiqlik san’ati voizlik san’ati deb nomlangan. Manbalarda qayd etilishicha, qadimda podshohlar turli bayram va marosimlarda mamlakat va xalq hayotiga oid mavzularda va’z aytganlar. Keyinchalik esa bu vazifani hukmdorlar nomidan maxsus tayyorgarlik ko’rgan so’z ustalari amalga oshirishgan. Shu tarzda Sharqda ham notiqlik – voizlik san’atining o’ziga xos maktabi vujudga kelgan.
O’rta Osiy madaniyati tarixida Bahovuddin Valad (XII), Jalodiddin Rumiy (XIII), Husayn Voiz Koshifiy (XV), Muni Voiz Haraviy (XV) singari o’nlab so’z ustalarining nomlari ma’lum. Bu sohaning nazariy va metodik asoslarini tahlil qilishga bag’ishlangan Muhammad Rofi Voizning «Avbob ul-jinon», Voiz Qazviniyning «Zilolu maqol», Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-ahodis», Muhammad Bobir binni Muhammad Voizning «Hidoyat ut-taqdim», Quraysh Sindiyning «Anis ul-voizin», Mulla Kalon Voiz Samarqandiyning «Ravzat ul-voizin», Qozi Ushiyning «Miftoh un-najoh», Husayn Voiz Koshifiyning «Dah majlis», «Mahzan ul-insho» va boshqa asarlar yozilgan5.
Qadimda notiqlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik, nadimlik, qissago’ylik, masalgo’ylik, badihago’ylik, qiroatxonlik, muammogo’ylik, go’yandalik, maddohlik, qasidaxonlik singari ko’plab turlarining mavjud bo’lganligi bu san’atning xalqimiz ma’naviyati va madaniyati tarixida naqadar ildiz otganligidan dalolat beradi.
Shu o’rinda «O’zbek Milliy ensiklopediyasi»da bayon qilingan quyidagi fikrlarni ham to’laligicha keltirishni lozim topamiz: «Voizlik san’ati – jamoat oldida nutq so’zlash, notiqlik san’ati; ilmiy-siyosiy ma’ruza,bahs, munozara, targ’ibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqyega ega bo’lgan san’at Yunonistonda voizlik- ritorika deyilgan. Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor shaxsan o’zi jamoat oldiga chiqib, o’z siyosatida xalqaro ahvol va boshqalar haqida nutq so’zlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa juma namozi, hayit, navro’z kunlari va boshqalarda, mamlakatlararo urush boshlangandagi yig’inlarda odat tusiga kirgan. 9-asrga kelib, bu muhim ishni xushovoz, ta’sirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus kishilar - voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, voizlik san’ati shakllangan. Rivoji jarayonida dabirlik (davlat ahamiyatidagi yozishmalarni insho etish va o’qib berish), xatiblik (diniy, siyosiy mayldagi notiqlik), muzakkirlik (diniy-ahloqiy masalalarni sharhlab berish) kabi tarmoqlari vujudga kelgan. Voizlik san’atining nutq matnlari tinglovchilarning bilimi, ijtimoiy mavqyei va boshqa xususiyatlarga ko’ra turli maqom (qism)larga bo’lingan:
Sultoniyot (yuqori tabaqa uchun),
Xutubu jihodiya (jangovor nutqlar),
Faribona maqom (oddiy xalq uchun) va boshqalar.
Voizlik san’ati ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar davomida rivojlana bordi. O’rta asrlarda voizlik san’atining nazariyasi va talqin uslublarini, yorituvchi ilmiy, uslubiy va xrestomatik asarlar yaratildi. Voizlik san’tini o’rgatuvchi maxsus soha – kalom ilmi balog’a ilmi yuzaga keldi. Voizlik san’ati o’tmishda katta ijtimoiy qudrat kasb etgan, hozirgi notiqlik san’ati rivojida muhim rol o’ynagan6.
Afsuski, o’zbek nutqi madaniyatining hozirgi bosqichida notiqlik san’atining mavqyeini sezmaymiz. XX asr o’zbek tilshunosligi taraqqiyotini o’rganishda bu masalaga hyech kim e’tibor bermadi. Aslida bu masalani kun tartibiga qo’yishga imkon ham bo’lgan emas. Deyarli barcha yig’ilishlar rus tilida olib boriladigan bir paytda o’zbek notiqlik san’ati bilan shug’ullanish, uni takomillashtirish choralarini ko’rish haqida bosh qotirilmagan.
Mamlakatimiz qo’lga kiritgan mustaqillik esa ritorikani rivojlantirishni yana mantiqiy asosga qo’ydi. Demokratik tamoyillar asosida rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlkatimizda Prezident va davlat siyosatini, milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirishda notiqlarga bo’lgan ehtiyoj g’oyatda katta bo’layotganligiga qaramasdan, bu borada ta’limning barcha tizimida amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emas. Notiqlar bugun faqatgina san’at sohasida emas, balki ta’lim jarayonida, davlatni boshqarishda, mafkuraviy ishlarni amalga oshirishda nihoyatda zarur. Bu vazifani kasb darajasida ko’taradigan maktablar esa mavjud emas. Lekin ularni shakllantirish hayot talabidir.
Notiqlik san’atining ijtimoiy hayotdagi mavqyei bu san’atning qamrovi darajasini ham belgilaydi. Uning ijtimoiy-siyosiy, akademik, maishiy va diniy notiqlik kabi turlari orasida sud notiqligi alohida o’ringa ega.
Sud jarayoni o’ziga xos bir munozara maydoni bo’lib, unda umuminsoniy axloq me’yorlariga mos keladigan, xalq va davlat, ayni paytda, ayblanuvchi va jabrlanuvchi manfaatini himoya qiladigan adolat va haqiqat tushunchalari hukmron bo’ladi. Bu jarayondagi barcha vositalar, jumladan nutq ham ana shu adolat va haqiqatning tantanasiga qaratilgan bo’ladi.
To’g’ri, sud jarayonida tomonlar manfaatini himoya qiluvchi qarashlar va nuqtai nazarlar o’rtasidagi ma’lum ziddiyatlar bir-biri bilan to’qnash keladi. Ammo oxir oqibatda bu ziddiyatlar asl haqiqatning ochilishiga ko’maklashadi. Shunday ekan, sud notiqligining mohiyatini chuqur anglash va puxta o’zlashtirish huquqshunos-talabalar uchun nihoyatda zarurdir.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda sud jarayonida ijro etiladigan nutqlarning quyidagi ko’rinishlari mavjudligi ta’kidlanadi: prokuror nutqi, advokat nutqi, jamoatchi-qoralovchi nutqi, jamoatchi-oqlovchi nutqi, ayblanuvchining o’z-o’zini himoya qilish nutqi. Ularning har biri tomonlar manfaatini himoya qilish mohiyatidan kelib chiqib, muayyan o’ziga xosliklarga ega. Bu o’ziga xosliklar nutqda til birliklarini tanlash, gap qurilishi, sudda hakamlik qiluvchiga nisbatan murojaatning o’ziga xos lingvistik va ekstralingvistik usullaridan foydalanishda ko’rinadi.

Download 35.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling