Sudandagi voqealar rivoji! Ustoz Muhammad Jome (Abu Ayman)


Download 31 Kb.
Sana12.09.2020
Hajmi31 Kb.
#129458
Bog'liq
Sudan konflikt


Sudandagi voqealar rivoji!

Ustoz Muhammad Jome (Abu Ayman)

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notigʻi oʻrinbosari

Maʼlumki, Sudan 2019 yil 19 dekabrdan boshlab, yirik norozilik namoyishlari toʻlqinini boshdan kechirmoqda. Bu namoyishlar iqtisodiy vaziyatning izdan chiqishi, odamlarning qimmatchilikka duch kelishi, non va yoqilgʻi mahsulotlarining taqchilligi hamda banklar taʼminotidagi kamomad tufayli odamlar qoʻlidan naqd pulning qochishi… sababli kelib chiqdi. Bundan tashqari, ishsizlik keng tarqalib, mamlakat qattiq iqtisodiy krizisga duch keldi. Albatta, bunga Xalqaro Valyuta Fondi koʻrsatmalarini qabul qilish hamda sanoat, dehqon xoʻjaligi va savdo sohasiga yirik miqdorda soliqlar, bojxona soliqlari, turli toʻlovlarning solinishi sabab boʻldi. Davlat olib borgan omadsiz siyosat moliyaviy inflyatsiyaga olib keldi. Zero, hukumat defitsitni faqat pul bosib chiqarish bilan qoplashga urinmoqda… Ustiga-ustak hukumatda korrupsiya va isrofgarchilik koʻlami juda keng tus olgan.

Ushbu norozilik namoyishlari chogʻida Umar Bashir xavfsizlik, razvedka va politsiya rahbariyati bilan yigʻilish oʻtkazib, bu bilan goʻyo namoyishlarni harbiy va xavfsizlik yoʻli bilan hal etmoqchiligini maʼlum qildi. Darhaqiqat, Bashir Xartum sharqidagi Bari rayonida 2018 yil 24 dekabr dushanba kuni xavfsizlik va razvedka rahbariyati bilan, 2018 yil 30 dekabr yakshanba kuni politsiya rahbariyati bilan uchrashib, “Politsiyaning vazifasi fuqaroni oʻldirish emas, balki uning xavfsizligini saqlashdir”, dedi. Uning taʼbiricha, eng katta boylik hisoblangan xavfsizlikni saqlash maqsadida boshqalarni tiyib qoʻyish uchun gohida jazo sifatida oʻldirish ham kerak boʻladi. 2018 yil 23 dekabr yakshanba kuni peshinda, yaʼni qoʻzgʻolon alanga olishining beshinchi kuni Sudan armiyasi qoʻmondonligi Mudofaa vazirligida qurolli kuchlar qoʻmondonlari bilan navbatdagi yigʻilishni oʻtkazdi. Yigʻin ortidan eʼlon qilingan bayonot butun Sudan gazetalari va xalqaro saytlar orqali tarqaldi. Yurtda yuz berayotgan voqea-hodisalar toʻgʻrisida keng hisobot berilgan ushbu bayonotda qurolli kuchlar “Oʻz qoʻmondonligi atrofida mahkam jipslashganini hamda xalqning yutuqlari, tinchlik va xavfsizligi, qoni, nomusi va molini qattiq mudofaa qilajagi”ni taʼkidladi.

Hukumat namoyishchilarga nisbatan zoʻravon munosabatda boʻldi va bu bir nechtasining oʻlimiga, jarohatlanishiga olib keldi. Hukumat matbuot voizi Bashora Juma soʻnggi paytda butun yurt boʻylab yuz berayotgan hodisalar chogʻida 19 nafar inson halok boʻlganini, ular ichida ikki shaxs davlat mulozimi ekanini, 406 nafar inson esa, jarohatlanganini aytdi. “Sudantribune.net” saytining 2019 yil 1 yanvar kuni huquq faollariga tayangan holda tarqatgan xabariga koʻra, aslida, halok boʻlganlar 40 nafarga yetgan, 900 nafar inson jarohatlangan va qamoqqa olingan, qamoqqa olinganlardan 26 nafarining ishi sudga berilgan.

Sudan rejimi qayta namoyish uyushtirishga boʻlgan targʻibot-tashviqotlarga chek qoʻyishga urinib, diniy idora orqali koʻplab imomlarga tahdid qildi. Misol uchun, Xartum viloyati Jabali Avliyo mahallasidan doktor shayx Muhammad Abdurrahmon diniy idoraga chaqirtirildi. Idora mulozimlari unga yurtda kechayotgan vaziyat haqida gapirmaslik uchun bosim qilishdi. Ammo shayx bunga rozi boʻlmay, ular bilan bahs qilgan. Idora mulozimlari uni koʻndira olishmagach, xavfsizlik xizmatchilari qoʻliga topshirishdi. Oʻz navbatida, xavfsizlik xodimlaridan bir emas-oʻn nafari shayxni “dubinka”lar bilan kaltaklab, oyoqlari bilan tepkilashgan… Natijada, shayxga ogʻir tan jarohati yetkazishgan. Ular shayxni ikki shartga: imomlik qilmaslik va har juma xavfsizlik xizmati idorasiga qatnab turishga koʻndirish uchun shunday qilishgan. Ammo shayx bu shartlarga koʻnmagan. Xavfsizlik xizmati xodimlari uning sobitligini koʻrishgach, qoʻyib yuborishga majbur boʻlishgan. Darhaqiqat, shayx Muhammad juma namozida imomgarchilik qildi. Boʻlgan voqeani namozxonlarga aytib bergan edi, ular bunga reaksiya bildirib, davlat organlari qilmishidan dargʻazab boʻldilar. Ular shayxning tutgan pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlab, undan boshqa imomni istamasliklarini bildirdilar.

Hukumat Qazorif va Oq Nil viloyatlarida, Shimoliy viloyatning Danqala, Barbar va Atbara kabi shaharlarida favqulodda holat eʼlon qildi. Hozirda yurtdagi 18ta viloyatdan 9tasi favqulodda holatda turibdi. Ular Darfurning beshta viloyati, Janubiy Kordofan, Koʻk Nil, Kassala va Shimoliy Kordofandan iborat. Hukumat Internet tarmoqlarini xususan, Feysbuk, Tvitter, Vatsap… tarmoqlarini bloklab qoʻydi. Oʻquv yurtlarini yopib, ochish vaqtini tayin qilmadi.

Mana shunday halokatli bir vaziyatda ham Umar Bashir yolgʻon-yashiq va munofiqlik siyosatini davom ettirmoqda. U oʻzining agent va qaroqchilarini ishga solib, shafqatsiz qimmatchilikka qarshi koʻtarilgan insonlar nomini qora qilib koʻrsatyapti. Bu bilan goʻyo xalq norozi boʻlmay tinch va osuda yashayotgandek qilib koʻrsatmoqchi boʻlyapti. Bu uning 2018 yil 31 dekabrda prezidentlik saroyida “mustaqillik”ning 63 yilligi tantanasida qilgan nutqida namoyon boʻldi: “Yurtimiz ogʻir iqtisodiy sharoitni boshdan kechiryapti, bu jamiyatimizning ulkan qismiga zarar berdi va buning ichki-tashqi sabablari bor”. Yana qoʻshimcha qildi: “Biz ayni mashaqqatlarni tushunib, ularning koʻlamini his etib, xalqimizga chiroyli sabri uchun tashakkur bildirar ekanmiz, bunday ogʻir va oʻtkinchi bosqichni albatta yengib oʻtishimizga ishonchimiz komildir”. Keyin “Davlatning barcha muassasalari bu krizisdan chiqish uchun ishlab chiqarish va samaradorlikka asoslangan strategiya va yoʻl xaritasini ishlab chiqqan”ini taʼkidladi. Ummat uygʻonib, yurt ichkarisi va tashqarisidagi ishlarni anglaydigan boʻlib qolganini, rejimning munofiqligi, haqiqatlarni oʻzgartirib koʻrsatayotgani bundan keyin oʻtmasligini, rejim faqatgina oʻziga bogʻlangan va undan manfaatdor ayrim kimsalarnigina adashtira olishini goʻyo Bashir bilmaydigandek.

Taassufki, dunyoning oziq-ovqat savati, deya baholangan Sudandek bir yurtda odamlarning bir luqma non uchun navbat kutishlari alamli holat. Boʻ yurtning yarmidan koʻp aholisi qashshoq ekanligi ham yurakni oʻrtaydigan hol. Bunga oʻzining omadsiz boshqaruvi bilan Sudanni qashshoqlashtirgan davlat siyosati sabab, albatta. Chunki u mustamlakachilar siyosatini qoʻllab, ularning Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki singari tashkilotlariga imkoniyat yaratib bermoqda. Bunga – fuqarolarga bojxona toʻlovlari va soliqlari oshirilgan 2018 yil byudjeti yaqqol dalil boʻla oladi. Zero, buning oqibatida tovar va mahsulotlar narxi haddan ziyod oshib ketib, junayh qiymati boshqa valyutalarga nisbatan Sudan tarixida kuzatilmagan darajada keskin pastlab ketgan edi… Yaʼni bir AQSH dollari qiymati 90 junayhga chiqib ketgan, soʻng yana qaytgan.



Sudan Alloh Taolo ulkan boyliklar ato etgan yurt. Hosildor yerlari bepoyon boʻlib, deyarli aksar qismidan daryolar oqib oʻtadi. Suv, hayvon va mineral resurslarga boy hisoblangan bu yurt neft, oltin, temir, asfalt, kobalt, sink, hatto uran qazib oladi. Mana shunday boy bir oʻlkaning hukmdorlari mustamlakachi kofirlarga malaylik qilishmoqda. Ular yurtni mustamlakachilar qoʻliga topshirib, mazkur boyliklarni oʻgʻirlashdi hamda oʻz manfaatlari yoʻlida suiisteʼmol qilishdi. Bu bilan Sudan ahliga qashshoqlik, azob-uqubat va mashaqqatlardan oʻzga hech narsa keltirishmadi. Demakki, Sudan muammosi, boshdan oyoq omadsizlik botqogʻiga botgan rejim muammosidir. Chunki u xoʻjayinlikni bashariyatning Parvardigoriga emas, bashariyatga berib qoʻydi. Aynan shu narsa Sudan boshdan kechirayotgan barcha falokatlarga sabab boʻlmoqda. Chunki u hamma illatning boshi va baloning sababi boʻlgan ilmoniy demokratik respublikachilik tuzumini tatbiq qilmoqda. Bas, shunday ekan, ulugʻ Sudan ahli ushbu muborak qoʻzgʻolonlarini davom ettirsinlar, davom ettirganda ham ong va idrok bilan davom ettirsinlar. Mustamlakachilar va ularning malaylarining aldashlariga, qoʻzgʻolonlarini oʻgʻirlashlariga yoʻl qoʻymasinlar. Chunki bu mustamlakachilar bir malay basharasini ikkinchi bir malay basharasiga oʻzgartirib qoʻyishadi. Bu qoʻzgʻolon Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali Robbul olamin shariatini tiklash qoʻzgʻoloni boʻlishi lozim. Ana shunda ushbu davlat eng xayru barakotli yurt oldidagi oʻz burchini ado etadi, bandalar ishlarini gʻamxoʻrlik ila boshqaradi.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling