Sug‘orish tizimi bo‘yicha suvni boshqarish strukturasi. Gidrouzellar bo‘yicha shtat jadvalini tuzish qoydalari
Download 53.13 Kb.
|
6- amalliy mashgulot
Sug‘orish tizimi bo‘yicha suvni boshqarish strukturasi. Gidrouzellar bo‘yicha shtat jadvalini tuzish qoydalari. Respublika suv resurslarini boshqarish tizimi Respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasida o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida suv xo‘jaligi sohasida ham katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, suv xo‘jaligini boshqarish strukturasi O‘zbekiston hukumatining 2003 yil 21 iyulidagi 320 –sonli qarori bilan administrativ –hududiy boshqaruv prinsipidan havza bo‘yicha boshqaruv tizimiga o‘tkazildi . Respublika hududi 10 ta havzaga bo‘linib , ularning tarkibida 52 ta irrigatsiya tizim boshqarmasi ( ITB ) tashkil qilindi. Suv xo‘jaligini havza tizimida boshqarishni ko‘p yillik tajribalari uni ya’nada takomillashtirish lozim ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli 2017 yilning 4- avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirsh chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ – 3172 sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli magistral kanal boshqarmasi quyidagi tuzilishga ega (1- jadval): Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvaridagi № 8 – sonli qaroriga binoan tumanlarda fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilar uyushmalari (SIU) tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi so‘g‘orish tizimi tarkibidagi mavjud gidrotexnika inshootlaridan to‘g‘ri foydalanish qishloq xo‘jaligi ekinlariga belgilangan hajmdagi suvni, belgilangan muddatda yetkazib berish imkonini beradi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2007 yil 1 - yanvardagi ma’lumotiga ko‘ra Respublikamizda mavjud bo‘lgan so‘g‘orish tarmoqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2 - jadvalda berilgan. 2 - jadval
Download 53.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling