Sug‘orish tizimi bo‘yicha suvni boshqarish strukturasi. Gidrouzellar bo‘yicha shtat jadvalini tuzish qoydalari


So‘g‘orish tarmoqlarining uzunligi


Download 53.13 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2023
Hajmi53.13 Kb.
#1150395
1   2
Bog'liq
6- amalliy mashgulot

So‘gorish tarmoqlarining uzunligi

km

28593,5




shundan: magistral kanallar:

km

6362,7




grunt o‘zanli

km

3817,7




beton qoplamali

km

2545




xo‘jaliklararo kanallar:

km

22231




grunt o‘zanli

km

7560,4




beton qoplamali

km

14670,6

2

Xo‘jalik ichki so‘g‘orish tarmoqlari uzunligi:

km

173181




grunt o‘zanli

km

132933




beton qoplamali

km

12230




temir beton novli

km

24255

3

So‘g‘orish tarmoqlaridagi yirik gidroinshootlar

dona

23874

Ushbu 2 – jadvalda keltirilgan so‘g‘orish tarmoqlari va ularga qurilgan gidrotexnika inshootlarning aksariyati bundan 30 - 40 yil oldin qurilgan va ayrimlari esa o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lganiga qaramasdan kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bilan ulardan ya’na uzoq yillar foydalanish mumkin.




2. Kanal va undagi gidrouzellarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini aniqlash
Kanal tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi - xizmatchilar soni Respublika qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 1997 yilning 26 – noyabrida tasdiqlagan me’yoriy hujjat asosida aniqlanadi. Tasdiqlangan me’yoriy hujjatga ko‘ra shtat belgilashda kanal tizimining sinfi e’tiborga olinadi.
Kanal sinfi, kanal tizimi tomonidan so‘g‘oriladigan maydonga qarab, QMQ 2.06.03-97 dan aniqlanadi. Agarda so‘g‘orish maydoni:
- 300 ming gektardan ortiq bo‘lsa 1- sinfga;
- 100 ming dan 300 ming gektargacha bo‘lsa II - sinfga;
- 50 ming dan 100 ming gektargacha bo‘lsa III- sinfga;
- 50 ming dan kam bo‘lsa IV - sinfga mansub bo‘ladi..
Shunigdek, Respublikamizda mavjud gidromeliorativ tizimlarning texnik ta’minoti ham uni sinfiga qarab belgilanishi me’yoriy xujjatlarda qayd etilgan.
Masalan: 50 ming gektardan ortiq so‘g‘orish maydoni bo‘lgan gidromeliorativ tizim uchun 450 ta suv o‘lchash posti, 350 km telefon a‘loqa simi va 200 ta xizmat qiluvchi xodim shtati ajratilsa , 50 ming gektardan kam so‘g‘orish maydoniga ega gidromeliorativ tizim uchun esa 300 ta suv o‘lchash posti 200 km telefon a‘loqa simi 150 xizmat qiluvchi xodim shtati ajratildi.
So‘g‘orish tizimlarini boshqarish apparatini xodimlari soni ham tizim sinfiga karab belgilaniladi. Masalan: 60 ming gektar maydonni so‘g‘oradigan tizimidagi markaziy boshqaruv apparati xodimlari soni 20 ta bo‘lsa 3 - 5 ming gektar maydonni so‘g‘oradigan tizimida 5 ta bo‘ladi.
Apparat xodimlarini soni va mutaxassisligi, ular bajaradigan ishning hajmi va mohiyatiga qarab belgilanadi. Gidromeliorativ tizimlarda uchastka gidrotexnigi, texnik, gidrometr, inshoot gidrotexnigi, kuzatuvchilar va yordamchi xodimlar (farrosh, qaravul va x.k.) shtatlari mavjud bo‘ladi.
Ishchi – xodimlar tarkibi va sonini belgilash kanalga biriktirilgan so‘g‘orish maydoniga yoki bosh kanal suv sarfiga bog‘liq holda tuziladi
Birinchi usulda:
– uchastka gidrotexnigi shtati - har 3000 ga so‘g‘orish maydoniga yoki 25 km so‘g‘orish tizimi uchun bir kishi;

  • gidrometr – har 3000 ga so‘g‘oriladigan maydon uchun bir kishi;

  • suv nazoratchilari - har 100 ga so‘g‘orish maydoni uchun, yoki 1-212 km so‘g‘orish tarmog‘i uchun bir kishi;

  • kuzatuvchi – gidrometr – gidrometrik postlarning o‘zaro uzoq yaqinligiga qarab 5-10 postga ( suv sarfi 5 m3 /sek dan kam bo‘lmagan inshootlar uchun ) bir kishi ajratilishi tavsiya etiladi.

Ikkinchi usulda esa bosh kanal suv sarfi va kanal uzunligiga arab gidrouzel shtatlari belgilanadi ( 3– jadval )
3 - jadval

Kanalning 10 km uzun ligida joylashgan gidrotexnika inshootlari va gidropostlar soni

Bosh kanaldagi suv sarfiga bog‘liq 10 km kanal uzunligi uchun belgilangan ishchi - xizmatchilar me’yoriy soni , m3/s.

2,0 gacha

2,1-10

11-25

26-50

51-100

100 dan ortiq

5 tagacha
6-10
11- 15
16-20
21-25
26-30

0,5
1
1,5
2,0
2,5
3,0

0,8
1,3
1,8
2,3
2,8
3,2

1
1,5
2
2,5
3,0
3,5

1,3
1,8
2,3
2,8
3,2
3,7

1,5
2
2,5
3,0
3,5
4,0

1,8
2,3
2,8
3,3
3,8
4,2

Eslatma : qabul qilingan ishchi – xodimlar soni katta tomonga


qarab yaxlitlanadi.

Gidrouzel ishchi - xizmatchilari sonini aniqlash.


Loyiha topshirig‘iga asosan bosh kanal suv sarfi ....... m3/sek . Kanalning 5 km uzunligida joylashgan gidrotexnika inshootlar va gidropostlar soni amalda ..... ta deb qabul qilamiz. Demak, 3– jadvalga asosan berilgan inshootlar bo‘g‘ini uchun suvni rostlovchilar - ...... ta, kuzatuvchilar – ..... ta, chilangar ta’mirlovchi - ..... ta , elektr-gaz payvandchi - ...... ta qabul qilishimiz kerak. Qabul qilingan ishchilar sonini yaxlitlash yo‘li bilan inshootlar bo‘g‘iniga .... ta rostlovchi, .... ta kuzatuvchi, .... ta chilangir -ta’mirlovchi va .... ta elektr – gaz payvandchi qabul qilamiz. Bundan tashqari gidrouzel uchun injenyer-texnik xodimlar belgilangan me’yorlar asosida qabul qilinadi ( 4 – jadval )

4 - jadval



Vazifasi

Soni



Uchastka boshlig‘i




Gidrometr




Dispetchyer




Suv rostlovchi - kuzatuvchi




CHilangar - ta’mirlovchi




Elektr - gaz payvandchi




Haydovchi




Farrosh




Jami







Download 53.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling