Sulola-öquv-markazi pdf
Download 23.38 Kb. Pdf ko'rish
|
sulola-öquv-markazi (2)
@ONA_TILI_TEZKOR | KANALIDA ONA TILI VA ADABIYOT DTM - 2021 1. Bu asarda bir qizining farzandsizligini ko‘rib, bir qizi esa bolasini tashlab ketib qolganini o‘ylab siqiladigan sodda, mehnatkash, chaqqon laqabini olgan cholning iztiroblari va tashvishlari ham aks ettirilgan. Qaysi asar? A) “Oq kema” B) “Dunyoning ishlari” C) “Shum bola” D) “Yulduzlar magu yonadi” 2. Xato yozilgan so‘zni aniqlang. A) uyqu B) ko‘zgu C) kulgu D) orzu 3. Ismlarga oid so‘zlar qatorini aniqlang. A) kimdir, klaviatura, o‘sayotgan, mevazor B) internet, o‘sha vaqt, qo‘shni, gazeta C) zo‘r, jimir-jimir, televizor, uchdi D) to‘rt, yerto‘la, achchiq-chuchuk, uchun 4. Qaysi ijodkorning she’ri nomi shu she’rning biror misrasida uchramaydi va faqat sarlavhada uchraydi? A) Abdulla Avloniy B) Mirtemir C) Erkin Vohidov D) Hamid Olimjon 5. Qaysi qatorda noto‘g‘ri ma’lumot berilgan? A) urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajaradi B) fonetik o‘zgarish unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqli C) harfiy birikmalarning barchasi portlovchi tovushlardir D) tutuq belgisi ba’zi so‘zlarda unlini cho‘ziq talaffuz qilins-da, qo‘yilmaydi. 6. Qaysi gapda “eski” so‘zining ma’nosini beruvchi ibora qatnashgan? A) Bu hali ona suti og‘zidan ketmagan bola. B) Kindik qoning to‘kilgan joying Vatan sanaladi. C) Bobolarim kindigi kesilgan bu yurtga bostirib bormayman. D) Kampir aytgan bu hikoyalar almisoqdan qolgan edi. 7. Sifatning ozaytirma daraja shakli qaysi qatorda berilgan? A) mazali, go‘zal, katta B) biroz kichik, xiyla, baland, picha ho‘l, ko‘kimtir C) tor, juda qiziqarli, tengsiz D) serunum, qizg‘in, g‘oyat keng 8. Qaysi javobdagi ma’lumot G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari haqida? A) Ushbu asarda nevarasini suv oqizib ketmasligi uchun, xarsang toshlar ortidagi, sayozliklardan ko‘rib qolib va uning bu ishidan norizo bo‘lgan buvi obrazi uchraydi B) Ushbu asarda bo‘lar-bo‘lmasga innankeyin deb so‘raydigan xo‘jayin va undan boplab alamini olgan xizmatkor bolaning sarguzashtlari aks etgan. C) Ushbu asarda uyga kelgan mehmonga otini berib yuborgan, kasallanib qolgan bola va egasidan ajralgan ot hech narsa yemay qolgani haqida ma’lumot bor. D) Ushbu asarda ko‘r odamning ko‘zini ochgan tabibning bir guruh, xurofot botqog‘iga botgan, odamlar ig‘vosi orqali, o‘tda yondirilishi haqida rivoyat bor 9. Fe’ldan yasalgan otni aniqlang. A) qoloq B) qo‘rqoq C) o‘roq D) mudroq 10. Uvaysiy haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Ijodkor Amir Umarxonning rafiqasi bo‘lgan. B) Amir Umarxon unga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi. C) U maktabdorlik qildi. Ijod bilan shug‘ullanadi. Farzandlari ham she’rlar yozgan. D) Uning dastlabki asarlarida bosqinchilik zulmidan ezilayotgan Turkiston xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbat yorqin aks etgan. 11. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so‘zlar qatori berilgan? A) yotoq, chanqoq, tabarruk B) qaynoq, taroq, ko‘rik C) chelak, qaynoq, o‘toq D) tilak, ilgak, quloq 12. O‘tkir Hoshimovning “Inson sadoqati” asari qaysi janrda yozilgan? A) qissa B) roman C) drama C) komediya 13. Sifatning ichki yasalishi berilgan javobni aniqlang. A) qo‘rqoq, maqtanchoq B) kamchil, kechki C) noqonuniy, ulug‘vor D) unumli, ulug‘or 14. Yashil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, ust tomoni qayrilgan o‘ymakor panjarali, katta va og‘ir darvozaga yetganda, yigitning yuragi biroz o‘ynab ketdi. Gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan yasama so‘zlar soni nechta? A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta 15. Nuqtalar o‘rniga “a” unlisi yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni aniqlang. 1) t...mon; 2) insho...t; 3) sano...t; 4) matbu...t; 5) milli...rd. A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 3, 5 D) 1, 3, 5 16. O‘timli fe’llar qaysi kelishik shaklidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladi? A) chiqish B) qaratqich C) tushum D) o‘rin-payt 17. O‘tkir Hoshimov ijodiga oid ma’lumotni toping. A) Adibning “Adolat manzili” romani, “Muzaffar Temur”, “Bir koshona sirlari” singari pyesalari berilgan. B) Adibning dastlabki yirik asari “Tengdoshlar” qissasi edi. C) “Qatag‘on”, “Inson sadoqati”, “To‘ylar muborak” nomli dramalari respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan. D) Adib Dantening “Ilohiy komediya” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 18. O‘zlik nisbatdagi fe’l qaysi qatorda bor? A) solishtirdi B) borishdi C) tug‘ildi D) aytildi 19. Faqat mavhumotdan iborat javobni aniqlang. A) ishonch, go‘zallik, mehr B) yugurmoq, o‘qish, dil C) ko‘k, gul, do‘stlik D) samimiyat, qo‘zichoq, mashina 20. Qaysi javobda Oybekning romanlari berilgan? A) “Fanorchi ota”, “Singan umid” B) “Navoiy”, “Quyosh qoraymas” C) “Bolalik”, “Nur qidirib”, “Alisherning bolaligi” D) “Dilbar davr qizi”, “Baxtigul va Sog‘indiq”, “O‘ch” 21. Qaysi qatorda kasbiy atamalar berilgan? A) murakkab son, tartib son, ildiz, kosinus B) ot, sintaksis, kesim, tobe bog‘lanish C) shovun, tesha, andava, kalava, urchuq D) urug‘chilik, antrapologiya, EKUB 22. Yasama o‘rin-joy nomi berilgan qatorni aniqlang. A) Bodomzor B) maktab C) Chimyon D) daraxtzor 23. Quyidagi sinonimik qatorlardan bosh (dominant) so‘zlarni toping. I. osmon, ko‘k, gumbaz II. shirin, mazali, lazzatli, xushta’m A) birinchi qatorda osmon; ikkinchi qatorda lazzatli B) birinchi qatorda ko‘k, ikkinchi qatorda xushta’m so‘zi C) birinchi qatorda osmon, ikkinchi qatorda shirin so‘zi D) birinchi qatorda gumbaz, ikkinchi qatorda mazali so‘zi 24. Qaysi qatordagi gapda vazifadosh ko‘makchi ishtirok etgan? A) Bu kitobni qo‘liga olgandan keyin bosh ko‘tarmay o‘qish kerak. B) Avval o‘yla, keyin so‘yla. C) Xalqimiz jisman, ham ruhan uyg‘oq bo‘lmog‘i lozim. D) Ish bilan ovvora bo‘lib, kunning o‘tganini ham sezmay qolibman. 25. Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z mavjud emas? A) Eshikning o‘yma naqshlari juda chiroyli. B) Faqat bir tilim handalak edi-yu, issiq-issiq choy ichdi. C) Ishchilar ish qurollarini sozladilar. D) Har yili yozgi ta’tilda tog‘larda dam olishga nima yetsin. 26. -lar, -gancha, -guncha, -b, -ib, -ta qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar? A) so‘z yasovchi qo‘shimchaB) lug‘aviy shakl yasovchi C) sintaktik shakl yasovchi D) lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi 27. Shevada PISHAK so‘zi qanday ma’no ifodalaydi? A) mushuk B) pishmoq C) pishillamoq D) pishiq 28. Ko‘sa Maddoh hikoyalari uchraydigan asarni aniqlang. A) “Dunyoning ishlari” B) “Chinor” C) “Oq kema” D) “Shum bola” 29. Men to‘qqizinchi sinfni tugatdim. Ushbu gapda sonning qaysi ma’no turi qatnashgan? A) chama son B) sanoq son C) miqdor son D) tartib son 30. Qaratqich aniqlovchili so‘z birikmalarida hokim so‘z qanday shaklda keladi? A) shaxs-son qo‘shimchalari B) lug‘aviy shakl yasovchilar bilan C) egalik shaklida D) buyruq-istak maylida MUALLIF:GULNOZA RAVSHANOVA Download 23.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling