Portlovchi moddalarning sezgirligi. Portlovchi moddalarning zichligi. Darsning maqsadi


Download 23.25 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi23.25 Kb.
#1003973
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu (1)


MA’RUZA № 22. PORTLASH VA PORTLOVCHI MODDALAR NAZARIYASI ASOSLARI. PORTLAB O‘ZGARTIRISHNING SHAKLLARI. DETONATSIYA BOSHLANG‘ICH IMPULSI. PORTLOVCHI MODDALARNING SEZGIRLIGI. PORTLOVCHI MODDALARNING ZICHLIGI.
Darsning maqsadi – portlovchi moddalarning qollanililish korsatgichlari, portlash va portlovchi moddalarning xossalari.

Portlovchi modda bu tashqi turtki (impuls) ta'siri natijasida portlash xususiyati mavjud bo'lgan kimyoviy birikma yoki mexanik aralashma.


Sanoat portlovchi moddalari deyilganda saqlashda, tashishda va tayyorlashda havfsiz bo'lgan portlovchi moddalar tushiniladi.
Sanoat portlovchi moddalari quyidagi belgilariga ko'ra sinflarga bo'linadi:
Atrof muhitga ta'siri bo'yicha:
1 Yuqori brizantli portlovchi moddalar ( detanatsiya tezligi 4500- 7000 m/s)
2 Brizantli portlovchi moddalar (detanatsiya tezligi 3000- 4500m/s)
3 Past brizantli portlovchi moddalar (detanatsiya tezligi 2000- 3000m/s)
4 Uloqtiruvchi portlovchi moddalar ( portlab yonish tezligi 100-400m/s)
Fizik holati bo'yicha:
1 Kukunsimon portlovchi moddalar
2 Granulali portlovchi moddalar
3 Zichlashtirilgan portlovchi moddalar
4 Quyma portlovchi moddalar
5 Suvga to'yintirilgan portlovchi moddalar
Kimyoviy tarkibi bo'yicha
1 Amiak selitrali portlovchi moddalar
2 Nitrotarkibli portlovchi moddalar
3 Suyuq nitroefirlar asosida hosil qilinadigan portlovchi moddalar
4 Xloradli va perxloradli portlovchi moddalar
5 Porox
Strukturaviy holati bo'yicha:
1 Kukunsimon portlovchi moddalar
2 Yirik donali portlovchi moddalar
3 Zichlashtirilgan portlovchi moddalar
4 Plastik portlovchi moddalar
5 Suvga to'yintirilgan portlovchi moddalar
Saqlash sharoiti va tashishda xavflilik darajasiga ko'ra:
1 Tarkibida suyuq nitroefirlar 15 % dan ko'p bo’lgan portlovchi moddalar. Ularga sezgirligi pasaytirilmagan geksogen va tetril misol bo'ladi.
2 Tarkibida suyuq nitroefirlar 15% dan kam bo'lgan portlovchi moddalar. Ularga trotil va uning boshqa nitrobrikmalar bilan aralashmalari, ammiak selitrali portlovchi moddalar detanatsiyalovchi shnur va sezgirligi pasaytirilgan geksogen kiradi.
3 Tutaydigan va tutamaydigan porox
4 Elektrdetanatorlar, kapsul detanator va protexnik sekinlatgichlar kiradi.
5 Portlatgich o'rnatilagan perfarator snaryadlari kiradi.

Download 23.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling